SubscribeSubscribe

Press-relizlar

  • Nоgirоnlаrni оqilоnа ishgа jоylаshtirish vа kаsbiy rеаbilitаtsiyaning dоlzаrb muаmmоlаri 17-iyn, 2016

    Tоshkеnt shаhrining “Pоytахt” biznеs mаrkаzidа “Nоgirоnlаrni оqilоnа ishgа jоylаshtirish vа kаsbiy rеаbilitаtsiyaning dоlzаrb muаmmоlаri” mаvzusigа bаg’ishlаb nаvbаtdаgi o’quv-uslubiy sеminаr o’tkаzildi. Sеminаr yig’ilishi Rеspublikа Tibbiy-ijtimоiy ekspеrtizа inspеksiyasi tоmоnidаn BMTning tаrаqqiyot dаsturi ko’mаgidа tаshkil etildi.

  • O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan sud-huquq tizimiga AKT larning joriy etilishi mavzuiga bag`ishlangan press-konferentsiya uyushtirildi 10-iyn, 2016

    Milliy matbuot markazida “Sud-huquq tizimiga axborot kommunkatsiya texnologiyalarning joriy etilishi – ishlarni ko`rishning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi” mavzuiga bag`ishlangan press-konferentsiya bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir O`zbekiston respublikasi Oliy sudi tomonidan, Oliy sud, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi ishtirokida uyushtirildi. Tadbirda jurnalistlar va bosma, tele- va radio OAV vakillari ihstirok etishdi. Jurnalislar savollariga Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov kollegiyasi raisi Holmumin Yodgorov javob berdi.

  • “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi” Qonunning yangi tahriri loyihasi muhokama qilindi 7-iyn, 2016

    Toshkentning “Poytaxt” biznes markazida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi” Qonunning yangi tahriri loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.

  • Jurnalistlar uchun seminar-trening: “Ochiq ma’lumotlardan qanday foydalanish kerak?” 7-iyn, 2016

    “Poytaxt” biznes markazida Toshkent viloyati hokimiyati hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “magalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyihasi hamkorligida “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi ochiq ma’lumotlar bo’limi va ochiq ma’lumotlar portalidan foydalanish” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

  • Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudida E-SUD elektron sudlov tizimi kengaytirilishi muhokama qilindi 17-may, 2016

    Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudiga AQSh Davlat departamentining Evropa va Evroaziya mintaqasiga tashqi ko`magi bo`yicha bo`limining katta maslahatchisi janob Richard Stoddard, Byudjet va rejalashtirish bo`yicha direktori Djon Uilkoks hamda BMT TDning O'zbekistondagi doimiy vakili o`rinbosari janob Farid Karahanov tarkibidagi rasmiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov ha`yati raisi Holmumin Yodgorov qabul qildi.

  • BMT Taraqqiyot Dasturi Evropa va MDH mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy byurosi rahbari o`rinbosari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga tashrif buyurdi 1-may, 2016

    O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan qo`shma loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga BMTTD Evropa va MDH mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy idorasi rahbarining o`rinbosari janob Olivier Adam hamda BMT Tdning O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov ha`yati raisi Holmumin Yodgorov qabul qildi.

  • O‘zbekistonlik fermerlar olmazorlar yaratishning zamonaviy usullarini o‘rganadilar 29-apr, 2016

    O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikdagi loyihasi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)” ning inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi doirasida zamonaviy intensiv olmazor bog‘lar yaratish bo‘yicha mahalliy o‘ziga xosliklar inobatga olinib tuzilgan amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi. Shuningdek, bu mavzuda o‘zbekistonlik fermerlar uchun treninglar tashkil etish mo‘ljallangan.

  • BMTTD mintaqaviy direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi 28-apr, 2016

    25-28 aprel kunlari BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktorining o‘rinbosari janob Olivye Adam O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurib, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zining milliy hamkorlari bilan birgalikda erishga yutuqlari bilan tanishish hamda mamlakatda o‘rnatilgan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur tashrif ayni 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan YuNDAF dasturi endi ishga tushganida, BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini O‘zbekiston ehtiyojlariga moslashtirish jarayoni endi boshlanganida amalga oshgani e’tiborga molikdir.

  • Qonun ijrosining samaradorligini oshirish sohasida milliy va xorijiy tajriba 15-apr, 2016

    Toshkentdagi Xalqaro biznes-markazda “Qonun ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

  • Milliy ekspertlar qonun va norma ijodkorligini takomillashtirishda Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganmoqda 8-apr, 2016

    BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Qonun va huquq ijodkorligini takomillashtirish sohasida Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.