O’zbekistonda birinchi marotaba “Atrof-muhit va jamiyat” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi

2014 Yanvar 25

image

Kelayotgan shanba va yakshanba kunlari BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi, Global Ekologik Jamg’armasi Kichik Grantlar Dasturi (GEJ KGD) va “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati hamkorligida O’zbekistonda birinchi marotaba “Atrof-muhit va jamiyat” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasini o’tqazmoqdalar.

Mana bir necha yildirki BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngillilikni targ’ib qilib kelib, shuningdek ijtimoiy masalalarni yechishda innovatsion yechimlarni taklif qilib turib, hilma-hil tashkilot va shahslar o’rtasida hamkorlikni qo’llab kelmoqda.

Bu safar BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi Global Ekologik Jamg’armasi Kichik Grantlar Dasturi (GEJ KGD) va “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati hamkorligida yangi tashabbus - “Atrof-muhit va jamiyat” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasini boshlamoqda. Ushbu tashabbus yoshlar o’rtasida ko’ngillilik, ijtimoiy innovatsiyalar va atrof-muhitni saqlash maqsadlariga yonaltirilgan.  Ko’ngillilik bu aslida jamiyat uchun foydali bo’lgan ishlarni bajarib turib o’z tajribasi, bilim va ko’nikmalari bilan o’rtoqlashishdir. Ko’ngilliyni faoliyati odatda noa’nananviy yondoshuvlar, yangi imkoniyatlar bilan bog’liq bo’lib ularga yangi bilimlarni olishga vaziyat tug’diradi! Bularning barchasi atrof-muhit va tabiyatga oid muammolarni yechishda as qotishi mumkin.  

Birinchi Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasida qatnashish uchun BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasining http://www.iact.uz/news/laboratoriya-socialnyh-innovaciy-priroda-i-obshchestvo, va/yoki Global Ekologik Jamg’armasi Kichik Grantlar Dasturi (GEJ KGD) http://sgp.uz/ru/news/789 veb saytlarida ko’rsatilgan anketani to’ldirib ishtirok etsa bo’lar edi.

“Atrof-muhit va jamiyat” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi doirasida, O’zbekistondagi yetakchi mutaxasislar ishtirokchilarga atrof-muhit muammolarini yechishda ba’zi imkoniyatlarni aniqlab berib, ishtirokchilarning o’zlariga ba’zi atrof-muhit muammolarni yechishni xavola etishadi. Eng qiziqarli g’oyalar tashkilotchilar tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.

“Atrof-muhit va jamiyat” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi 25 va 26 yanvar 2014 yil  9:00da “Grand Orzu” Mehmonhonasida 27 Tarobiy ko’chasi,Toshkent, O’zbekiston, 100014 manzili bo’yicha bo’lib o’tadi.

Muloqot uchun shahslar:

Bakhrom Radjabov, BMTTD/BMTK “O’zbekistonda ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngililik” loyihasi treninglar va ommaviy aloqalar bo’yicha mutaxassisi (tel.: +99894 505 51 04, e-mail: bakhrom.radjabov@undp.org)

Makhsad Bauetdinov, ommaviy aloqalar bo’yicha yordamchi, O’zbekistonda Global Ekologik Jamg’armasining Kichik Grantlar Dasturi (tel: + 998 93 501 52 21, e-mail: makhsad.bauetdinov@undp.org)