SubscribeSubscribe
Press-relizlar
  • Yer resurslaridan samarali foydalanish aholining ishtirokini talab qiladi 21-apr, 2017

    Iqlim o‘zgarishi sharoitida yer resurslarini barqaror boshqarish masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy seminarida bu haqida gapirildi. Ushbu tadbir jahon hamjamiyati tomonidan har yili 22 aprelda nishonlanadigan Umumjahon Yer kuni bayramiga bag‘ishlandi.

  • Ochiqlik boʻyicha milliy reyting Oʻzbekistondagi eng samarali davlat organlarini aniqladi 19-apr, 2017

    Oʻzbekistonda 47 nafar davlat idoralarining ochiqlik boʻyicha reytingi e’lon qilindi. Unda davlat hokimiyati va boshqaruvining organlari faoliyati fuqarolik jamiyati nuqtai nazaridan qanchalik ochiq va shaffofligi baholandi. Ochiqlik indeksini hisoblash metodikasi va davlat organlari ochiqligini ta’minlash reglamenti BMTTD hamda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining elektron hukumatni rivoshlantirish boʻyicha qoʻshma loyihasi koʻmagidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Jamoatchilik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan.

  • Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatini takomillashtirish va optimallashtirish yo‘lida 18-apr, 2017

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish - sud-huquq islohotlarining ustuvor yo‘nalishi” mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy sud, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil qilindi.

  • Orolbo'yi rivoji – hamkorlikning ustuvor yo'nalishi 14-apr, 2017

    13-14-aprel kunlari Oʿzbekistonda akkreditatsiyadan oʿtgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz vazirliklari, idoralari, milliy va hududiy OAV vakillari BMTning Qoʿshma dasturi “Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʿyicha koʿpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʿrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” tashabbusi bilan Qoraqalpogʿiston Respublikasiga tanishuv safarida ishtirok etishdi. Asosiy maqsad - BMT Qoʿshma dasturining birinchi bosqichida erishilgan natijalar bilan tanishish, qatnashchilarga donorlarning keng ishtiroki orqali tuzilishi taklif qilinayotgan koʿpsheriklik fondining hamda Orolboʿyi mintaqasi rivojiga qaratilgan sayi xarakatlarni birlashtirishning ahamiyati haqida ma’lumot berishdir.

  • O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘rta muddatli byudjet bo‘yicha Chexiya tajribasini o‘rganishdi 7-apr, 2017

    2017 yilning 3-7 aprel kunlari BMTTD “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-qu vvatlash” loyihasi (2-faza) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyati hokimiyati, moliya va iqtisodiyot boshqarmalari rahbar va yetakchi mutaxassislari uchun Chexiya Respublikasiga o‘quv safari tashkil qilindi.

  • O‘zbekistonlik mutaxassislar tabiiy sovitish agentlarini qo‘llash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar 31-mar, 2017

    Sovitish texnikasi sohasida ishlaydigan O‘zbekistonlik mutaxassislar 2017 yil 27- 31 mart kunlari Rottenburg-Nekkar shahrida (Germaniya) tashkil qilingan xalqaro treningda ishtirok etdi.

  • O‘zbekistonda Butunjahon suv kuni nishonlandi 23-mar, 2017

    BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasidagi «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi tomonidan 2017 yilning 16-22 martiga qadar Butunjahon suv kunigan bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

  • BMTTD O’zbekistonda Buyuk Britaniyaning davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi ilg’or tajribasini o’rganishga ko’maklashmoqda 16-mar, 2017

    “Poytaxt” biznes-markazida davlat xizmatlarini Buyuk Britaniya tajribasi misolida takomillashtirish boʻyicha trening boʻlib oʻtmoqda, unda 30 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, vazirlik va idoralarning, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekistondagi BMT taraqqiyot Dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi va Osiyo taraqqiyoti banki vakillari ishtirok etmoqdalar.

  • BMT Qoraqalpogʻistonda xotin-qizlar tadbirkorligi rivojiga koʻmak bermoqda 7-mar, 2017

    Qoraqalpogʻistoning uchta tumanida yashovchi 150 nafardan ortiq ayollari xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha seminar-treninglarda ishtirok etadilar.

  • Qonun ustuvorligi sohasida keyingi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 28-fev, 2017

    2017 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Oliy sud raisi Shayunus Gaziev hamda BMT Rezident kordinatori, BMT Taraqqiyot dasutirinig (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab