Koka-Kola jamgʻarmasi Orol dengizi boʻyicha BMTning Qoʻshma dasturi doirasida Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir tumanida suv ta’minotini takomillashtirish boʻyicha loyihaga 100 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritmoqda

un_uzb_img_Coca_Cola_Foundation

Ehtiyoj

BMTning ma’lumotlariga koʻra, bugungi kunda jahon aholisining 40 foizdan koʻprogʻi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda, sayyoramizda istiqomat qiluvchilarning 884 million nafari toza suv ta’minotidan mahrum va daryo havzalari hududida yashovchi 1,7 milliarddan koʻproq odamlar qoʻshimcha chuchuk suv manbalariga ehtiyoj sezmoqdalar.

Orol dengizini qurishi natijasida Qoraqalpogʻistonda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar vujudga kelgan. Natijada mahalliy aholining faqatgina 50,8 foizi suv ta’minotining markazlashgan tizimi xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega. Uzoq tumanlarda istiqomat qiluvchilar esa joylarda oʻrnatilgan suv manbalari orqali, hamda chuqurligi 400-500 metr boʻlgan artezian quduqlaridan olinadigan suvni iste’mol qilishmoqda. Hozirgi vaqtda Taxtakoʻpir tumanining hududida maktab, bolalar bogʻchasi va boshqa ijtimoiy muassasalar joylashgan “Ata-koʻl” qishloq fuqarolar yigʻining “Makpal-koʻl” ovulida ichimlik suvini faqatgina qoʻl nasoslari yordamida yoki qishloq fuqarolar yigʻiniga olib kelinadigan sisternalardan olish imkoni mavjud. Bu esa salomatlik va sanitariya borasida muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Koka-Kola jamgʻarmasi hamda Global suv resurslari muammolari boʻyicha tashkiloti (Global Water Challenge - GWC) hamkorligi natijasida amalga oshirilayotgan Yangi Olam Dasturining (New World Program - NWP) moliyaviy koʻmagida ish boshlaydigan “Orolboʻyidagi qishloq hududlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash” nomli yangi loyiha 2018 yilning oxirigacha suvni taqsimlash stansiyasini tiklash boʻyicha qator tadbirlarni oʻtkazishni nazarda tutadi. Stansiyada ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach va yangi zamonaviy uskuna oʻrnatilgach 1 948 nafar odam oʻz ehtiyojlari uchun toza artezian suvidan foydalanish imkoniga ega boʻladilar. 2006 yilda tashkil etilgan GWC, toza ichimlik suvi va sanitariya ta’minoti yoʻlida fuqarolik jamiyati va xususiy sektor tashkilotlarini birlashtiruvchi yetakchi 501(c)3 turidagi[1] mustaqil tashkilotidir. Global suv resurslari muammolari boʻyicha tashkiloti Koka-Kola tizimi bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlariga ega.

Mahalliy aholini jalb qilgan holda hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish orqali barcha ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkonini yaratishda koʻmak berish hududda amalga oshirilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qoʻshma dasturining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.  Bundan kelib chiqqan holda, BMT Taraqqiyot dasturi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi hamda Taxtakoʻpir tumani hokimiyati ishtirokida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha NWP tashkiloti tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi.

Yangi Olam Dasturi (New World Program - NWP) nima?

“Yangi dunyo: Insonning barqaror inklyuziv rivoji tashabbuslari” dasturi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ni qoʻllab-quvvatlash orqali barqaror jamoalarni qurishga qaratilgan yetakchi dastur hisoblanadi. U 2014 yildan buyon BMT Taraqqiyot Dasturining Koka-Kola jamgʻarmasi bilan hamkorlik mexanizmi sifatida fuqarolik jamiyati tashkilotlari (nodavlat, jamoat tashkilotlari)ni innovatsion, oʻzida bir qator masalalarni qamrab oluvchi hamda BMTning BRM sari suv va sanitariya muammolarini bartaraf etish, yoshlar va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga barqaror yechimlarni topish maqsadida jalb etish uchun faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Bugungi kunda dastur tashabbuslarini bajarishni boshqarish va nazorat qilish ishlari bilan turli sektorlardagi fuqarolik jamiyatlari, hukumat va xususiy tashkilotlarni birlashtiruvchi Suv resurslari Global muammolari boʻyicha tashkilot shugʻullanadi.

Inson  xavfsizligi konsepsiyasini amalda qoʻllash

Inson xavfsizligi boʻyicha BMTning maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning Qoʻshma dasturi tajribasiga koʻra, inson xavfsizligi konsepsiyasini amalda qoʻllash yondashuvi Orolboʻyi mintaqasi aholisi duch muammolarga  kompleks yechimlar topish imkonini beradi. Uning har tomonlama rivojlantirish, inson manfaatlariga qaratilgan,  oʻziga xoslik va inkluzivlik tamoyillari Orol inqirozi asoratlarining salbiy ta’siriga duchor boʻlgan har bir shaxsni va umuman jamiyatni qoʻllab-quvvatlovchi tadbirlarni samarali rejalashtirish va amalga oshirish uchun qo’l kelishi mumkin. Bunday yondashuv koʻp tarmoqli (ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, sogʻliqni saqlash va boshqalar) boʻlib, mazkur sohalar oʻrtasida aloqani oʻrnatish va shu murakkab va ularda mavjud boʻlgan oʻzaro bogʻliq muammolarni hal qilish uchun moʻljallangan.

Yangi loyiha doirasida  stansiyani toʻla qonli ishini ta’minlash va suv ta’minotini tizimini ishlatishni amalga oshirish uchun Tashabbus guruhi tashkil etiladi. Mahalliy aholi va tuman ma’muriyati ishtirokida oʻquv maskanlari va tibbiyot muassasalarida sanitariya masalalari va gigiyena qoidalari masalalari boʻyicha turkum treninglar va seminarlar tashkil etiladi. Mazkur loyihani joriy qilish tajribasi boshqa aholi turar joy maskanlari uchun ham foydali boʻlishi, ekologik va iqtisodiy havfsizlikni ta’minlashda, hamda Orolboʻyi mintaqasida inson salomatligi xavfsizligini ta’minlashga o’z hissasini qo’shishi kutilmoqda.

 

 

[1] AQSh Soliq kodeksining 501 (c) (3) moddasi boʻyicha soliqqa tortishdan ozod qilingan notijorat tashkilotlari