«Startap-tashabbuslar» dasturi 40 ta jamoaga «g‘oyadan to biznesgacha» yo‘lini bosib o‘tishga ko‘maklashadi

Mon Aug 21 00:00:00 EDT 2017

Bugun, 21 avgust kuni, Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uy oylik dastur o‘z ishini boshladi. Tanlov saralashining natijasiga ko‘ra, «Startap-tashabbuslari» dasturining ikkinchi davrida butun O‘zbekistondan topshirilgan 40 ta startap-loyiha ishtirok etmoqda.

Joriy yilda startap-loyihalar mamlakatning barcha hududlaridan taqdim etilgani muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi, logistika, moliya, ta’lim kabi yangi sohalarni qamrab oldi. Dasturiy ilovalarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalardan tashqari, muxandislik-texnik yechimlarini tayyorlaydigan jamoalar ham taqdim etilgan. Shuningdek, ishtirokchilar orasidan 3D-printeri, mashina to‘htash joyi uchun “aqlli” tizim, bolalar uchun konstruktor va hattoki, nanozarralardan ishlangan noyob gidrofob material ishlanmalarining mualliflari o‘rin olgan.

Dasturni besh kunlik intensiv seminar boshlab berib, unda ishtirokchilar «LeanStartup» («tejamkor startap») usuli bo‘yicha starapni ishga tushirish asoslarini o‘rganadilar. Ta’lim qismidan keyin yosh startapchilar loyihalarini amalga oshirishga kirishadilar, ya’ni loyihani rivojlantirish “yo‘l xaritasini” yaratadilar, prototipni ishlab chiqadilar va sinov sotuvlarini amalga oshira boshlaydilar.

Dastur davomida loyihalarga trekerlar (ya’ni, jamoa rivojlanishi kuzatib, belgilangan maqsadlarga erishish masalalari bo‘yicha maslahat beradigan tajribali murabbiylar) yo‘nalish va maslahat berib boradilar. Dasturning har bir bosqichida ishtirokchilar uchun marketing, soliqqa tortish, biznes yuritishning yuridik jihatlariga oid masalalar bo‘yicha manzilli mahorat maktablari tashkil etiladi.

Joriy yilda dastlabki davrni o‘tkazish tajribasidan kelib chiqqan holda, asosiy e’tibor ishtirokchilarga texnik ko‘mak ko‘rsatishga qaratiladi. Buning uchun murabbiylar va trekerlar sifatida startaplarni yaratishda katta tajribaga ega bo‘lgan bozor yetakchilari – tadbirkorlar jalb etilgan. Ekspertlar jamoasi Paynet, MyTaxi, Robokidz asoschilari, StartupFactory akseleratsiya dasturining direktori va boshqa malakali mutaxassislardan iborat.

Uch oylik dastur natijalariga ko‘ra bitiruvchi-jamoalar biznes-loyihalarini yanada rivojlantirish uchun manfaatdor tashkilotlar va investorlarni jalb qilish maqsadida, o‘z loyihalarini «DemoDay» (namoyish kuni) hamda Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida taqdim etadilar.

Mazkur Dastur ta’lim va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqani yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarga tadbirkorlarning ko‘magiga ega bo‘lib ularning biznes yaratish bo‘yicha tajribasini o‘rganish imkonini beradi. O‘z navbatida, yoshlar ham tadbirkorlarning faoliyatida yangi yo‘nalish kasb etishi mumkin bo‘lgan innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan bo‘lishadilar.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekiston Biznes-forumi (faza-III)” qo‘shma loyihasi tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi hamda «Sasol» kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

***

“O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” loyihasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, onlayn xizmatlarni joriy etish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirish va targ‘ib qilish yo‘li bilan biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashaga yo‘naltirilgan.