“Ko’ngillilar bilan samarali ish olib borish” mavzusida davra suhbati

2014 Iyun 25

image

25-iyun chorshanba kuni milliy xamkorlar bilan birgalikda BMTTD/BMTKOzbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Kongillilikloyihasi tomonidan tashkil etiladigan Kongillilar bilan ishlash boyicha qollanmaning muhokamasi bolib otadi.  

Ko’ngillilik aslida O’zbekistonga hos bo’lgan amaliyot. Tarihdan ma’lumki, mahalla, tuman, shahar va mamlakatning rivojlanishida bir biriga yordam ko’rsatish va e’zgulik ulashish o’zbekistonliklarning madaniyatining uzluksiz bir qismidir. BMTTD/BMTK „O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Ko’ngillilik“ loyihasi tashkilotlar va ko’ngilliklar orasida ko’ngillilik madaniyatini yanada kengaytirish uchun qo’shimcha xatti-xarakatlarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, Loyiha tomonidan Ko’ngillilar bilan ishlash bo’yicha qo’llanma tayyorlandi.

Ushbu xarakatlarning keyingi bosqichi sifatida Loyiha Nodavlat notijorat tashkilotlari, ko’ngillilar va xususiy sektor vakillari ishtirokida davra suhbati o’tqazmoqda. Davra suhbatining maqsadi ushbu hujjatni namoyon etib, beriladigan izohlar va takliflar asosida ularni sifatini yaxshilashdan iboratdir.

Davra suhbati qo’llanmaning besh-olti haftalik sinov davri bilan davom ettiriladigan bo’lib, so’ngra u onlayn va oflayn shakllarda keng omma uchun taqdim etiladi.

BMTTD/BMTK „O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Ko’ngillilik“ loyihasi tashkilotlar va ko’ngillilarning yanada samarali xamkorligiga yo‘naltirilgan metodologik asosini yaratib tadbiq etishni ko’zda tutmoqda. Allaqachon ishga tushgan ko’ngillilar va ijtimoiy innovatorlar uchun www.iAct.uz veb-portaliga qo’shimcha sifatida davra suhbati davomida muhokama qilinadigan qo’llanmalar bu yonalishdagi keyingi qadam bo’ladi. Bularning biri insonlar va tashkilotlarning xamkorligi uchun qo’shimcha vosita bo’lib O’zbekistonning barqaror rivojlanishida ko’ngillilikning o’rinini oshirishda xizmat qiladi.

Qolaversa, o’z kasbiy mahoratini oshirishda va ma’lum tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etish istagidagi ko’ngillilar uchun, shuningdek o’z faoliyatida ko’ngillilarga ehtiyoj sezayotgan tashkilotlar uchun shu tarzdagi xamkorlik juda qo’l kelishi ayon. Bu xamkorlikni aniq va lo’nda tarzda ko’ngillilar va tashkilotlar uchun belgilab berilishi nafaqat ko’ngillilikning O’zbekistondagi nufuzini oshirilishidan tashqari unga ko’proq tizimiylik beradi.

Mana bir necha yildirki BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngillilikni targ’ib qilib kelib, shuningdek ijtimoiy masalalarni yechishda innovatsion yechimlarni taklif qilib turib, hilma-hil tashkilot va shahslar o’rtasida hamkorlikni qo’llab kelmoqda. Loyiha bo’yicha kerakli ma’lumotni  www.iAct.uz veb saytidan olishingiz mumkin.

Davra suhbati 25 iyun oyida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy Kutubhonasida soat 10.00dan 13.00ga qadar bo’lib o’tadi.

Muloqot uchun shahs:

Bokhodir Ayupov, BMTTD/BMTK “O’zbekistonda ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngililik” loyihasi rahbari (tel.: +99893 505 51 02, e-mail: bokhodir.ayupov@undp.org)