“Yosh qutqaruvchi” klublarining respublika musobaqasi

2014 Iyun 1

image

“Yosh qutqaruvchi” klublari o‘rtasida respublika final bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu klublar Vazirlar mahkamasining “Zilzila oqibatida (tabiiy va texnogen xarakterdagi) yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga aholini tayyorgarligini oshirish” 2011 yilning 19 iyulidagi 208sonli qaroriga asosan tashkil qilingan. 

Musobaqa Ichki ishlar vazirligining yong‘in-texnik litseyida bo‘lib o‘tdi. Bunda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan o‘n oltita jamoa (128ta maktab o‘quvchisi) qatnashib, eng kuchli “Yosh qutqaruvchi” sharafini himoya qildi. Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi, “Komolot” ijtimoiy yoshlar harakati va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekiston Respublikasini tabiiy ofatlar xavf-hatarini kamaytirish bo‘yicha salohiyatini oshirish” qo‘shma loyihasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘ztkazildi.

Musobaqa 5 bosqichda o‘tkazilib, bunda jamoalar qutqaruv ishlari va o‘zlarining favqulodda vaziyat yuz berganidagi harakat qoidalari haqidagi bilm va mahoratlarini ko‘rsatdilar.

Respublika final bosqich musobaqasida 1 yuksak o‘rinni Toshkent shahrining 172 son maktabi egalladi. 2 o‘rin sohibi Toshkent viloyatining Chirchiq shahridan kelgan 13-maktab jamoasi bo‘ldi va 3 o‘rin esa Toshkent shahrining 21 bolalar uyi jamoasiga berildi. Musobaqada qatnashgan barcha bolalar o‘zlari bilan nafaqat diplom va sovg‘alar, hursandchilik kayfiyati, do‘stlik va muhabbat hissini o‘zlari bilan olib ketdilar.

“Yutuqqa intilishi uchun” sovrin Toshkent shahrinig 158 maktab jamoasiga berildi. Shuningdek, qiz bolalar ichida “Eng yaxshi qutqaruvchi” diplomi Andijonlik Gavharoy Kanaldinovaga va o‘g‘il bolalar ichida “Eng yaxshi qutqaruvchi” diplomi Qoraqalpog‘istonlik Genjebayev Azizbekka topshirildi. Qolgan jamoalar ham “Faol ishtiroki uchun” diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa yakunida bolalar ijodiyot guruhlarinig konserti bilan davom ettirildi.