Suv ho’jaligi sohasidagi mutahassislar malakasini oshirish

Tue Apr 04 00:00:00 EDT 2017

2017 yilning 16 martidan 4 apreliga qadar Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish”  dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo’shma loyihasi doirasida 130 ta respublikamizning suv ho’jaligi tizimi rahbarlariga malaka oshirish o’quv kurslari tashkil etildi. O’quv kurslari teoretik va amaliy topshiriqlardan iborat bo’lgan quyidagi oltita yo’nalish bo’yicha tahkil etildi: suv resurslarini boshqarish, gidromelioratsiya, yirik gidroqurilmalar va suv omborlari, nasos stantsiyalar va energotejamkorlik va Suv iste’molchilari uyushmalari.  

O’tkazilgan oquv kurslari irrigatsion tizimning havza boshqaruvi rahbarlari, nasos stantsiyalar rahbarlari, viloyat gidromerioratsiya ekspeditsiyalari va Suv iste’molchilari uyushmalari rahbarlarining bilm va malakalarini oshirishishga yordam berdi. Bundan tashqari qatnashchilar suv qurilmalarini ekspluatatsiyasi, havfsizlik deklaratsiyasi, kuzatish, kadastr bilan bog’liq qonun va huquqiy hujjatlar bilan tanishdilar, shuningdek, kadrlar bilan ta’minlash, Suv iste’molchilari uyushmalarning moliyaviy ahvolini  yahshilash, yangi texnologiyalar va suv resurslarinig boshqarishda xalqaro tajribalari bilan tanishdilar.

Trening va testlar o’tkazilgandan so’ng barcha qatnashchilarga sertifikatlar berildi. O’quv kurslari O’zbekiston Respublikasining qishloq va suv ho’jaligi rahbarligida Toshkent irrigatsiya va meleoratsiya instituti ishtirokida amalga oshirildi.