Inson taraqqiyoti konsepsiyasining yangi avlodi

2014 Mai 26

image

25 yoshli Abbos Sulaymonovning hayotidagi hamma qiziqishlari bir biri bilan chambarchas bog’liqligi odamni hayratga soladi. Toshkentda istiqomat qiluvchi bu bola biznes vakillariga ularning qobiliyat va mahoratlarini ro’yobga chiqarishga yordam beradi va ularda qo’l ostidagi har bir ishchiga xalqaro standartlar asosida hurmatni tarbiyalaydi. Bu orqali Abbos tashkilot faoliyati samarasini oshirishga, ishchilar mehnat sharoitini yaxshilashga hissa qo’shadi.

Shuningdek, u o’z vaqtini O’zbekiston bo’ylab sayohat qilishga sarflaydi, yoshlar, professor-o’qituvchilar va turli sohadagi mutahassislar bilan uchrashishga hamda ularning Inson taraqiyoti konsepsiyasini nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlarini amalga oshirishga yordam beradi. Abbos Sulaymonov O’zbekistonning yaratuvchi, novator va liderlari bo’lajak avlodini yorqin namoyandasi, rivojlanish, natijaga erishish ahamiyatini anglaydigan insonlardan biri, desak mubolag’a bo’lmaydi.

- Inson taraqiyoti konsepsiyasi hayotim va faoliyatim mazmun-mohiyatiga yangidan qarashimga imkon beradi, - deya ta’kidladi Abbos Sulaymonov Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha 25-27 May kunlari Buxoro shaharda bo’lib o’tgan 2014 yilgi yozgi maktab arafasida. - Inson Taraqiyoti konsepsiyasi asoslarini o’rganish menga boshqa odamlarni yaxshiroq tushunishga, hamma sohalarda munosabatlarni rivojlantirishga, shuningdek kasbiy faoliyat va shahsiy hayotimda qarorlar chiqarishga yordam beradi.

BMTTD tomonidan har yili o’tkazib kelinayotgan Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha Yozgi maktab ishtirokchilarga ularning kasbiy mahorati va ijtimoiy habardorligini rivojlanishiga noyob imkoniyat taqdim etadi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko’ra, barcha islohotlar asosida to’laqonli va mazmunga boy hayot kechirish imkoniyatlarini o’zida aks etgan har bir inson farovonligi bo’lishi kerak.

O’zbekistonda BMTTD ham Inson taraqqiyoti konsepsiyasini  barcha milliy loyihalar asosida turgan harakatlantiruvchi prinsip sifatida ta’minlaydi hamda uning keyingi asrlarda milliy o’sish katalizatori sifatida O’zbekiston yoshlari rivojlanishidagi rolini anglaydi. Bu borada Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha maktab bu muhim bo’lgan o’zaro aloqani tashkil etishiga yordam beradi.

- Forumda yoshlar o’z fikrilari bilan bo’lishishi, ma’lum masala bo’yicha yutuq va kamchiliklarni muhokama qilishi hamda muammolarni hal qilish mexanizmlarini taklif qilishi mumkin. Bu maktabning talabalarga foydasi katta, chunki u dunyoqarashni kengaytirish va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi, - deydi  Abbos Sulaymonov. - Bu maktabning ustunliklaridan biri shundaki, uning ishtirokchilari orasida, turli kasb egalari va turli yoshdagi va turli qiziqishlarga ega insonlarning birlashtirishidadir.