SubscribeSubscribe

Press-relizlar

  • Davlat Boshqaruvi Akademiyasi va BMTTD “O’zbekistonda davlat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarni tayyorlashga ko’maklashish” nomli loyiha boshlash arafasida 6-okt, 2016

    2016 yil 6 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi (DBA) va O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakillari o’rtasida yangi “O’zbekistonda davlat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarni tayyorlashga ko’maklashish” qo`shma loyihasini baholash va tasdiqlash yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi. Ushbu loyiha davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan.

  • Bioxilma-xillikni asrash yo‘lidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi 5-okt, 2016

    Biologik xilma-xillik deganda tabiatda mavjud bo‘lgan turlar va bir turga mansub bo‘lgan tirik jonzodlar, o‘simliklar va ekotizimlarning ko‘pligi va xilma-xilligi nazarda tutiladi. Hozirgi kunda bioxilma-xillikka hayvon va o‘simlik dunyosida mavjud bo‘lgan tabiiy yashash joylarning tanazzulga uchrashi, tabiiy resurslarning xaddan tashqari tasarruf etilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi kabi hodisalar tahdid solmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rtasida noyob biologik xilma-xillikka boy bo‘lgan O‘zbekistnda tabiiy resurslardan oqilona, tejamkorona foydalanish borasida ko‘p yi’lik samarali hamkorlik amalga oshirilib kelmoqda. Yaqinda imzolangan ikki tomonlama memorandum ushbu hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarib, biologik xilma-xillikni asrash masalalariga alohida urg‘u beradi.

  • An’anaviy usullardan intensiv bog‘dorchilikkacha 5-okt, 2016

    Joriy yilning oktyabr oyida Savdo-sanoat palatasi tomonidan BMTTD bilan hamkorlikdagi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” qo‘shma loyihasi ko‘magida respublikaning olti viloyatida amaliy seminarlar turkumini o‘tkazadi. Qariyb 600 nafar fermerlar olma bog‘lariga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalariga oid bilimlarini oshirish, shuningdek, bog‘dorchilik samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  • BMT Taraqqiyot Dasturi ICTWEEK Uzbekistan 2016 hamkori 16-sen, 2016

    19-23-sentabr kunlari O’zbekistonda ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikatsion texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtadi. AKT haftaligini har yili oʻtkazishdan maqsad – AKT rivojnalishida erishilgan yutuqlarni muhokama etish, AKTni turmushning turli jabhalarida joriy etilishi natijalari afzalliklarining aniq namunalarini namoyish etish, hamda axborot-kommunikatsion sohasini rivojlantirish mayllarini, shuningdek, Oʻzbekistonda AKT rivojlanishini ragʻbatlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini belgilab olishdir.

