O’zbekiston delegatsiyasi Singapurning iqtisodiy diplomatiya salohiyatini o'rganib qaytdi

2013 Dekabr 31

Tashqi ishlar vazirligi va BMTRD hamkorligidagi “Iqtisodiy diplomatiya bo’yicha milliy salohiyatni oshirish va samarali tadbiq etish” loyihasi, vazirliklararo ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Singapurga tajriba o’rganish uchun ishchi safari tashkil etdi.

Ushbu ishchi safardan maqsad, rivojlangan davlatlarning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi malakasini o’rganib, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy diplomatiya sohasida ishlayotgan javobgar xodimlarni malaka va salohiyatini oshirish, hamda iqtisodiy diplomatiya sohasini rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish.

O’zbekiston delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xodimlaridan tashkil etilgan edi.

Singapur iqtisodiy diplomatiya instrumentlaridan samarali foydalangan davlatlar sirasiga kiradi, chunki 1965 yildagi hech qanday tabiiy qazilma boyliklari bo’lmagan, qoloq oroldan, axoli soniga nisbatan eng yuqori YMM miqdoriga ega bo’lgan, iqtisodiy  rivojlangan davlatga aylangan. Singapurni boshqa davlatlardan ajralib turadigan nisbati, bu uzoq muddatli strategik rejalashtirish va innovatsion fikrlash, samarali mintaqaviy va mintaqalararo diplomatiyani olib borish va inson resurslarini samarali boshqarish xisoblanadi.

O’quv safari davomida, ishtirokchilar Singapurning xozirgi tashqi iqtisodiy siyosati va uni olib borish mehanizmlari, iqtisodiy diplimatiya sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar va huquqiy ta’minot masalalari bilan tanishib chiqdilar.

Xususan, ishtirokchilar Singapur tashqi ishlar vazirligi, Savdo va sanoat vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish qo’mitasi – tashqi iqtisodiyot bo’icha etakchi davlat qo’mita, Singapur Biznes Federatsiyasi – tadbirkorlarni savdo, investitsiya va sanoat sohalarida manfaatlarini ximoya qiluvchi palata; Xalqaro tadbirkorlar palatasi; Singapur turizm  qo’mitasi; Lee Kwan Yew nomidagi davlatni boshqarish maktabi; va Singapur raqobatchilik qo’mitasi va boshqa tashkilotlarda uchrashuvlar olib borishdi.

Oquv safarining xar bir ishtirokchisi, o’zi ishlayotgan tashkilot rivoji uchun kerakli bilimlarni olib qaytdi. Iqtisodiy diplomatiya sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlarning javobgarlik mezonlari va salohiyati, davlatimizda ushbu soha samarasini yanada oshirish uchun kerakli ishlarni belgilab olishdi. Xususan, ishtirokchilar tomonidan, investitsion muhitni yaxshilash va savdoni rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilib tashkilot boshqaruvchilariga topshirilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston va Singapur o’rtasida o’zaro hamkorlik haqida hujjatlar xam tayyorlangan.

Loyiha maqsadi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy diplomatiya sohasida ishlayotgan turli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqali O’zbekiston iqtisodiy manfaatlarini xalqaro miqiyosda ximoya qilish saloxiyatini oshirishdan iborat.