Toshkent shahridagi shaxsiy uyning zilzilabardoshligi aniqlandi

2014 Iyun 3

image

 “1966 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan zilzila yaxshi esimda. O‘shanda 9 sinf o‘quvchisi edim. Zilzilaning epitsentri bizning uyimizdan uzoqda emas edi. Vayron bo‘lgan shaxsiy uylar va ijtimoiy binolar ko‘pgina edi: maktablar, bog‘chalar va poliklinikalar. Shuni tahkidlash joizki, bu zilzila qurilishdagi barcha kamchiliklarni yuzaga chiqardi. Shu zilziladan keyin O‘zbekistonda qurilishga bo‘lgan munosabat va qurilish usullari o‘zgardi. Ushbu, bugungni shaxsiy uylar zilzilabardoshligiga bag‘ishlanshan seminar zilzilaga tayyorgarlik masalasida zilzilabardoshlikka e’tibor berishimiz zarurligini ta’kidladi”. – dedi Abdug‘ani Raximov, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Otchopar-1 mahallasi raisi. 

Zilzila yuz berganida eng ko‘p talofat ko‘radigan uylar, bu antiseysmik chora-tadbirlarsiz mahalliy materiallaridan qurilgan shaxsiy uylardir. Shaxsiy uylarning ko‘pi zilzilabardoshlik talablariga javob bermaydi va ular zilzila paytida buzilishi yoki umuman vayron bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy uy quruvchilarni va mahalliy usta-quruvchilarni qurilish zilzilabardoshligi haqida bilm va habardorliklarini oshirish maqsadida FVV va BMTTDning “Tabiiy ofatlar xavf-hatarini kamaytirishda O‘zbekistor Respublikasini salohiyatini oshirish” qo‘ma loyihasi tomonidan 2014 yilning 27 may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Otchopar-1 mahallasi aholisi uchun “Uyingiz zilzilaga bardosh bera oladimi?” mavzusida seminari o‘tkazildi. Seminar Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi, FVV Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent arxitektura va qurilish istitutining ko‘magida tashkillishtirildi.

O‘zingizga ma’lumki, ijtimoiy va sanoat ob’ektlari tasdiqlangan qurilish plani asosida quriladi va davlat tomonidan nazorat qilinadi. Ammo, shaxsiy uylar qurilishi hech qanday plan va smetalarsiz bajarilmoqda. 

Ohirgi paytda bo‘lib o‘tgan zilzilalarni tahlil qilganimizda, aholi va usta-quruvchilarni zilzilabardoshlik qoidalari to‘g‘risidagi bilmlarini oshirish va qurilgan uyni zilzilabardoshligini oshirish yo‘llarini o‘rgatish lozimligi ma’lum bo‘ldi. 

Shuningdek, shu mahallada 24-25 may kunlari maxalladagi bir uyni zilzilabardoshligi tajriba sifatida ulchandi va uning natijalari va zilzilabardoshligini tiklash uchun tafsiyalar seminar vaqtida qatnashchilarga taqdim etildi.

Seminarda 60dan ziyod mahalla ahli, ularning ko‘pi mahalla oqsoqollari qatnashishdi. Seminar mahalla guzarining o‘quv zalida o‘tkazildi.

Seminar davomida loyiha doirasida yaratilgan filmlar – “zilzila vqtidagi aholining harakatlanish qoidalari” va “Zizlilabardosh uy qanday quriladi” namoyish etildi.

“Biz toshkentliklar, seysmik hududda yashaymiz va hayot tashvishlari bilan bo‘lib, hozir yer qimirlab qolishi mumkinligini va shu payt bizning harakatlarimiz qanday bo‘lishi kerakligini hech o‘ylamaymiz. Sizning yaratgan filmingizdan juda ta’sirlandim. Ushbu saminardan keyin shu maxallaing xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida uyda o‘tirgan ayollar va ish bilan band bo‘lmagan aholisi uchun seminar o‘tgazishni mo‘ljallab qo‘ydim.” – dedi Naima Isroilova, Otchopar-1 maxallasining xotin-qizlar va manaviy-ma’rifat masalalari bo‘yicha maxalla maslaxatchisi. 

Seminar qatnashchilari toshkentda qurilayotgan uylarning zilzilabardoshligini va uni kuchaytirishning moddiy qulayligini katta qiziqish bilan muhokama qildilar, chunki shaxsiy uylar oilaviy byudjetga asosan quriladi. Loyihaning maslahatchisi, Toshkent davlat arxitektura va qurilish institutining “qurilish mexanikasi va inshoatlar zilzilabardoshligi” kafdrasi dotsenti, loyiha doirasiba ishlab chiqilgan “Uyingiz zilzilaga bardosh bera oladimi?” va “Zilzilabardosh uy qanday quriladi” amaliy qo‘llanmalar avtori Saidislom Saidiy seminar qatnashchilarning uylarning zilzilabardoshligiga doir savollariga javob berdi va amaliyotda uyning zilzilabardoshligini qanday yo‘llar bilan oshirish mumkinligini aytib berdi.

Seminar yakunida barcha qatnashchilarga yuqorida aytilgan amaliy qo‘llanmalar va loyihaning media-materiallari disklari tarqatildi.