SubscribeSubscribe

Press-relizlar

  • Davlat ijtimoiy xizmatlarining samaradorligi va sifati oshiriladi 27-avg, 2015

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qariyalarni e’zozlash yili’ Davlat dasturi doirasidagi buyrug‘ini bajarish maqsadida 2015 yilning 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi. Mazkur qaror davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini olishga haqli bo‘lgan aholi qatlami kengaytirilishi, yangi turdagi ijtimoiy xizmatlar hamda bu xizmatlarni ko‘rsatishda yangi tartib-taomillar joriy etilishini nazarda tutadi.

  • Yaylovlardan barqaror foydalanish tajribalari diqqat markazida 26-avg, 2015

    2015 yilning 27 va 28 avgust kunlari Buxoro viloyatining Qorako‘l tuman Hokimiyatida yer resurslarini boshqarishda uyg‘unlashgan rejalashtirishning tarkibiy yo‘nalishlari masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

  • Yer resurslarini boshqarishda uyg‘unlashgan rejalashtirishning tarkibiy yo‘nalishlari 19-avg, 2015

    19 va 20 avgust kunlari Zomin tumani hokimligi “Yer resurslarini boshqarishda uyg‘unlashgan rejalashtirishning tarkibiy yo‘nalishlari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv BMTTD, GEF hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” qo‘shma loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan.

  • Sudlar oshkoraligi va ochiqligini takomillashtirish 18-avg, 2015

    2015 yil 18 avgust kuni "E-SUD" elektron sudlov axborot tizimi joriy etilgan sudlarga OAV vakillari ihstirokida press-tur tashkil etildi. Ushbu tizim fuqarolarning sudlarga elektron tarzda murojat eta olishini, ish yuzasidan o'z vaqtida ma'lumotlar olishini, hamda sudlardan sud qarori va boshqa hujjatlarni tez va ochiq tarzda olishini ta'minlaydi. Press-tur O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

  • Fototanlov: “Biz 24 yoshmiz. Biz nimaga erishdirk?” 10-avg, 2015

    BMTTDning O‘zbekistondago vakolatxonasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fototanlov e’lon qildi.

  • Xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka joriy etishning tizimi rivojlantirmoqda 4-avg, 2015

    2015 yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "Qonun va norma ijodkorligi, qonunchilik hujjatlarining ta’sirini baholash tizimini modernizatsiya qilishga ko‘maklashish" loyihasi bilan hamkorlikda “Xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida ekspertlar uchrashuvi tashkil etildi.

  • O'zbekistonning iqlim o'zgarishi masalalari bo'yicha strategiyasi Toshkentda muhokama qilindi 16-iyl, 2015

    2015 yilning 16 iyul kuni, BMTTDning O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O'zbekiston milliy iqtisodiyotini kam uglerodlik rivojlanishga o'tish jarayonida qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha Chegarador Konvensiyasi tomonlarining 21- konferensiyasiga mamlakatni tayyorgarligi masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida o’tgan uchrashuv 3-iyn, 2015

    2015 yil 3 iyunda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig’matilla Yo`ldoshev va O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Doimiy koordinatori, BMT Taraqqiyot Dasturining Doimiy vakili Stefan Prisnerning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

  • Xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini oshirish yo‘lida 2-iyn, 2015

    2015 yilning 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining norma ijodkorligi, nazorat qilish vakolatlari va ochiqligini takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini oshirish sohasida xalq deputatlari oldida turgan masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

  • Yevropa bozorlariga eksport qilish: Texnik xususiyatlar bo‘yicha amaliy trening 26-may, 2015

    Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga meva va sabzavot mahsulotlarini kiritish xususiyatlari bo‘yicha milliy eksportyorlarning salohiyatini va qobiliyatini oshirish maqsadida 2015 yilning 25-26 may kunlarida BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi “O‘zstandart” Agentligi bilan birgalikda “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzovot mahsulotlarini kiritishning texnik xususiyatlari” mavzusida amaliy seminar tashkil etdi.