  • Ozon va iqlim: jahon hamjihatligida tiklanadi 16-sen, 2016

    16 sentabr – jahon hamjamiyatini barchasi Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni nishonlaydigan sana. 1994 yilda imzolangan BMT Rezolyutsiyasi ozon qatlamini siyraklashishining salbiy asoratlarini oldini olish masalalaridagi eng samarali vosita bo'lmish Monreal bayonnomasi qabul qilinganligining yodnomasi sifatida shakllangan an'ana zamiridan o'rin oldi. “Biz oxirgi marotaba Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kunini nishonlaganimizdan keyin olam o'zgardi. Endilikda bizda adolatli inklyuziv o'sish va odamlar hamda sayyoramiz farovonligini yaxshilashga ko'mak beruvchi 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibimiz bor”, - deyiladi BMT Bosh kotibining bayram sanasi munosabati bilan yo'llagan maktubida. Xalqaro ko'lamdagi da'vat mahalliy darajadagi harakatlarni nazarda tutadi, ularning maqsad va vazifalari 2016 yildagi tadbirlar: “Monreal bayonnomasi doirasida global isishni keltirib chiqaruvchi GFU chiqindilari miqdorini kamaytirish’ shiorida aks etgan. O'zbekistonning markaziy va mahalliy OAV vakillari 13-14 sentabr kunlari Ozon qatlamini tiklash yo'nalishlari bo'ylab safarda bo'lishdi va Farg'ona vodiysining qator korxonalari misolida bayon qilingan tashabbuslarni amalda bajarilishini o'rgandilar. - Bizning korxona sovutish uskunalari va havoni mo'tadillashtirish tizimlarini ta'mirlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi. Biz, shuningdek, sovutgichlarni ishlab chiqaramiz. O'zbekistondagi BMTTDning moliyaviy madadi tufayli shu kunlarda biz ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi, ishimizda, ya'ni, sovutgichlar va konditsionerlarni ta'mirlashda foydalanadigan sovutish agentlarini chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy uskunani oldik. Bu ozonni yemiruvchi freonlarni atmosferaga nazoratsiz chiqarilishiga yo'l qo'ymaslik, vaqt va mablag'ni tejash imkoni berdi, - Alisher Yodgorov, “Albatros Servis” oilaviy korxona direktori. Mutaxassislarni sa'y-harakati tufayli O'zbekistonda ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish bo'yicha jiddiy natijalarga erishildi. Hozirgi vaqtda ozonni yemiruvchi moddalarning umumiy iste'moli 1967,2 tonnadan 9,86 tonnagacha (ozonni yemirish xususiyatlari inobatga olingan holda) pasaytirildi yoki GXFU uchun asosiy yil bo'lgan 1989 yilga nisbatan 99,5 foizga. - Bugungi kunda Farg'ona viloyatining 13ta davlat va xususiy korxonalari iqlim uskunalarini o'rnatish, ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus uskunalarning to'liq majmuasini oldi. Bu, shuningdek, ozonni yemiruvchi moddalarni qo'llash ko'lamini sezilarli darajada kamaytirish, ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi gazlarni ozon uchun xavfsizlariga almashtirish jarayonini yengillashtirish imkonini berishi kutilmoqda. Anketalashtirish va ma'lumotlarni o'rganish natijalariga ko'ra, butun respublikadagi havoni mo'tadillashtirish va tozalash, sovutish tizimlariga xizmat ko'rsatadigan 100ta korxona tanlab olindi. Ularning har biri kerakli uskuna bilan ta'minlanadi. Boz ustiga, BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining qo'shma faoliyati doirasida sovutish agentlarini retsirkulyatsiya va qayta ishlatish bo'yicha beshta Markaz tashkil etilgan, ularning ikkitasi Andijon va Farg'ona shaharlarida joylashgan, - deya qayd etdi Farg'ona viloyati tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi mutaxassisi Bahodir Jo'rayev. Erishilgan natijalarga qaramasdan, ish davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sovutish uskunalari va havoni tozalash tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish amaliyotlari takomillashtirilmoqda. Mamlakat ichida zarur ko'nikmalarga ega bo'lgan malakali, sertifikat olgan mutaxassislarni tayyorlash uchun baza yaratilmoqda. - O'tgan yili men va respublikamizning yana to'rt nafar boshqa vakillari Italiyaning Kastello Monferatto shahridagi Galileo xalqaro markazida tahsil oldik, u yerda sovutish va iqlim texnikasiga xizmat ko'rsatish huquqini beruvchi “A”kategoriyasidagi Yevropa sertifikatlarini oldik. Uyga qaytgach, biz Sirdaryoda sovutgichlar bilan ishlovchilar uchun qator mashg'ulotlarni o'tkazdik. Shuningdek, biz yangi iqlim uskunalarini tanlash, o'rnatish va ishlatish bo'yicha Andijondagi qator korxonalar uchun konsultatsiyalar berib turibmiz, - dedi jurnalistlar bilan suhbatda Anvar Ashurov, XK “Xladomontaj” direktori. O'zbekistondagi BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining Yerning ozon qatlamini yaxlitligini saqlash masalasidagi birgalikdagi faoliyati 15 sentabr kuni vazirliklar, idoralar, hamda mahalliy OAV vakillari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida mutaxassislarning taqdimotlari tarzida namoyish etildi. Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni bayrami munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlarning piravordida “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun shodu-hurramlik dasturi taqdim etildi. 16 sentabr kuni “Tashkent-Land” bog'ida bolalarga o'yinlar shaklida Quyoshning ultrabinafsha nurlarini zarari, ozon qatlamining himoya vazifalari, hamda har birimiz global ahamiyatga ega bo'lgan ishga o'zimizning kichkinagina hissamizni qo'shishimiz mumkinligi haqida so'zlab berildi. Tanlovlar, kvestlar va topishmoqlar olingan bilimlarni mustahamlashga yordam berdi. Shu kunlarda o'tkazilgan tadbirlar majmuasi davlat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, tadbirkorlar va jamoatchilikni ozon qatlamining ahamiyati, uni atrof-muhit va aholi salomatligi uchun saqlash, ozon qatlamiga aniq tahdid soluvchi va iqlimni o'zgarishiga olib keluvchi faoliyatni oldini olish sohasida global va milliy darajada erishilgan natijalar haqida xabardorligini oshirish tomon qo'yilgan yana bir qadam bo'ldi.

