Qoraqalpogʻistonning beshta tumanida “Fermerning ochiq muloqot kuni” boʻlib oʻtdi

27-May, 2019

BMT Taraqqiyot Dasturi Oʻzbekistonning, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qurgʻoqchilik taʼsiriga duchor boʻlgan hududlarida iqlim oʻzgarishiga bardoshli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va chorvachilik fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda mamlakatga koʻmak berib kelmoqda.

Moslashuv fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va Gidrometeorologiya xizmati markazi (Oʻzgidromarkaz) tomonidan Qoraqalpogʻistonning Chimboy, Qanlikoʻl, Kegeyli, Tahtakoʻpir va Moʻynoq tumanlarida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini iqlimga bardoshligini taʼminlash” qoʻshma loyiha doirasida 2019 yilning 13-17 may kunlari “Fermerning ochiq muloqot kuni” oʻtkazildi.

Ushbu tashabbus qarorlar qabul qiladigan shaxslar, hokimiyatlar, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillari, fermerlar va dehqonlar oʻrtasida iqlimga bardosh qishloq xoʻjaligini olib borishning dolzarb masalalarini muhokama qilish va ochiq muloqot uchun maydonlarni yaratishni ham qamrab olgan. Tadbirlar dasturida “Iqlim oʻzgarishi va landshaft darajasidagi moslashuv chora-tadbirlari” mavzusida amaliy dala seminarlarini oʻtkazish nazarda tutilgan edi. Ularda ishtirok etish uchun mahalliy hokimiyat organlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillari, kooperativlar aʼzolari taklif etilgan.

Joriy yil davomida BMTTD tomonidan tumanimizga 2ta lazer bilan yer tekislash uskunasi, tuproqqa asosiy ishlov bermasdan, nol usulida ekish texnikasi hamda traktor olib kelindi. Tumanimizdagi “Mulk” QFYda “Mulk jaylau” kooperativi hududida taqdim etilgan uskuna va texnologiyalardan natijali foydalanish usullari boʻyicha amaliy seminar oʻtkazilyapti. Yaqin orada bu texnologiyalarni tumanimizdagi barcha fermer xoʻjaliklariga tadbiq etish ham rejalashtirilgan. Umuman aytganda, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish, ozuqa bazasini yaxshilash va yerlardan natijali foydalanish maqsadida tumanimizda 3ta kooperativ tashkil etilgan, - deydi Tahtakoʻpir tumani hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Quvvatboy Darboyev.

Amaliy seminarlar 7ta shoʻbaga boʻlingan, ularda ishtirokchilar iqlimga bardoshli qishloq xoʻjaligini, shu jumladan, yerdan, resurslarni tejash va dalani lazer orqali tekislashga tuproqni tayyorlashdan tortib to tomchilatib sugʻorishni qoʻllash tafsilotlarigacha boʻlgan iqlimga bardoshli agro-texnologiyalardan ratsional foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini qoʻllash amaliyoti boʻyicha fikr va tajriba almashish imkoniga ega boʻldilar. Tashkilotchilar oʻsimliklarni yetishtirish va himoyalash, yaylovlar unumdorligini oshirishning innovatsion usullarini namoyish qildilar. Alohida shoʻʼba yaylovlarni tiklash va tayanch koʻchatxonalarni yaratish boʻyicha tadbirlarga bagʻishlandi. Undan tashqari, oʻsimliklarni qurgʻoqchilik sharoitlariga bardoshligini taʼminlash uchun biofaol moddalarni (gumatlar) qoʻllash tajribasi namoyish etildi.

Qoraqalpogʻistonda, loyihani amalga oshirish doirasida, landshaft darajasida iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha chora-tadbirlar sifatida kooperativ hamjamiyatlar tashkil etish yordamida ilk marotaba yaylovlarni tiklash amaliyoti sinovdan oʻtkazildi. 2018 yildan beri beshta namuna tumanida 10ta yaylov kooperativi tashkil etildi. Boshqaruvning kooperativ usullari amal qiladigan yaylov hamjamiyatlarida 47 830 nafar chorvachilik xoʻjaliklari vakillarini birlashtirdi. Kooperativlarga 33280 gektardan iborat yaylov yerlari 30 yillik muddatga foydalanish uchun ajratilib berildi.

Boʻlib oʻtgan beshta seminar natijasida 500 nafardan ortiq fermerlar, dehqonlar, uy xoʻjaliklari va namuna tumanlarining yaylov kooperativlari vakillari agro suv tejamkor texnologiyalar qoʻllash sohasidagi oʻz koʻnikmalarini takomillashtirish, Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlaridagi qurgʻoqchil iqlim sharoitlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zarur darajasini qoʻllab-quvvatlash borasidagi bilimlarini oshirish imkoniga ega boʻldilar.