Fuqarolar uchun byudjet (Xalq byudjeti) o‘zi nima?

Fri Dec 01 00:00:00 EST 2017

Davlat organlari, parlament, fuqarolik jamiyati va akademik doiralardan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq ishtirokchlari byudjet tizimiga oid axborotni oshkor qilish va davlat byudjetini ko'rib chiqish, qabul qilish va amalga oshirish jarayonlarida fuqarolarni jalb qilish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, O'zbekistonda fuqarolar uchun byudjetni tuzish masalalarini muhokama qilishdi.

Ochiqlik va oshkoralik O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlat byudjetini tayyorlash, ko‘rib chiqish va qabul qilish tartibotlari, tasdiqlangan byudjet, davlat maqsadli jamg‘armalari to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishni va ularning ijrosi jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini nazarda tutadi.

Fuqarolar uchun byudjet (Xalq byudjeti) o‘zi nima?

Fuqarolar uchun byudjet bu - byudjet hujjatining soddalashtirilgan ko’rinishi bo’lib, u aholining barcha qatlamlari byudjet tushunchasini birdek tushuna olishi uchun norasmiy tilda yoziladi hamda moliyaviy savodxonligi bo’lmagan fuqarolar uchun mo‘ljallangan axborot-tahliliy materiallarni o‘z ichiga oladi. Texnik jihatdan sodda tarzda ishlab chiqilgan bu hujjat byudjet sohasiga oid ko’nikmasi bo’lmagan foydalanuvchilar uchun byudjet va byudjet jarayoni asoslari, byudjet ijrosi, byudjet loyihasi, davlat dasturlari, jamoatchilik tinglashlari va boshqa ma'lumotlarni tushuna olish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Fuqarolar uchun byudjet batafsil va to’liq tarzda ishlab chiqilgan byudjet hujjatlarining funksiyalarini bajara olish uchun mo’ljallanmagan, biroq fuqarolar va fuqarolik jamiyatlarining davlat byudjetini boshqarishda amalga oshirilayotgan ishlardan boxabar etgan holda, hukumat vakillarining sohaga bo’lgan mas’uliyatini yanada oshirish yo’lida muhim vosita sifatida qayd etiladi.

“Fuqarolar bilan muloqotlarni muntazam tarzda tashkil etib borish nafaqat byudjet jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi, balki, birinchi navbatda, fuqarolar uchun byudjetni, barcha darajalardagi byudjetlarni shakllantirish va ijro etish, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjeti borasidagi ko’nikmalarini oshiradi va mustahkamlaydi. Shuningdek, u byudjet siyosatining maqsad va ustuvor vazifalarini tushunish va fuqarolarni byudjet muhokamasiga jalb etish va monitoring jarayonlarini amalga oshirishni osonlashtiradi.” – deydi, Moliya vazirining o‘rinbosari – G‘aznachilik Boshlig‘i Dilshod Sattorov.

Fuqarolar uchun byudjet Buyuk Britaniya, Norvegiya, Braziliya, Meksika, Indoneziya, Rossiya Federatsiyasi,  Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va boshqa ko’plab mamlakatlarda chop etiladi.

Fuqarolar uchun byudjet BMT Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qo'shma loyihasini amalga oshirish doirasida 2018 yilda ishlab chiqilishi kutilmoqda.

***

BMT Taraqqiyot Dasturi 2007 yildan boshlab davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Byudjetni tayyorlash tizimining samaradorligiga, ishonchliligiga va shaffofligiga erishish masalalariga alohida e’tibor bergan holda doimiy ravishda salohiyatni yanada oshirish yo‘li bilan davlat moliyasini boshqarish sohasida islohotlarning yangi bosqichga olib chiqishda O‘zbekiston Hukumatiga ko‘maklashishni ta’minlash BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda davlat moliyasini boshqarishni isloh etishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasining maqsadi hisoblanadi.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab