“E-SUD” elektron sudlov axborot tizimi

2014 fevral 28

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tarraqqiyot Dasturining (BMTTD) “Fuqarolik sudlarida ish yuritishni takomillashtirish: Samarali sud boshqaruvi” loyihasi bilan hamkorlikda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda - AKT) joriy etish masalalarining muxokamasiga bag‘ishlangan davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi va boshqa manfaatdor idora vakillari ishtirok etishdi.
Sudlar faoliyatiga zamonaviy AKT joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012 yil 2 avgustdagi PF-4459 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012 yil 10 dekabrdagi 346-sonli Qarorida ustivor vazifa sifatida belgilangan.
Sudlar faoliyatiga zamonaviy AKTni joriy etishdan ko‘zlangan maksad, fuqarolik ishlarini sudlarda ko‘rib chikish muddatlarini kisqartirish, sud xabarnomalarini va xujjatlarini taraflarga yetkazish mexanizmlarini takomillashtirish, sud faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni, saqlashni va qayta ishlashni avtomatlashtirish va fuqarolik sudlovining sifatini oshirish hisoblanadi.
Ushbu va boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tarraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xamkorligida “Fuqarolik sudlarida ish yuritishni takomillashtirish: Samarali sud boshqaruvi” loyihasi tatbiq etilmokda. Ushbu loyiha doirasida “E-SUD” elektron sudlov milliy axborot tizimi ishlab chiqilmokda.
Loyiha mutaxasislari, ushbu axborot tizimida sudlarda elektron hujjat almashinuvini joriy etish, taraflarga sud xabarnomalarini va hujjatlarini AKT vositalari orqali jo‘natish, sud hujjatlarini ishlab chiqilgan shablonlar asosida tayyorlash, sud majlislarining yagona taqvimini joriy etish, sud hujjatlari saqlanadigan yagona ma’lumotlar bazasi va sud hisobotlarini tuzishni avtomatlashtirish kabi vazifalarni birlashtirdilar. Loyihaning kelajakdagi asosiy rejalaridan biri sud jarayonlarida audio va video yozish tizimini va sud jarayonida masofadan ishtirok etish kabi qo‘shimcha tizimlarni ishlab chiqish xisoblanadi.
2013 yilning noyabr oyidan boshlab “E-SUD” axborot tizimi fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudida sinovdan o‘tkazilib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib, 4000 dan ortiq sud buyrug‘i berish hakidagi arizalar “E-SUD” tizimi orqali sudga kelib tushdi va sudya, sud xodimlari tomonidan “E-SUD” axborot tizimidan foydalangan holda ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘iycha sudlar, da’vo tartibida, alohida va shikoyat tartibida ham ishlarni ko‘rib chiqishadi. Hozirgi kunda, loyiha xodimlari tomonidan, da’vo tartibida va alohida tartibda ko‘rib chiqiladigan arizalarni “E-SUD” axborot tizimi orqali kabul qilish va ko‘rib chiqish sinovdan o‘tkazilmoqda. “E-SUD” axborot tizimining dastlab sud buyrug‘i berish haqidagi arizalarni kshrib chiqish qismida sinovdan o‘tkazilishi, bundan toifadagi arizalarning ko‘pligi bilan bog‘lik. Jumaladan, 2012 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 1 997 781 ta sud bo‘yrug‘i va 161 714 ta sud qarorlari kabul qilindi.
“E-SUD” axborot tizimining dastlabki foydalanuvchilari uning ro‘yxatga olish daftarlarini avtomatik tarzda yuritilishi, ayrim sud hujjatlarining avtomatik tarzda tayyorlanishi, sudga arizalarni masofadan topshirish va masofadan ushbu ariza bo‘yicha sudda amalga oshirilgan harakatlarni kuzatish va boshqa shu kabi qator qulayliklarga alohida e’tibor qaratishdi.
Qo‘shma loyiha doirasida axborot tizimini to‘liq shakllantirish va sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Turli imkoniyatlarni o‘zida birlashtirgan axborot tizimlarini yaratishda mazkur ketma-ketlik qo‘llaniladi. Bunday ketma-ketlik sinovdan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, AKT joriy etish bilan bog‘lik bo‘lgan qonun normalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Axborot tizimini sinovdan o‘tkazishda, loyiha xodimlari mutaxassislar bilan birgalikda, turli vaziyatlarni modellashtirish natijasida, qonunchilikka qiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirish va ko‘shimchalarni, shuningdek axborot tizimini respublikamizning barcha sudlariga tadbiq etish chora-tadbirlarini yanada puxtaroq tayyorlashadi.
Ushbu anjumandan shuningdek, loyiha doirasida tayyorlangan ko‘llanmalarining takdimoti ham bo‘lib utdi. Jumladan “Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha sud amaliyoti” ko‘llanmasida oila va nikoh munosabatlaridan kelib chikuvchi nizolarni sudlarda ko‘rib chiqish xususiyatlari o‘rganilgan va bunday toifdagi ishlarni sudlarda ko‘rishing o‘ziga xos jixatlari keng yoritib berilgan. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimi namunalari” ko‘llanmasida esa, fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlar faoliyatida keng uchraydigan 100 dan ortiq ajrim namunalari keltirilgan.
Davra suhbati ishtirokchilariga, “E-SUD” axborot tizimini fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudida sinovdan o‘tkazish natijalari, orttirilgan tajriba va axborot tizimini butun respublika sudlarida joriy etish bo‘yicha takliflar taqdim etildi va muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ko‘iydagi takliflar kizg‘in muxokama qilindi:
- Axborot tizimi foydalanuvchilarining shaxsini tasdiqlash uchun elektron raqamli kalitdan foydalaniladi. Demak axborot tizimni barcha sudlarga o‘rnatish uchun aholi orasida elektron raqamli kalitdan foydalanuvchilar sonini oshirish bo‘yicha bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
- “E-SUD” elektron sudlov axborot tizimi barcha protsessual xarakatlarni elektron shaklda va bu xarakatlarni maxsus serverlarda joylashgan ma’lumotlar bazasida saklanishini nazarda tutadi. Bundan kelib chiqqan holda, sud binolarini uzluksiz elektrenergiyasi bilan ta’minlash odil sudlovni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omilga aylanadi.
- Sudlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni xaqqoniyligini va to‘laligini oshirish maksadida, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladigan talablarning yangi tasniflanishi ishlab chiqish kerak. Da’vo talablarini tasniflashtirish, da’vo arizalarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Barcha ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilgan da’vo arizalari esa sudda ushbu arizalarni qayta ishlash va ko‘rib chiqishni osonlashtiradi. Bundan tashqari sud amaliyotini umumlashtirishni takomillashtirish imkoniyatini ham beradi.

