SubscribeSubscribe
Press-relizlar
  • Xalqaro “Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari” aksiyasi 2015 19-noy, 2015

    2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekistonda har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro “Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari” aksiyasi boshlanadi. Mazkur aksiya doirasida 16 kun davomida mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil qilinadigan bir qator tadbirlarning asosiy maqsadi ayollarning huquqini ilgari surish va himoya qilish masalasiga keng jamoatchilikning e’tiborini jalb etishdan iborat.

  • Tashqi yordamni boshqarish tizimi muhokama qilindi 19-noy, 2015

    19 noyabr kuni Toshkentdagi “Wyndham” mehmonxonasida BMTTDning “O‘zbekistonga tashqi yordam ko‘rsatishning samaradorligini oshirish” loyihasi tomonidan seminar tashkil etilib, unda ishtirok etgan milliy va xalqaro mutaxassislar O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tashqi yordamni boshqarish (AIMS) tizimiga asos solishga muvaffaq bo‘lishdi.

  • O`zbekiston sudyalari Estoniyaning sudlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyarni joriy etish tajribasini o`rganmoqda 15-noy, 2015

    2015 yil, 15-20 noyabr kunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat va Toshkent shahar tumanlararo sudlari sudyalari, hamda Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiya vazirligi vakillari ishtirokida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda Estoniyaning tajribasini o`rganishga qaratilgan o`quv safari bo`lib o`tmoqda. O`quv safari O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi tomonidan Estoniya Elektron hukumat akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

  • Qarshilik o'rniga moslashuv – iqlim o'zgarishiga barqarorlikni oshirishning ishonchli strategiyasi 12-noy, 2015

    Iqlim o'zgarishiga barqarorlikni oshirish - jahon ekologlarining dolzarb va eng muhokama qilayotgan mavzusidir. Mazkur global muammoni hal qilish uchun innovatsion yo'nalishlarni taklif qilishga qodir bo'lgan soha tarmoqlari mutaxassislari, hamda olimlar yechimlarni izlash uchun jalb qilinmoqda. Iqlimning salbiy o'zgarishlari, shubhasiz, Markaziy Osiyo mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlar, ayniqsa O'zbekiston uchun ham jiddiy xavf solmoqda. Uning hududiga kiruvchi Orolbo'yi mintaqasida Orol dengizining tanazzulga uchrashi natijasidagi keskin iqlim o'zgarishi oqibatlari yaqqol namoyon bo'ldi.

  • AKTlarning sudlarda joriy etilishini advokatlar bilan muhokama qilish 21-okt, 2015

    2015 yil, 20-21 oktyabr kunlari, “Poytaxt” Biznes markazida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq advokatlar ishtirokida AKTlar joriy etilishi hamda sudlov tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Seminar O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

  • Neftgaz tarmog'ini bioxilmaxillikni saqlash tamoyillari bo'yicha rivojlantirish 19-okt, 2015

    O'zbekiston cho'llari jahondagi qurg'oqchil cho'l biomlarining saqlab qolingan namunalaridan biri hisoblanadi. Yorqin misol tariqasida, flora va faunaning yo'qolib borayotgan ko'plab turlari mavjud bo'lgan yuqori qimmatli biologik xilmaxilligi bo'lgan Ustyurt yassi tog'ini keltirish mumkin. O'z navbatida, mazkur hududdagi foydali qazilma boyliklarining, shu jumladan, uglevodorodlarning zahiralari, neftgaz tarmog'ini jadal rivojiga yordam beradi va hududni o'zlashtirilishiga sabab bo'ladi. Mazkur mintaqadagi olib borilayotgan keng ko'lamli tadqiqot ishlari, neftgaz konlarini izlash, respublikaning mazkur tarmog'ida mustahkam xom-ashyo bazasini shakllantirish va energetika jihatidan mustaqilligini ta'minlash, o'z navbatda, neftgaz kompaniyalaridan ekologik havfsizlikni ta'minlash, atrof-muhitga bo'lgan ta'sirini minimallashtirish bo'yicha ijtimoiy javobgarlikni ham talab qiladi.

  • Havfsiz hayot uchun bilimlarni oshiramiz 13-okt, 2015

    13 oktabr - Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bag`ishlangan sana. Ko`plab mamlakatlarda shu kuni ofatlar va ularning oqibatlari xavfini kamaytirishning ahami tini ta'kidlashga intilish kabi umumiy g`oyaga birlashgan holda ommaviy tadbirlar o`tkaziladi.

  • Velosipedda «yo‘nalishni aniqlash» yoki ilhom izlash yo‘lida bir necha foydali maslahat 11-okt, 2015

    Dam olish kuni - 11 oktyabrda Toshkentda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Xalqaro avmobillarsiz kunga bag‘ishlangan Velo Kvest 2015 o‘yini bo‘lib o‘tdi. Velo Kvest O‘zR FA O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bog‘i hududida bo‘lib o‘tdi. O‘yinda har biri 4 kishidan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoaga sakkiztadan topshiriq berildi. Topshiriqlar barcha jamoalar uchun bir xil bo‘lib, farqi shunda ediki, har bir jamoa uchun topshiriq turlicha izchillikda boshlanadi. Velo Kvest – bu poyga emas. Muhimi velosipedlarda tezkor harakatlanishda emas, balki topshiriqlarni tezda va to‘g‘ri hal qilish, jamoa a’zolari o‘rtasida vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash bilan bog‘liq edi.

  • O'zbekistonda ishlab chiqarilgan: qadimiy hunarmandchilikning yangi hayoti 28-sen, 2015

    2015 yilning 30 sentabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumani Sayram qishlog'ida qo'lda gilam to'qish studiyasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

  • Qoraqalpog‘iston ko‘ngillilari “Peoples’ Voices Award” tanlovi g‘olibi bo‘lishdi 28-sen, 2015

    Qoraqalpog‘istonning qishloq joylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi faollari BMTning “ Orol dеngizi inqirozi natijasida zarar ko‘rgan aholining turmush sharoitini ta’minlash” Qo‘shma dasturi bilan birgalikda “Peoples’ Voices Award” tanlovining “Ko‘ngillilik harakati orqali BMTning Ming yillik taraqqiyot maqsadlariga erishishga qo‘shgan hissasi uchun” kategoriyasida g‘olib deb e’lon qilindi.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab