Suvni o’lchash bo’yicha xalqaro standartlar O’zbekistonda qo’llaniladi

Wed Nov 01 00:00:00 EDT 2017

2018 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasida suvni o’lchash bo’yicha to’rtta xalqaro standart qo’llaniladi:

  • BS ISO 2537: 2007 Gidrometriya. Aylanma elementli gidrometrik vertushkalar;
  • ISO 1100-2: 2010 Ed3 Gidrometriya. Ochiq kanallarda suv sarfini o’lchash. 2-qism: Suv satxi va sarfining bir-biriga bog’liqligini aniqlash;
  • ISO 1438: 2017 Gidrometriya. Ochiq kanallarda suv sarfini yupqa devorli suv o’tkazgich orqali o’lchash;
  • ISO 3846: 2008 Gidrometriya. Ochiq kanallarda suv sarfini to’g’ri burchakli, keng ostonali suv o’tkazgich orqali o’lchash.

Mazkur xalqaro standartlarning qo’llanishi suvni o’lchash va ro’yxatga olish tizimining samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi, bu esa qishloq xo’jaligi va aholining suv bilan ta’minlanishini yaxshilashga olib keladi, va shu bilan qishloq hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda katta hissa qo'shadi.

Shu bilan birgalikda ular gidrometrlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • sug’orish kanallarida oqim tezligini o’lchashda gidrometrik vertushkalardan to’g’ri foydalanish va ularni ishlatish;
  • gidropostlarda suv oqimi chuqurligidan suv sarfining eng aniq bog’liqligini ta’minlash;
  • erkin sharoitda ochiq kanallarda toza suv oqimini o’lchash uchun to’g’ri burchakli va uchburchakli (V shaklidagi) yupqa devorli suv o’tkazgichlarni qurish va ulardan foydalanish;
  • katta hajmdagi nasoslarga ega bo’lmagan ochiq kanallarda suv oqimini o’lchash uchun to’g’ri burchakli keng ostonali suv o’tkazgichlarni qurish va ulardan foydalanish.

2016 yildan boshlab Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMTTD va O’zbekiston Respublikasi Suv va qishloq xo’jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo’shma loyihasi suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanishga erishish maqsadida havza, SIU/fermer xo’jaliklari, shu bilan birga O’zbekistonning oltita pilot viloyatlaridagi qishloq tomorqa va dehqon xo’jaliklari darajasidagi suv xo’jaligi tashkilotlarining texnik salohiyatini takomillashtirish bo’yicha o’z faoliyatini olib boryapti.

BMTTD va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining qo’shma tashabbusi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga, shu bilan birga Barqaror taraqqiyot maqsadlariga (BTM), xususan 6-maqsad “Suv resurslarining mavjudligi, ulardan oqilona foydalanish va har bir insonning sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash”ga erishishda davlatlarga ko’maklashish maqsadida butun jahon miqyosida amalga oshirilayotgan BMTTDning faoliyatiga muvofiq ravishda amalga oshirib kelinmoqda.  

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab