Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuniga bag’ishlangan eko hashar

Fri Jun 02 00:00:00 EDT 2017

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda 2 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘oldi hududlarini tozalash bo‘yicha ekologik aksiyani tashkil etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit bo'yicha dasturi, Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuniga bag‘ishlangan o‘zining murojatida jahon hamjamiyatini shahardagi kuyunchak hayotdan chetlashgan holda tabiiy bog‘lar, ko‘llar, qo‘riqxonalarga tashrif etish, yoki inson va atrof muhitning alohida bir rishtalarini his qilgan holda yashil mintaqalarga sayir qilishga chaqirmoqda.

«Men tabiat bilan birgaman» - mazkur shior ostida bugungi kunda butun jahondagi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Davlat ekologiya qo‘mitasi va O‘zbekistondagi BMTTD, Gidrometeorologiya xizmati markazi xodimlari gap –so‘z bilan birgalikda amaliy harakat qilish maqsadida qo‘llariga chiqindilar solinadigan qoplar, xaskashlar va belkuraklarni olgan holda Buloq-su soyi bo‘yini tozalashni taklif qilishdi. Aksiya ishtirokchilari qatoriga Ommaviy axborot vositalari vakillari va  ko’ngillilar qo‘shildilar. Bo‘stonliq tumani hududi hozirda odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan Ugam-Chotqol davlat milliy tabiiy bog‘i tizimiga kiradi.

Sayyohlik mavsumini ochilishi tabiiy bog‘ning ekotizimi uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Sayyohlar tomonidan dam olish joylarida tashlab ketilgan polietilen xaltalar va idishlar, oziq- ovqat mahsulotlari uchun qadoqlar, nafaqat tabiat ko‘rinishiga, balki unga haqiqiy xavf ham soladi. Bu haqda aksiya boshlanishidan oldin milliy tabiiy bog‘ning bosh mutaxassisi Liliya Kuzmina o‘zining taqdimotida so‘zlab berdi.

Hudud tozalangandan so‘ng tabiat qo‘ynidagi go‘zal joylarga tashrif buyuruvchilar uchun axborot- nomalar bitilgan quyidagi belgilar o‘rnatildi — «Atrof-muhitni toza saqlang. Yosh avlodga o‘rnak bo‘laylik», «Axlat tashlamang. Atrof-muhitni himoya qilaylik», «Tabiatimiz uchun o‘zimiz javobgarmiz. Uni asraylik» , va boshqa shu kabi iboralar mazkur o‘lkada mustahkam o‘rnashib oldilar va, eko-hashar tashkilotchilarining fikricha, odamlar qalbidan ham joy oladi.