Ochiq ma’lumotlar innovatsiyalarni rag‘batlantirish mumkinmi?

Wed Dec 20 00:00:00 EST 2017

2017 yil dekabr oyida Toshkentda Inxa Universitetida Open Data Challenge 2017 ochiq ma’lumotlari asosida vizuallashtirish bo‘yicha ilovalar, servis va echimlar ishlab chiqish yuzasidan har yilgi konkurs bo‘lib o‘tdi.

Bu yili 236 ishtirokchi maqsadi O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar g‘oyalarini ommalashtirish va O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bilim sohasiga keng jamoatchilik hamda ishlab chiqaruvchilar diqqatini jalb qilish qilish bo‘lgan Xakatonning bir bo‘lagi bo‘ldilar.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida va Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) dagi ommabop ochiq ma’lumotlar, shuningdek, xususiy sektorlarda taqdim etilgan ma’lumotlar  asosida hammaga tushunarli bo‘ladigan ijtimoiy ahamiyatga ega yoki innovatsion ilovalar va servislar yaratish ustida ishladilar.

Butun olamda Xakaton Open Data Challenge  kabi konkurslar odamlar hayotini engil va qulay qilishga yordamlashuvchi asboblar va mahsulotlarni yaratish uchun innovatsion usul hisoblanadi. Bu tarzda foydalanilgan ochiq ma’lumotlar xususiy sektorda innovatsiyalar uchun katalizator hisoblanadi, bu esa yangi bozorlar, korxonalar va ishchi o‘rinlarini bunyod etishga ko‘maklashadi.

Xakatonning barcha  ishtirokchilari dizayn-tafakkur, komandani bunyod etish tamoyillari, Python tilida ma’lumotlarni va mashina tahsili asoslarini tahlil qilish,  Lean Startup va Customer Development, blokcheyn va h.k. lar bo‘yicha maxsus mahorat darslari va seminarlarda qatnashdilar.  Shuningdek, ishtirokchilar konkurs doirasida Barqaror rivojlanish dasturi (BRD) bilan  tanishdilar va BRD bo‘yicha bilimlaridan o‘z loyihalarini yaratish vaqtida foydalanishga harakat qildilar.

Xakaton doirasida 63 ta komanda treninglarda olgan bilimlari va ustozlarining tavsiyalari asosida ijtimoiy  yo‘naltirilgan 47 ta loyiha va 16 ta biznes-loyihani taqdim etdilar. Har bir komanda o‘z loyihalarini taqdim etish uchun bir necha daqiqa ishlab chiqdilar.

G‘oliblar haqida...

SAVEIT komandasi “Ochiq ma’lumotlar asosidagi eng yaxshi biznes loyiha” nominatsiyasining g‘olibi bo‘ldi. SAVEIT komandasi  mobil ilova va Telegram-botni ishlab chiqdilar. Mazkur servis  foydalanuvchilarga loyihaga qo‘shilgan bir qadam oralikdagi supermarketlardagi kabi boshqa har qanday do‘konlarda ham foydalanish muddati tugayotgan mollarga narxlarning pasaytirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni olish imkonini beradi.  Loyiha do‘konlarga o‘z mahsulotlarini sotish va chiqim hamda xarajatlarni kamaytirish, iste’molchilarga esa pul mablag‘larini tejash imkonini beradi. 

«Bugungi kunda har xil tur va diddagi juda ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari bor. Har yili, har oy do‘kon peshtaxtalarida sotilmagan u yoki bu mahsulotlar qolib ketadi va oxir-oqibatda iste’mol qilish muddati o‘tganligi tufayli tashlab yuboriladi. Butun mamlakat miqyosida olganda bu ahamiyatli miqdorni tashkil etadi. Tashlab yuboriladigan mollar miqdorini qandaydir kamaytirish uchun bizga sotuvchilar o‘zlarining muddati o‘tgan mollarini  narxlarini muayyan kamaytirgan holda joylashtiradigan va shu tarzda xaridorlar bu mol haqida ilova yoki telegramm-bot orqali xabardor qilinadigan ilova yaratish g‘oyasi keldi.  Natijada mol tashlab yuborilmaydi, balki sotuvchi uchun ham, xaridor uchun ham foyda bilan iste’molga ketadi», – deydi  Nasiba Lutfullaeva.

«Ochiq ma’lumotlar asosidagi eng yaxshi ijtimoiy loyiha» nominatsiyasida  UmbrellaSoft komandasi g‘olib bo‘ldi.  UmbrellaSoft komandasi  MyID loyihasini taqdim etdi. Loyiha fuqarolarga ba’zi davlat xizmatlarini olish hamda kommunal to‘lovlar va yo‘l-transport qoidalarini buzganligi uchun jarimalarni to‘lash imkonini beradi.

SHaxslarning yuz chehrasini tanish bo‘yicha apparat kompleksini taqdim etgan AllEyezOnMe komandasi «Xakatonning eng iinnovatsion loyihasi» nomanatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

«Xakatonning yutug‘i 2 kun ichida ijtimoiy yoki biznes muammoni hal qilishi mumkin bo‘lgan foydali g‘oyani ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Biz bu masalaga tadqiqot va tahlil o‘tkazgancha juda jiddiy yondoshdik, biz aniqladikki, bugungi kunda dunyo bo‘ylab odamlarning yo‘qolib qolishi muammosi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun biz kunning 24 soati va haftaning 7 kuni davomida turadigan, ob-havo sharoiti, internet va elektr quvvatining yo‘qligi ta’sir ko‘rsatmaydigan echimni topishimiz kerak edi. Biz yopiq zanjirdan tashkil topgan va internet hamda elektr quvvati o‘chirilganidan keyin 7 kun ishlaydigan ishonchli echimni o‘ylab topishga muvaffaq bo‘ldik. Bizning loyihamiz katta mablag‘ kiritishni talab qilmaydi, bor-yo‘g‘i  RASPBERRY PI0, videokamera va bizning Smartize (like Smart Eyes) dasturimiz bo‘lsa, etarli»», – deydi Anvar Muminov.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va «Uzinfokom» markazi konkurs tashkilotchilari  bo‘ldilar.