Markaziy Osiyoda meva va sabzavotlar sektorining sifat va barqarorligini takomillashtirish yo'lida

Thu Jul 13 00:00:00 EDT 2017

10 iyul kuni Toshkentda “Meva-sabzavot mahsulotlarining barqaror savdosi: sifat, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, barqaror rivojlanish” mavzusida 3 kunlik mintaqaviy seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur seminar bu yo‘nalishda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan bo’lib Yevropa, Janubiy Sharqiy Osiyo, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK), BMTTD va GIZ xalqaro mutaxassislari hamda butun Markaziy Osiyo mintaqasining davlat va xususiy sektor vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar oziq - ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini oshirish, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barqaror savdosini yo‘lga qo‘yish borasida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbirda ishtirok etgan Shveysariya, Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Gretsiya va Tailanddan tashrif buyurgan mutaxassislar mamlakatlari misolida bu boradagi tajribalarini namoyish qilishdi, O‘zbekistonda ushbu tajribalarni qo‘llash borasida o‘z tavsiyalarini taqdim etdilar. Seminarda asosiy e’tibor Yevropa va Osiyo bozorlariga hamda ilg‘or savdo tarmoqlari uchun yo‘l ochib beruvchi majburiy va ixtiyoriy standartlarga javob beradigan meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha barqaror strategiyalarni ishlab chiqish, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) va nazorat tizimining sifatiga qaratiladi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari Markaziy Osiyodan meva va sabzavotlarni eksport qilishda sifat standartlari va oziq ovqat mahsulotlarining xavfsizlik talablariga rioya qilish borasidagi asosiy masalalarni hamda eksport bozorlarining diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, tahlil vositasi va mavjud jarayonlarni takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yanada barqaror ishlab chiqarish va savdosini amalga oshirish maqsadida ishtirokchilar biznes jarayonlarini tahlil qilishdagi (BPA) uslubi bo‘yicha tahsil olishdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi ko‘magida BMT YeIK hamda BMTTD “ Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi, GIZ «Markaziy Osiyoda savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» Dasturlari hamkorligida tashkil etildi.