O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasiga dastlabki loyiha talabnomalari saralab olindi

Wed May 03 00:00:00 EDT 2017

“O‘zbekistonni Yashil iqlim jamg‘armasi resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi” loyihasining Idoralararo Ishchi Guruhi Yashil iqlim jamg‘armasiga dastlabki loyihala talabnomalari saralab oldi.

Vazirliklar va muassasalar vakillaridan tashkil topgan Idoralararo Ishchi Guruhi (IIG) Yashil iqlim jamg‘armasidan moliyaviy ko‘mak olish uchun kelib tushgan hamda umumiy qiymati 380 million AQSh dollariga teng bo‘lgan o‘nta loyiha talabnomalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishini oldini olish hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish masalalariga qaratilgan loyiha talabnomalarini topshirgan to‘qqizta vazirliklar va tashkilotlar o‘zlarining loyihalarini taqdim qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

O‘tkazilgan muhokama natijasida, Idoralararo Ishchi Guruhi davlatning milliy manfaatlari va ustuvor yo‘nalishlariga hamda Yashil iqlim jamg‘armasining talablariga mos bo‘lgan uchta loyiha g‘oyalarini saralab oldi va tasdiqladi. Ushbu loyihalar quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: 1) Orol dengizining qurib qolgan qismida ekotizimlarni moslashtirish, o‘rmon daraxtzorlarini hamda yashil himoya mintaqasini yaratish; 2) qishloq ho‘jaligini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda “iqlimga moslashgan qishloq ho‘jaligini” joriy qilish; va 3) chiqindilarni boshqarishning kompleks tizimini yaratish. Loyiha talabnomasi tasdiqlangan talabgorlarga Yashil iqlim jamg‘armasi qoshida akkreditatsiya qilingan tashkilotlar haqida ma’lumot berildi. Kelgusida ushbu akkreditatsiya qilingan tashkilotlar bilan hamkorlikda Yashil iqlim jamg‘armasiga topshirish uchun mukammal loyiha taklifini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.

Loyiha talabnomalarini saralash O‘zbekistonda birinchi bor “O‘zbekistonni Yashil iqlim jamg‘armasi resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi” loyihasi ko‘magida amalga oshirildi. Ushbu loyiha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-Muhit Dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi O‘zbekiston hukumatini iqlimiy moliyalashtirish resurslaridan, shu jumladan Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish, boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha milliy salohiyatini mustahkamlashga ko‘mak berishdir. 

Ta’kidlash joyizki, Yashil iqlim jamg‘armasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasining Konferensiya tomonlaridan 2010 yilda ta’sis etilgan. Jamg‘arma global miqyosdagi tashabbus bo‘lib, u uglerodlarni atmosferaga kam chiqarishga hamda iqlim barqarorligiga asoslangan rivojlanishni moliyalashtirish orqali iqlim o‘zgarishi masalalarini hal qilishga qaratilgan. Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar iqlim o‘zgarishini oldini olishga va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashishga qaratilgan.