SubscribeSubscribe

Press-relizlar

  • BMTTD mintaqaviy direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi 28-apr, 2016

    25-28 aprel kunlari BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktorining o‘rinbosari janob Olivye Adam O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurib, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zining milliy hamkorlari bilan birgalikda erishga yutuqlari bilan tanishish hamda mamlakatda o‘rnatilgan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur tashrif ayni 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan YuNDAF dasturi endi ishga tushganida, BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini O‘zbekiston ehtiyojlariga moslashtirish jarayoni endi boshlanganida amalga oshgani e’tiborga molikdir.

  • Qonun ijrosining samaradorligini oshirish sohasida milliy va xorijiy tajriba 15-apr, 2016

    Toshkentdagi Xalqaro biznes-markazda “Qonun ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

  • Milliy ekspertlar qonun va norma ijodkorligini takomillashtirishda Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganmoqda 8-apr, 2016

    BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Qonun va huquq ijodkorligini takomillashtirish sohasida Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  • BMTTDning 50-yilligi: uzoq muddatli hamkorlikni nishonlovchi futbol matchi 12-mar, 2016

    2016 yilning 12 mart kuni Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik matchi bo‘lib o‘tdi. Mazkur match BMTTDning 50-yilligi va uning O‘zbekistondagi hamkorlari bilan birgalikda 20 yildan ziyod vaqt davomida olib borayotgan faoliyatiga bag‘ishlangan bayramona tadbirning davomidir.

  • Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga xalqaro delegatsiya tashrif buyurdi 23-fev, 2016

    2016 yil 22 fevral kuni, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Jorj Deykun va BMT Tdning O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi o`rinbosari Fayzulla Abduazimov qabul qildi. Tashrif chog`ida mehmonlar E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimining ishlash jarayoni, ya`ni arizalarni qabul qilish va ro`xatdan o`tqazish, sud raisi tomonidan ko`rib chiqilib ma`sul sudyani tayinlash, hamda sud buyrug`ini chiqarish kabi bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi.

  • Xo'jalik sudlarida ish yuritish: sud samaradorligini va oshkoraligini qanday oshirish mumkin? 22-yan, 2016

    2016 yil, 22 yanvar kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudida sohaga tegishli qonunchilikdagi ohirgi o`zgarishlar, shuningdek, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, jumladan, aud majlisini audio-video qayd etish tizimining tajribadan o`tkazilishi kabi yangiliklarni keng ommaga taqdim etish maqsadida matbuot anjumani o`tkazildi. Mazkur sud majlisini audio-video qayd etish tizimi Oliy xo`jalik sudi, hamda Toshkent shahar va viloyat xo`jalik sudlarida pilot shaklida O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) "O'zbekistonda qonunustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi ko`magida 2015 yilda o`rnatildi. Mazkur loyiha BMTTD tomonidan O`zbekistonda samarali boshqaruvga ko`maklashish tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

  • Sud-huquq sohasidagi hamkorlikning bir yillik natijalari muhokama qilindi 17-dek, 2015

    2015 yil 17 dekarb kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik" loyihasining 2015 yildagi faoliyati natijalarini muhokama qilish uchun idoralararo ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Loyiha O'zbekiston Respublikasi Oily sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda.

  • O‘zbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirish istiqbollari 17-dek, 2015

    O'zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida elektron hukumatni va AKTni rivojlantirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Shu bilan birga xalqaro amaliyot ko'rsatishicha, bu tashabbuslarning muvaffaqiyati fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xizmatlarini ko'rsatishda ma’muriy idoralarning ichki jarayonlarining (“back office”) samaradorligiga bog'liq.

  • E-hukumatini targ’ib qilish loyihasining natijalari va yangi maqsadlari 15-dek, 2015

    15 dekabr, 2015 yil, Toshkent sh. BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O’zbekiston Respubliksining axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirligining (ATAV) “Davlat xizmatlari sifatini oshirish uchun e-hukumatini rivojlantirish” qo’shma loyihasi Boshqaruv Qo’mitasi a’zolarining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Loyihaning 2015 yildagi natijalari va kelgusi davr vazifalari bilan tanishish yig’ilishning asosiy maqsadi bo’ldi.

  • Xalqaro “Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari” aksiyasi 2015 19-noy, 2015

    2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekistonda har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro “Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari” aksiyasi boshlanadi. Mazkur aksiya doirasida 16 kun davomida mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil qilinadigan bir qator tadbirlarning asosiy maqsadi ayollarning huquqini ilgari surish va himoya qilish masalasiga keng jamoatchilikning e’tiborini jalb etishdan iborat.