EkoHaftalik-2014: e’tibor markazida iqlim o’zgarishi masalalari

2014 Iyun 2

image

Hozirgi kundagi jamiyat bir qator umumjahon va mintaqaviy muammolar, jumladan Orol dengizining qurib ketishi, biologik xilmaxillikning kamayib ketishi, qumlanish, suv va yer resurslarining tanazzulga uchrashi, sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning katta hajmda hosil bo’lishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Achinarlisi shuki, insonning o’zi shu muammolarning chigallashishiga sabab bo’lib, o’zi ulardan aziyat chekadi.

Umumjahon atrof-muhit kunining nishonlanishi har kunlik tashvishlar bilan band bo’lgan chamoatchilikning e’tiborini ekologiya va yer yuzida hayotni saqlab qolish masalalariga qaratishga mo’ljallangan. Har bir inson atrof-muhit muammolirini hal qilishda o’zining beqiyos o’rnini anglashi, ilhomlanishi va shu maqsadda o’z hissasini qo’shishi zarur. Ma’lumki, insoniyat mustahkam va sog’lom ekologik muhitdagina barqaror ravishda rivojlanishi mumkin.   

Ekologiya sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, jamoatchilik kuchlarini ekologik xavfsizligini mustahkamlashga yo’naltirish maqsadida EkoHaftalik tashkilotchilari, xususan O’zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha davlat qo’mitasi va BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan turli jamoatchilik gurihlariga mo’ljallangan bir qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Shunday qilib, EkoHaftalik-2014 dasturida Toshkent shahrida “Inson, jamiyat, ekologiya” deb nomlangan yoshlar konferentsiyasi, Namangan viloyatida ekologiya sohasidagi ta’lim bo’yicha seminar-trening, GMPowertrainUzbekistan qo’shma korxonasida media va press-safarlar, Jizzax viloyatida tabiiy resurslarni tejash texnologiyalarni hayotga tadbiq etuvchi fermer xo’jaliklariga tashrif, hamda Toshkent, Qarshi va Nukus shaharlarida ilmiy-amaliy konferentsiyalar, milliy radiokanallarda energya jihatdan samarador bo’lgan texnologiyalar borasida radio-viktorinalar va yoshlar ekologik aksiyalar, tanlovlar kabi bir qator tadbirlar tashkillashtirilishi ko’zda tutilgan.

EkoHaftalik-2014 ning tantanaviy ochilishi marosimi doirasida tashkillashtiriladigan ko’rgazma orqali tadbir ishtirokchilari O’zbekistonda yangilanuvchi energiya manbalari va energiyani tejash, chiqindilarni tasarruf qilish, sanoat va qishloq xo’jaligida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar tomonidan erishilgan yutuqlar bilan tanishish hamda tadbirning asosiy jabhalari haqida ma’lumot olish, ommaviy axborot vositalari vakillari esa o’zi qiziqqan savollarga javob olish imkoniga ega bo’ladi.

Radio-viktorina va EkoHaftalik doirasidagi tadbirlar haqida gapirar ekanmiz, radio jurnalistlari “Biz energiyani tejash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi keng ko’lamli tadbirlar bilan bog’liq masalalar bo’yicha bunday ma’lumotlarni oldingi yillarda ham uzatganmiz. Radio tinglo’vchilarimiz aytishicha bunday dasturlar ularga juda ham manzur!” deb ta’kidlaydi.

EkoHaftalik-2014 dasturi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlar jamoatchilik ongida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun sog’lom atrof-muhit naqadar zarurligini tushunishini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan atrof-muhitning barqaror rivojlanishi va muhofaza qilinishiga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish ko’zda tutilgan.

Aytish joyizki, har yili 5-iyun kuni butun jahon bo’ylab nishonlanadigan Umumjahon atrof-muhit kuni BMTning atrof-muhit masalalariga bag’ishlangan Stokgolm konferentsiyasi natijalari asosida 1972 yilda tasdiqlangan qaroriga binoan qabul etilgan. Mazkur konferentsiyada ilk bora hozirgi va keyingi avlodlar uchun atrof-muhitni qo’riqlash va sog’lomlashtirish butun insoniyatning pirovard vazifasi deb tan olingan.