“CNPC Silk Road Group” MCHJ XK Xitoy neft-gaz kompaniyasida uchrashuv

2014 Mart 19

imageUNDP in Uzbekistan

Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi CNPC ga tegishli “CNPC Silk Road Group” kompaniyasi PROON/GEF/O’zbekiston Respublikasi Hukumatining “O’zbekiston neft-gaz sohasiga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini tatbiq etish” qo’shma loyihasi hamkorlaridan biri hisoblanadi. Hamkorlar bilan doimiy muloqotda bo’lish loyiha bo’yicha asosiy natijalarga erishish uchun zarur ahamiyatga egadir, chunki doimiy fikr almashish va ish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lish ularning o’z faoliyatlari jarayonida bioxilma-xillikni saqlashning zarurati va muhimligi masalalarini tushunib yetishga ko’maklashadi. Shuning uchun ham 2014 yil 28 fevral kuni kompaniya ofisida loyiha va kompaniya jamoalarining kengaytirilgan uchrashuvi o’tkazildi. Shuni ta’kidlash lozimki, Xitoy kompaniyasi  vakillari eng yuqori darajada ifoda etildi – uning tomonidan uchrashuvda kompaniya Bosh direktori o’rinbosari Chjan Lu, Bosh direktor o’rinbosari Li Jen, xaridlar va shartnomalar  bo’limi boshlig’i Chjan Gobin, burg’ulash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Stanislav Kim, xaridlar va shartnomalar bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Farrux Mamajonov va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv kompaniya Bosh direktorining o’rinbosari janob Chjan Li ning tabrik so’zi bilan boshlandi va tomonlarga neft-gaz sohasidagi bioxilma-xillikni saqlash masalalari bo’yicha fikrlar almashish va yangi turdagi yondashishlar bo’yicha bilimlari bilan o’rtoqlashish imkonini berdi. Loyiha rahbari X.Sherimbetovning loyiha va uni amalga oshirish haqidagi prezentatsiyasi kompaniya xodimlarida katta qiziqish uyg’otdi. Ayniqsa, loyiha tomonidan tayyorlangan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan qator qonunlarga qo’shimchalar, shuningdek, O’zbekistonda ofset (kompensatsiya- zarar o’rnini qoplash) sxemalarni qo’llash usullari bo’yicha ko’p savollar berildi. Xususan, xaridlar va shartnomalar bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Farrux Mamajonovni kompensatsiyalarni hisoblash uslublari qiziqtirdi.

O’z navbatida, “CNPC Silk Road Group” MCHJ XK kompaniyasi tabiatni muhofaza qilish sohasidagi o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Masalan, burg’ulash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Stanislav Kim kompaniya tomonidan uning faoliyati tufayli atrof-muhitga yetkaziladigan ta’sirni minimal darajaga yetkazish bo’yicha qilinayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Bu Qorako’l investitsion blokining Sharqiy Olot konida o’tkazilgan ishlar misolida ko’rsatildi.  

Uchrashuv shuni ko’rsatdiki, neft-gaz kompaniyalarida bioxilma-xillikni saqlashning yangi  uslublariga qiziqish katta ekan, shuningdek, ushbu soha bo’yicha qonunchilikdagi o’zgarishlar  bo’yicha ma’lumotlar olishga talab yuqoridir, yana shu narsa zarurki, neft-gaz kompaniyalarini yanada faolroq muloqotga chaqirish va ularning qatnashishlarini rag’batlantirish lozim.