2017 yilda E-SUD tizimi orqali 450 mingga yaqin arizalar yuborildi

E-SUD_eng-001

2017 yil davomida O‘zbekiston Respublikaning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali 442435 ta ariza va da’vo arizalar kelib tushgan bo‘lib, bu barcha ko‘rilgan ishlarning 40 foizini tashkil qiladi.

E’tiborlisi, elektron sudlov tizimining joriy etilishi natijasida bevosita sud binosiga tashriflar soni o‘rtacha 6-7 tadan 2-3 tagacha qisqardi, bu esa tomonlarga o‘z xarajatlarini 10 foizga kamaytirish imkonini berdi.

Bundan tashqari, E-SUD tizimi yordamida O‘zbekistonning eng chekka hududlaridagi 3000 nafar ayollar sudlarda voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish masalasini o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda mazkur toifada fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning 10 foizini tashkil qiladi.

Aytish joizki, E-SUD axborot tizimi 2013-yilda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida joriy etilgan. Bugungi kunga kelib tizim mamlakatimizdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha barcha 75 ta sudlarda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab