Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha 2014 yilgi yozgi maktabda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

2014 Mart 28

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekistonda tashkil etiyotgan yozgi maktabda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlaganligini ma’lum qilamiz. Ushbu o‘quv maktabning asosiy maqsadi - ishtirokchilarni Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi va uning amaliy jihatlarini tanishtirish, inson taraqqiyotiga doir global, mintaqaviy va milliy xisobotlar yuzasidan munozaralar olib borish imkoniyatini yaratishdir. Qo‘shimcha siftida, yozgi maktab, inson taraqqiyoti konsepsiyasidan joriy siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda barqaror ekologiya masalalarini tahlil etishda bir instrument sifatida foydalanilishi mumkinligini targ‘ib qiladi. Maktab ikki: masofaviy va interaktiv modullardan tashkil topib, ularni O‘zbek, Rus va Ingliz tillarida olib borilishi rejalashtirilgan.

Yozgi maktab ikki o‘quv modulidan tashkil topgan:
• Masofaviy modul, kuniga 2 soat talab etadi (14 Aprel - 12 May, 2014)
• Interaktiv modul, kuniga 8 soat talab etadi (26-28 May 2014, Samarqand)

Yozgi maktab yoshi, turar joyi, ta’lim yo‘nalishi va kasbidan qat’iy nazar inson taraqqiyoti masalalari bo‘yicha qiziquvchi barcha 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan. Maktabning interaktiv modulida, BMTTD ushbu yo‘nalishda tashkil etgan avvalgi o‘quv maktablarining g‘oliblari ishtirok etaolmasliklarini ta’kidlaymiz.

Masofaviy darslar ishtirokchilarning mustaqil ravishda nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishishlariga mo‘ljallangan. Modul ma’lumotlar kutubxonasi va ma’ruzachilar tomonidan olib boriladigan on-layn forum, munozaralaridan iborat.

Masofaviy modulning yakunlari bo‘yicha eng yaxshi 20 ishtirokchilar Samarqand shaxrida bo‘lib o‘tadigan interaktiv modulga taklif qilinadilar. Ushbu modul inson taraqqiyoti bo‘yicha BMTTD va mustaqil mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, asosan master-klasslar va interaktiv mashg‘ulotlardan iborat. BMTTD intaraktiv modul qatnashchilarining harajatlarni (yo‘l chiptalari, oziq-ovqat hamda turar joy) qoplaydi. Intaraktiv modul qatnashchilari modul davomida O‘zbekiston Respublikasi xududida bo‘lishlari talab qilinadi.

Maktabda ishtirok etish uchun nomzodlar 2014 yil 14 Aprelgacha http://humandevelopment.uz/uz/register.php sahifasida ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z tarjimayi hollarini (o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida), shaxsni tasdiqlovchi xujjat (passport nusxasi) bilan birga human.development@mail.ru elektron pochta manziliga jo‘natishlari kerak. Yozgi maktab yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar http://humandevelopment.uz sahifasida olishingiz, savollar yuzasidan yuqoridagi elektron pochta manziliga yoki +998711203458 telefon raqami orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun arizalaringizni kutib qolamiz!