Press-relizlar
  • BMT Taraqqiyot Dasturi Evropa va MDH mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy byurosi rahbari o`rinbosari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga tashrif buyurdi2016 May 1O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan qo`shma loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga BMTTD Evropa va MDH mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy idorasi rahbarining o`rinbosari janob Olivier Adam hamda BMT Tdning O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov ha`yati raisi Holmumin Yodgorov qabul qildi.

  • O‘zbekistonlik fermerlar olmazorlar yaratishning zamonaviy usullarini o‘rganadilar2016 Apr 29O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikdagi loyihasi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)” ning inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi doirasida zamonaviy intensiv olmazor bog‘lar yaratish bo‘yicha mahalliy o‘ziga xosliklar inobatga olinib tuzilgan amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi. Shuningdek, bu mavzuda o‘zbekistonlik fermerlar uchun treninglar tashkil etish mo‘ljallangan.

  • Qonun ijrosining samaradorligini oshirish sohasida milliy va xorijiy tajriba2016 Apr 15Toshkentdagi Xalqaro biznes-markazda “Qonun ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

  • Milliy ekspertlar qonun va norma ijodkorligini takomillashtirishda Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganmoqda2016 Apr 8BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Qonun va huquq ijodkorligini takomillashtirish sohasida Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  • BMTTDning 50-yilligi: uzoq muddatli hamkorlikni nishonlovchi futbol matchi2016 Mar 122016 yilning 12 mart kuni Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik matchi bo‘lib o‘tdi. Mazkur match BMTTDning 50-yilligi va uning O‘zbekistondagi hamkorlari bilan birgalikda 20 yildan ziyod vaqt davomida olib borayotgan faoliyatiga bag‘ishlangan bayramona tadbirning davomidir.

  • Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga xalqaro delegatsiya tashrif buyurdi2016 Fev 232016 yil 22 fevral kuni, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Jorj Deykun va BMT Tdning O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi o`rinbosari Fayzulla Abduazimov qabul qildi. Tashrif chog`ida mehmonlar E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimining ishlash jarayoni, ya`ni arizalarni qabul qilish va ro`xatdan o`tqazish, sud raisi tomonidan ko`rib chiqilib ma`sul sudyani tayinlash, hamda sud buyrug`ini chiqarish kabi bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi.

  • Xo'jalik sudlarida ish yuritish: sud samaradorligini va oshkoraligini qanday oshirish mumkin?2016 Yanv 222016 yil, 22 yanvar kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudida sohaga tegishli qonunchilikdagi ohirgi o`zgarishlar, shuningdek, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, jumladan, aud majlisini audio-video qayd etish tizimining tajribadan o`tkazilishi kabi yangiliklarni keng ommaga taqdim etish maqsadida matbuot anjumani o`tkazildi. Mazkur sud majlisini audio-video qayd etish tizimi Oliy xo`jalik sudi, hamda Toshkent shahar va viloyat xo`jalik sudlarida pilot shaklida O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) "O'zbekistonda qonunustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi ko`magida 2015 yilda o`rnatildi. Mazkur loyiha BMTTD tomonidan O`zbekistonda samarali boshqaruvga ko`maklashish tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

  • O‘zbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirish istiqbollari2015 Dek 17O'zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida elektron hukumatni va AKTni rivojlantirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Shu bilan birga xalqaro amaliyot ko'rsatishicha, bu tashabbuslarning muvaffaqiyati fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xizmatlarini ko'rsatishda ma’muriy idoralarning ichki jarayonlarining (“back office”) samaradorligiga bog'liq.

  • Sud-huquq sohasidagi hamkorlikning bir yillik natijalari muhokama qilindi2015 Dek 172015 yil 17 dekarb kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik" loyihasining 2015 yildagi faoliyati natijalarini muhokama qilish uchun idoralararo ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Loyiha O'zbekiston Respublikasi Oily sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda.

  • E-hukumatini targ’ib qilish loyihasining natijalari va yangi maqsadlari2015 Dek 1515 dekabr, 2015 yil, Toshkent sh. BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O’zbekiston Respubliksining axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirligining (ATAV) “Davlat xizmatlari sifatini oshirish uchun e-hukumatini rivojlantirish” qo’shma loyihasi Boshqaruv Qo’mitasi a’zolarining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Loyihaning 2015 yildagi natijalari va kelgusi davr vazifalari bilan tanishish yig’ilishning asosiy maqsadi bo’ldi.