Hunarmand yirik esportchi bo‘la oladimi?

2014 fevral 27

image

Teri mahsulotlarini eksporti bilan shug‘ullana olamanmi? Boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun qayerdan va qanday qilib kredit olish mumkin? Oilaviy korxonani qanday qilib rasmiylashtirish mumkin? Agarda men xususiy tadbirkor bo‘lsam, qo‘shimcha ishchi kuchini jalb etishim mumkinmi?. Shu va shu kabi boshqa savollar joriy yilning 27 fevral kuni Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan interfaol seminar-treningda muhokama qilindi. Mazkur tadbirda Namangan viloyatining 30dan ziyod hunarmand va tadbirkorlari ishtirok etishdi.

Seminar-trening mavzusi va shakli BMTTD va “Hunarmand” Uyushmasining Namangan viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan avvalgi ikki seminar ishtirokchilarining taklif va tavsiyalariga binoan tanlangan. “Hunarmand” Uyushmasining xududiy bo‘linmasi rahbari Ikromjon Karimovning ta’kidlashicha, mahsulotlarni eksport qilish va ularga deklaratsiya to‘ldirish bo‘yicha olingan ma’lumotlardan so‘ng, o‘z maxsulotini muvaffaqiyatli eksport qiluvchi hunarmandalar soni ortib bormoqda. Avvalari faqat sanoqlilari shug‘ullanishgan, misol uchun, faqat pichoqlar eksport qilingan bo‘lsa, seminardan keyin esa ularga an’anaviy yog‘och mahsulotlari qo‘shilgan. Xozirgi kunga kelib, eksportchilar soni bittadan to‘rtaga ko‘paygan.

“O‘zbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra xususiy tadbirkorlar, alohida “hunarmand” maqomiga ega bo‘lganlarga soddalashtirilgan ro‘yhatdan o‘tish imkoniyati, soliq va ijtimoiy ushlanmalarga nisbatan imtiyozlar belgilangan. Lekin, ko‘p hollarda hunarmandlar behabarliklari tufayli bu imkoniyatlardan to‘la qonli foydalana olishmayapti. Aynan, shu sababli loyihamiz va “Hunarmand” Uyushmasi” hamkorligida hunarmandalarning mavjud imtiyozlardan boxabar qilish va savdo imkoniyatlarini kengaytirish xaqidagi bilimlarini oshirish ustuvor yo‘nalishlarning biri sifatida belgilab olingan ”- deydi BMTTD loyihasi menejeri Adxam Kuchkarov.

«Trening men uchun juda foydali bo‘ldi, chunki men boshlovchi tadbirkorlar uchun mavjud bo‘lgan imtiyozli kreditlash va kafolatlash shartlari xaqida bilib oldim”, deb o‘z fikrini chevarchilik bilan shug‘ullanayotgan Nozima Ergasheva bildirdi.

Seminar-trening ishtirokchilar uch guruhga bo‘lingan holda hunarmandichlikni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha ishchi kuchini jalb qilish (shogirdlar), oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida kerakli tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Shuningdek, savdoni rivojlantirish va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan shahri markazida hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qiluvchi do‘qon ochish taklifi kiritildi.