  • “Startap tashabbuslari” dasturi 33 ta startap loyihalarini ishga tushirishda yordam beradi 8-avg, 2016

    33 ta jamoa maxsus tanlovning uchta bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, endilikda 8 avgust kunidan boshlanadigan yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uch oylik dasturda ishtirok etishi kutilmoqda.

  • Yashil iqlim jamg‘armasining moliyaviy yordamini olish yo‘lida O‘zbekistonda yana bir muhim qadam qo‘yildi 21-iyl, 2016

    Butun Markaziy Osiyo hududi va jumladan O‘zbekiston hududi bo‘yicha iqlimning isishi kuzatilmoqda. Qurg‘oqlik indeksiga ko‘ra (BMTning Atrof-muhit dasturi doirasida baholanishicha) O‘zbekistonning aksariyat qismi qurg‘oqchil deb ta’riflanishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda yerlarning tanazzulga uchrashi va qumlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘lib, bu yerlar qurg‘oqlik zonasi deb ham hisoblanadi. O‘rtacha yillik haroratlar har 10 yildan keyin 0,29 0C ga ko‘tarilib, iqlim o‘zgarishi oqibatida mamlakat aholisi va hududlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq aziyat chekishi mumkin, chunki O‘zbekistondagi iqlim isishining sur’atlari butun dunyo ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda ikki barobar yuqoridir.

  • Estoniyalik elektron hukumat bo‘yicha ekspertning O‘zbekistonga tashrifi 18-iyl, 2016

    Estoniyalik elektron hukumat bo‘yicha ekspert Villem Alango «O‘zbekistonda nogiron shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish» loyihasi doirasida 2 haftalik missiya bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uning tashrifi ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, davlat mulk kadastri sohasida, shuningdek boshqa sohalarda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Estoniya tajribasini o‘rganish, turli davlat va nodavlat organlari o‘rtasida axborot almashish uchun muhim imkoniyatlarni taqdim etdi.

  • Markaziy Osiyoda qurutilgan meva va yong‘oqlarni sifatini yaxshilash va yetishtirishni barqarorligini ta’minlash yo‘lida 13-iyl, 2016

    11-13 iyul kunlari Toshkentda o‘z yo‘nalishida ilk bor halqaro mutaxassislar, BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, BMTTD, GIZ vakillari hamda hududiy jamoatchilik va hususiy sektor vakillari ishtirokida “Qurutilgan meva va yong‘oqlarni halqaro agrooziq-ovqat savdo tizimini takomillashtitish” mavzusida uch kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari iste’moldagi oziq-ovqatlarning sifatini oshirish va ularning xafsizligi, Markaziy Osiyoda agro oziq-ovqatlarning savdosining barqarorligi yuzasidan fikr-mulohazalari bilan almashishdi.

  • “Yosh qutqaruvchilar” – doimo tayyor! 1-iyl, 2016

    Buxoro shahrida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 112 nafar yigit va qizlar aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo'yicha o'z bilimlarini, shifokor kelguncha birinchi yordam ko'rsatish ko'nikmalarini, turli uskuna-anjomlardan foydalanish va qisqa muddatda to'g'ri qaror qabul qila olish mahoratini namoyish qildilar.