O’zbekistonda eco haltalar

2014 Iyun 5

image

BMTTD va BMTK “Korzinka.uz” supermarketalri tarmoqi bilan hamkorlikda O’zbekistonda eco haltalar targ’ib qilish bo’yicha yangi tashabbus joriy etmoqdalar. Ushbu tashabbus aholiga plastik haltalar atrof-muhitga qanday zarar ko’rsatishini, ular o’rniga ko’p marotaba ishlatilinadigan eco haltalardan foydalanishga undashga yo’naltirilgan.

Shunisi e’tiborliki, Korzinka.uz supermarketlari tarmoqini o’zidagina kuniga 60 000dan ortiq xaridorlar xaridlarni amalga oshiradilar. Har bir xaridor o’rtacha 2-3 haltalik xaridlarni olib ketishini va Toshkent shahridagi bozor va supermarketlardagi plastik haltalarni miqdorini hisobga oladigan bo’lsak, faqatgina bizning shahrimizda shu haltalar atrof-muhitga qanday katta zarar yetkazmoqdaliklariga amin bo’lishimiz mumkin.

Shuni aytib o’tish kerakki, eko haltalarni targ’ib qilish loyihasi butunlay ijtimoiy loyihadir. Kontseptsiyani va eko haltalar dizaynini yaratish, ularni targ’ib qilish bo’yicha g’oyalar yaratish ham faol va ishchan yoshlar, ko’ngillilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Undan tashqari, eko haltalar BMTTD yordamida tashkil etilgan ijtimoiy korxonalar sexlarida imkoniyati cheklangan insonlarni ish bilan ta’minlash uchun ishlab chiqariladi. Demak, eko haltani sotib olganda xaridorlar nafaqat atrof-muhitni saqlab qolish uchun o’z xissaligini qo’shadilar, balki shu korxonalarda ishlayotgan imkoniyati cheklangan ayollarni qo’llab-quvvatlashadilar. Eko haltalarni sotib olinishni rag’batlantirish uchun Korzinka.uz xaridorlariga ajoyib sovg’a tayyorlagan. Endi 200 000 so’mlik miqdorida xaridga qo’shib xaridorlar eko halta sotib olishsa, “Korzinka.uz”dan bonus kartaga ega bo’ladilar. Hozirda bonus karta olish uchun 300 000 so’mlik xarid qilish kerakligi hisobga olinsa, bu xushxabar ko’pchilik xaridorlarni hursand qilishi aniqdir. Eko haltalar Korzinka.uz tarmoqini barcha supermarketlarida sotiladi.

Ochilish marosimi 5-iyun Jahon atrof-muhit kunida BMTTD va Korzinka.uz rahbariyati ishtirokida o’tkaziladi. Eko haltalar targ’ib qilish bo’yicha aksiya 5-iyundan 7-iyungacha Korzinka.uz tarmoqini uchta supermarketida eko ko’ngillilar yordamida bo’lib o’tadi. Aksiya doirasida eko ko’ngillilar ilmni oshiradigan faoliyat olib boradilar, turli xil tanlov va viktorinalar o’tkazadilar, eng faol xaridorlarga esa sovg’alar taqdim etadilar. Shuningdek, aksiya doirasida Korzinka.uz xaridorlari keyinchalik sotib olib va ko’p marotaba ishlatishlari uchun eko haltalarning boshqa turlari ham namoyish etiladi.  Aksiya soat 17:00dan 20:00gacha quyidagi jadval bo’yicha o’tkaziladi: 5-iyun – Korzinka.uz Turkmenskiy, 6 – iyun – Korzinka.uz Qoratosh, 7 – iyun – Korzinka.uz Sirg’ali. “Yashil taraqqiyot” strategiyasi va ijtimoiy korporativ mas’uliyatni targ’ib qilish maqsadida Korzinka.uz supermarketlar tarmoqi BMTTD/BMTKning nafaqat eko haltalar joriy qilish g’oyasini qo’llab quvvatlamoqda, balki joriy yilning ohirigacha plastik haltalarni maxsus o’zi qisqa muddat ichida chirish hususiyatiga ega bo’lgan haltalarga almashtirish niyatida.

Mana bir necha yildirki BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngillilikni targ’ib qilib kelib, shuningdek ijtimoiy masalalarni yechishda innovatsion yechimlarni taklif qilib turib, hilma-hil tashkilot va shahslar o’rtasida hamkorlikni qo’llab kelmoqda. Loyiha bo’yicha kerakli ma’lumotni  www.iAct.uz veb saytidan olishingiz mumkin.