Chirchiq, Jizzax va Namangan Yagona oyna markazlari ish tajribasi: aholi va tadbirkorlarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish

2014 Mai 26

image

Chirchiq sh., 2014 yil 21 may

Chirchiq shahar hokimligida Toshkent viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMTTD “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich” qo‘shma loyihasi tomonidan tashkil etilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Yagona oyna markazlari faoliyati: tajriba va istiqbollar” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Chirchiq, Jizzax va Namangan shaharlaridagi Yagona oyna markazlari (YaOM) ish tajribasi ko‘rsatilishi bilan birga YaOM faoliyatining tashkiliy-huquqiy masalalari muhokama qilindi.

YaOM “Elektron hukumat”ning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u axborot-kommunikatsion texnologiyalar(AKT)ning imkoniyatlaridan foydalangan holda aholi va tadbirkorlarga turli xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Bu kabi markazlar aholiga sifatli ijtimoiy, kommunal va boshqa davlat xizmatlarini bir binoning o‘zida qisqa muddatda ko‘rsatilish va shu yerning o‘zida, zarurat tug‘ilganda, to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa fuqarolarga ham, tadbirkorlarga ham juda qulaydir”, deya ta’kidladi Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari A.Abduqodirov.

YaOM vositasida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish davlat muassasalari va idoralari uchun ham juda qulaydir, chunki bu ularning fuqarolarni qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish vazifasidan ozod qiladi, ularni ko‘rib chiqishdagi ochiq-oydinlilik darajasini oshiradi, shuningdek, ma’muriy va operatsion xarajatlarni tejash imkonini berishi bilan bir qatorda idoralarning o‘z asosiy vazifalarini bajarishlariga ko‘proq vaqt yaratib beradi.

Seminra ishtirokchilari Chirchiq shahrining YaOMga tashrif buyurdilar va Chirchiq shahar hokimi F.Xamidullayev ularni 2011 yilning avgustida ochilgan bu YaOMning tashkil qilinish tarixi bilan tanishtirdi. Bu YaOM O‘zbekistonda YaOMning birnchi tajriba modeli bo‘lgan Toshkent shahridagi Sirg‘ali tuman YaOM asosida tashkil qilingan. Unga ko‘ra idoralar YaOM dagi o‘z xodimlarini bevosita boshqarib boradilar va ular fuqarolarning ariza hamda murojaatnomalari qabul qiladilar, kerakli ma’lumotnomalar beradilar.

Bugungi kunda Chirchiq shahri YaOM fuqarolarga Shahar gaz tarmoqlari korxonasi, Shahar elektr bilan ta’minlash korxonasi, Shahar suv bilan ta’minlash korxonasi kabi shahar kommunal xizmatlari, shuningdek shahar soliq inspeksiyasi, Aholi bandligi va ijtimoiy himoyani qo‘llab quvvatlash markazi, Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyasi, SSP maslahat markazi, kadastr bo‘limi, “Chirkom” MChJ, “Chirchiq universal plyus” DUK, “Ipoteka” banki filiallarining xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

2013 yilda YaOMda shaharning 35,000 dan ortiq aholisi so‘rovnomalari ko‘rib chiqildi. Shahar hokimi “Chirchiq shahrida ro‘yxatga olingan davlat xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarning umumiy soni 32,000 dan 36,000 tagachani tashkil qilishini hisobga olsak, demak har bir abonent YaOMning xizmatlaridan kamida bir marta foydalanganini ko‘rishimiz mumkin, deb alohida ta’kidlab o‘tdi. Ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy bahosi taxminan 3.5 milliard so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga 2011 yilning dekabr oyida BMTTD loyihasi yordamida tashkil qilingan Jizzax va Namangan shaharlaridagi YaOM ish tajribasi ham tanishtirildi. Chirchiq shahri YaOMdan farqli ravishda ular shahar hokimligi qoshidagi Davlat unitar korxonasi (DUK) shaklida tashkil qilingan bo‘lib, ularga alohida shtat birliklari, mebel va telefon bilan jihozlangan xonalar ajratilgan. BMTTD loyihasi esa zaruriy AT uskunalari sotib olish, YaOM xodimlariga AKTdan foydalanishni o‘rgatish, YaOMni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlashda yaqindan ko‘maklashdi.

Jizzax va Namangan shaharlaridagi YaOMlarida shahar aholisi aholi bandligi bo‘yicha ma’lumotlar va maslahatlar, byudjetdan tashqari pensiya ta’minoti, maktab ta’limi, sug‘urta, tadbirkorlikni tashkil etish masalalari bo‘yicha bepul ma’lumotlar olish imkoniga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik haqida ma’lumotnoma ham olishlari mumkin. 2014 yilning birinchi choragida Namangan va Jizzax shahar YaOMlariga fuqarolarning 1600 dan ortiq murojaatnomalari kelib tushgan.

Namangan va Jizzax shaharlaridagi YaOMlari moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun fuqarolar va tadbirkorlarga ba’zi pulli to‘lovlarni ko‘rsatish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, o‘quv zali seminar va treninglar o‘tkazish uchun ijaraga beriladi, barcha turdagi kompyuter xizmatlari ko‘rsatiladi, tadbirkorlarning soliq va statistika organlariga elektron hisobotlarini jo‘natishda yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YaOM faoliyatining tashkiliy-huquqiy jihatlari, YaOMlarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun to‘sqinlik qiladigan ma’muriy va tartibga soluvchi mavjud to‘siqlar bilan tanishdilar. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish va Toshkent viloyatiga YaOM muvafaqiyatli tajribasini yoyish bo‘yicha chora-tadbirlari aniqlab olindi. Xususan, quyidagilar taklif qilindi:

  • YaOM to‘g‘risida normativ aktni tasdiqlash asosida me’yoriy hujjat ishlab chiqish va uning huquqiy holati hamda moliyalashtirish manbasini aniqlash;
  • Davlat xizmatlarini tasniflashni o‘tkazish;
  • YaOM uchun eng maqbul bo‘lgan davlat xizmatlarini aniqlash;
  • YaOM o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish;
  • YaOM xodimlari malakasini oshirish;
  • YaOM faoliyati bo‘yicha aholi xabardorligini oshirish.

Chirchiq shahar hokimligi va BMTTD loyihasi, BMTTD ko‘magida tashkil qilingan YaOMlari faoliyati bilan tanishishlari uchun, hokimlik xodimlarining Jizzax va Namangan shaharlariga tashrifini tashkil qilish masalasini muhokama qildilar.

Seminarda Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, BMTTD loyihasi, viloyatlarning adliya, moliya, iqtisod boshqarmalari, soliq qo‘mitasi, SSP, viloyat kompyuterlashtirish markazi, viloyat kommunal xizmatlari vakillari, tadbirkorlar va hududiy OAV vakillaridan iborat 90 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan 20 dan ziyod ayollar ishtirok etdilar.

Tadbir yakunlariga ko‘ra Hukumatga “Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Yagona oyna markazlari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi me’yoriy hujjatini ishlab chiqish zarurati to‘g‘risida takliflar kiritiladi.