BMTTDning Oʻzbekistonda qishloq joylardagi uylarni energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihasi iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij Bitimini amalga oshirilishiga hissadir

Wed May 03 00:00:00 EDT 2017

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij Bitimi Oʻzbekiston tomonidan imzolanganini qutlaydi. Mazkur Bitim 2016-yilda kuchga kirgan, Parijda boʻlib oʻtgan BMTning iqlim oʻzgarishi to’g’risidagi tomonlarning 2015-yil 12-dekabr kuni boʻlib oʻtgan 21- doiraviy konferensiyasida ma’qullangan eng birinchi umumiy va qonunchilik jihatidan bajarilishi lozim boʻlgan global iqlim shartnomasi hisoblanadi. Oʻzbekiston, mazkur Konvensiya tomoni sifatida, Parij bitimni 2017-yilning 19-aperl kuni imzoladi.   

 “140 mamlakatda amalga oshirilayotgan iqlim oʻzgarishini oldini olish va uning oqibatlariga moslashishga yoʻnaltirilgan 20 yillik faoliyatiga tayangan holda BMTTD, imzolangan Parij Bitimi doirasida, iqlim oʻzgarishi masalalarini hal qilishda Oʻzbekistonning sa’y-harakatlari sur’atlarini tezlashtirish va koʻlamini kengaytirish masalasida mamlakatga koʻmak berishni davom ettirishga tayyordir”, - dedi Stefan Prisner, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili.

BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamkorligida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan energiya jihatidan samarali va kam-uglerodli qishloq uylari hamda qishloq aholi punktlarini loyihalash va qurishni amalga oshirish boʻyicha keng koʻlamli yangi qoʻshma loyihaning ma’qullanishi va imzolanishi (2017-yil 11-aprel) mamlakat tomonidan Parij Bitimining imzomlanishi bilan deyarli bir vaqtga toʻgʻri keldi.

Binolar sektorida issiqxona gazlarini havoga chiqarilishining global darajasi 1970-yildan beri ikki marotabadan koʻproq oshdi va 2010-yilda SO2-ekvivalentida 9,18 Giga tonnaga yetdi[1], bu esa havoga chiqayotgan issiqxona gazlari umumiy miqdorining 19 foizini tashkil qiladi[2]. Binolar sektorida issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini qisqartirish salohiyati yirikdir, chunki, hisob-kitoblarga koʻra, binolarda energiya iste’moli samaradorligini oshirish SO2-ekvivalentda yiliga issiqxona gazlarini havoga tashlanishini qariyb 3,3-4 Giga tonnaga qisqartirishni ta’minlashi mumkin (mazkur sektordagi havoga chiqayotgan issiqxona gazlari umumiy yillik hajmining deyarli 50 foizi).

2016-yilning oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonning qishloq joylarida takomillashtirilgan namunali loyihalar asosida arzon uy joylarni qurish boʻyicha yangilangan Dastur ma’qullandi. Dasturda yangi yoʻnalish va vazifalar belgilab berildi, ular energiya jihatidan samarali va kam-uglerodli binolarni qurish uchun istiqbolli imkoniyatlarni ochmoqda, bu esa energiyani yanada koʻproq tejash va issiqxona gazlarini havoga chiqarishni kamaytirishni ta’minlaydi.

Global ekologik fond va BMTTD tomonidan moliyalashtirilayotgan, grant mablagʻlari hisobiga umumiy byudjeti 6,3 million AQSh dollaridan iborat boʻlgan yangi loyiha uy-joy sektorida energiya va resurslarni tejashni oshirish boʻyicha muhim va innovatsion vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan. Ushbu loyihaning milliy va global miqyosda issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini qisqartirishga, hamda Parij Bitimi maqsadlariga erishishni ta’minlash yoʻlida mamlakatga yanada keng koʻlamli moliyaviy mablagʻlarni jalb qilishga hissa qoʻshishi kutilmoqda.


 

[1] IEA, 2012a; JRC/PBL, 2013; see Annex II.9

 

[2] IEA, 2012a; JRC/PBL, 2013; see Annex II.8