Bundan tashqari, davra suhbati ishtirokchilari, internet tarmog‘ida shaxsni tasdiqlash mexanizmlarini takomillashtirish, mobil aloqa vositalari hamda elektron manzillarga sud xabarnomalarini jo‘natishni tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish va joriy etish kerakligini qayd etishdi.
Xozirgi kunda “E-SUD” elektron sudlov axborot tizimining sinovdan o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining RS-42-13 sonli Qarori asosida amalga oshirilmokda. Shu bilan birga axborot tizimni keng ishlatilishin ta’minlash maksadida, loyiha mutaxasislari tomonidan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi tayyorlangan. Davra suhbati ishtiroqchilarining dikkat e’tiboriga, ushbu Qonun loyihasining asosiy jixatlari taqdim etildi va muhokama qilindi. Ushbu Qonun loyihasida jumladan ko‘yidagi masalalar tartibga solingan:
- sudlar tomonidan elektron shakldagi xujjatlarning ishlatish;
- protsessual qonunchilikka sud jarayonini zamonaviy texnik vositalar yordamida kaqd etishni, shu jumladan, sud jarayonida masofadan ishtirok etish;
- sud jarayoni ishtirokchilariga sud xabarnomalarini va chaqiruv kog‘ozlarini zamonaviy aloqa vositalari orqali yetkazish va boshqalar.
Davro suhbati natijasida, ishtiroqchilar tomonidan ko‘yidagi takliflar ishlab chiqildi:
- loyiha tomonidan tayyorlangan Qonun loyihasini yanada takomllashtirish maksadida ishchi guruhi tuzish
- “E-SUD” elektron sudlov axborot tizimini barcha sudlarda joriy etish bo‘yicha amalga oshirilish kerak bo‘lgan chora-tadbirlar, shu jumladan xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi ish rejasini ishlab chiqish;
- “E-SUD” elektron sudlov axborot tizimi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda doriy etilishi munosabati bilan, sudlarda ma’muriy boshqaruv masalalarini qayta ko‘rib chiqish;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudida o‘tkazilgan sinovlar natijalarini e’tiborga olgan xolda, ikkinchi instansiya sudlarini, jumladan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudini, apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyatlarni ko‘rib chiqishni sinovdan o‘tkazish maksadida “E-SUD” elektron sudlov axborot tizimiga bog‘lash.