SubscribeSubscribe

Press-relizlar

  • Sud-huquq sohasidagi hamkorlikning oraliq natijalari muhokama qilindi 22-may, 2015

    2015 yil 22 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida 2014 yil noyabrida ishga tushirilgan "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik" loyihasi oraliq natijalarini muhokama qilish uchun idoralararo ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Loyiha O'zbekiston Respublikasi Oily sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda.

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o’tgan uchrashuv 22-may, 2015

    2015 yil 22 mayda, O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Doimiy koordinatori, BMT Taraqqiyot Dasturining Doimiy vakili Stefan Prisnerning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

  • Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi - milliy qonunchilikni modernizatsiya qilish va sifatini oshirishning muhim vositasi 14-may, 2015

    2015 yil 14 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “O’zbekistonda qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish milliy qonunchilikni modernizasiya qilish va sifatini oshirishning muhim vositasi sifatida” mavzusidagi seminar tashkil etildi.

  • SSP va BMTTD O‘zbekistonda inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirmoqdalar 5-may, 2015

    2015 yilning 5 may kuni O‘zbekistonda inklyuziv loyihalarni rivojlantirishga doir imkoniyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Kompaniyalar va boshqa manfaatdor tomonlarni aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘shilgan qiymatni shakllantirish zanjiriga bog‘lash imkoniyatlarini qidirib topish va amalga oshirishga undash hamda qanday qilib bunga erishishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish tadbirning bosh maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Davra suhbati O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida BMTTDning “O‘zbekiston Biznes-forumi” (3-faza) loyihasi tomonidan tashkil qilindi.

  • O‘zbekiston Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishga doir Ikkinchi Milliy hisobotni taqdim etdi 30-apr, 2015

    2015 yil 30 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonda Mingyillik rivojlanish maqsadlariga (MRM) erishishga doir Ikkinchi milliy hisobotning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ekspertlar doiralari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdilar.

  • Samarali parlament nazorati – demokratiyaning muhim belgisi 28-apr, 2015

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining 2015 yil 23 yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida konstitutsiyaviy islohotlar nuqtai nazaridan Oliy Majlis palatalarining davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar, muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy davlat dasturlarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash borasidagi faoliyati sifat jihatidan yangi asosda qurilishi lozimligini ta’kidlagan edi.

  • Elektron hukumatni rivojlantirish hamda boshqaruvda jamiyat ishtirokini faollashtirish yo‘lida 26-apr, 2015

    BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (BMT-IIMD)ning xalqaro ekspertlari Richard Kyorbi va Vyacheslav Cherkasov 27 aprel – 1 may kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. BMT-IIMD vakillari elektron hukumat sohasidagi yangi tendensiya va innovatsiyalarni, shuningdek, uni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning muhim vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bundan tashqari, ekspertlar xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashish maqsadida davlat xizmatchilari uchun bir qator seminarlar ham o‘tkazishadi.

  • BMTTD tadqiqotlari Hukumat ishchi guruhining majlisida muhokama qilindi 21-apr, 2015

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich” qo‘shma loyihasi Idoralaro muvofiqlashiruvchi ishchi guruhining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

  • Ochiq ma’lumotlar hamma va har bir inson uchun 15-apr, 2015

    2015 yil 15 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi vazirlik va davlat idoralari axborot xizmatlari rahbarlari hamda OAV xodimlari uchun jurnalistik dalillar va ochiq ma’lumotlar bo’yicha trening bo’lib o’tdi. Tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi hamda “Elektron hukumat”ni rivojlantirish Markazi tashabbusi bilan o’tkazildi.

  • O‘zbekistonda Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasi ochildi 13-yan, 2015

    Bugun Toshkent shahri Fuqarolik mudofaasi instituti qoshidagi Toshkent Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasi o‘z ishini boshladi. Ushbu majmuaning ochilishi tabiiy ofatlarga tayyor turish, milliy xavfsizlikni ta’minlash va mamlakat aholisini muhofazalash jarayonida olib borilayotgan chora-tadbirlar bo`yicha zaruriy bosqichdir.