Iqlim oʻzgarishi: global muammolarni yechimiga mahalliy yondashuv

Mon Mar 13 00:00:00 EDT 2017

10-11-mart kunlari Qoraqalpogʻistonning Muynoq tumanidagi “Ushsay” va Taxtakoʻpir tumanining “Qara oy” qishloq fuqarolar yigʻinlarida oʻrmon xoʻjaliklari va mahalliy birlashmalar vakillari uchun landshaftlar darajasida amalga oshiriladigan, adaptatsiya (moslashish) choralarini koʻrish boʻyicha tadbirlarni ta’minlash maqsadida oʻrmon xoʻjaliklari va mahalliy birlashmalarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha dala-namoyish seminarlari oʻtkazildi. Seminarlar Oʻzbekistonning turli hududlarida joriy yilning 10-17-mart kunlari mobaynida boʻlib oʻtadigan iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan turkum tadbirlarni boshlab berdi.

Iqlim oʻzgarishi hozirgi zamonning asosiy tahdidlaridan biridir. Uning oqibatida roʻy beradigan hodisalar, ular orasida eng koʻlamligi boʻlmish qurgʻoqchilik, oziq-ovqat xavfsizligiga, odamlarning salomatligi va hayot tarziga bevosita tahdid soladi, sanoat va telekommunikatsiya infratuzilmalari faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi iqlim oʻzgarishiga eng himoya qilinmagan tarmoq hisoblanadi, chunki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish darajasi suv, yer resurslari va ob-havo sharoitlariga bevosita bogʻliqdir.

Iqlim oʻzgarishlari muammosi Oʻzbekiston hududida juda ham keskin koʻrinishni oladi, bu yerda, Iqlim oʻzgarishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazining (Oʻzgidromet) Ikkinchi va Uchinchi milliy axborotida keltirilgan ma’lumotlariga ko'ra, havo haroratining o'sish sur'atlari global o'sishdan ikki marotaba ko'proq, kechki ayozlar, iliq toʻlqinlar, doʻl, kuchli shamollar, qurgʻoqchilik kabi ekstremal havo hodisalarini Qoraqalpogʻiston hududida qaytarilib turish darajasi yuqoridir. Bularni barchasi esa iqlim va gidrometeorelogik monitoringni, iqlimga bogʻliq xatarli hodisalardan ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish yangi murakkab sharoitlarga moslashish boʻyicha kelgusidagi rejalashtirish va chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini tugʻdiradi.

Mazkur omillarni inobatga olgan holda BMT Taraqqiyot Dasturi Oʻzgidromet bilan birgalikda Iqlim oʻzgarishi haqidagi BMTning Doiraviy Konventsiyasi Adaptatsiya Fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan Oʻzbekistonning qurgʻoqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash loyihasini amalga oshirish doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi fermer va dehqon xoʻjaliklarini iqlim oʻzgarishi oqibatlariga chidamliligini oshirish boʻyicha ishlarni olib bormoqda. Moʻynoq va Taxtakoʻpir tumanlarida oʻtkazilgan seminarlar mazkur yoʻnalishdagi harakatlar rejasining bir qismi boʻldi.

Dala-namoyish seminarlari ishtirokchilarga qishloq xoʻjaligi hamjamiyatlarini amalda iqlim oʻzgarishiga chidamliligini oshirish boʻyicha turli yondashuvlar va chora-tadbirlar, agro va suv tejash texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyatini berdi.

Keyinchalik, 13-18-mart kunlari, loyiha jamoasi loyihaning beshta - Kegeyli, Qanlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy va Moʻynoq tumanlarida agro va suv tejovchi texnologiyalar boʻyicha treninglarni tashkil etadi. Undan tashqari, 14-17-mart kunlari Toshkentda Oʻzgidrometning gidrometriya sohasidagi mutaxassislarini suv sarfini avtomatik oʻlchash tizimini ishlatishga oʻrgatishadi.

Loyihaning namunaviy tumanlarida iqlim oʻzgarishi va landshaftlar darajasida moslashuv choralarini amalga oshirish masalalari milliy va mahalliy oʻrmon xoʻjaliklari, Tabiani muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar Akademiyasi va Toshkent davlat Agrar universitetining Nukus filiali vakillari ishtirokida 15-mart kuni Nukus shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda muhokama qilinadi.

Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Qoraqalpogʻistonda meteorologik kuzatuv tarmoqlarini avtomatlashtirish uchun sotib olingan maxsus uskuna hududda iqlim holatini nazorat qilishning texnik jihatlarini hal etishga yordam beradi. Uni oʻrnatish ishlari 25-martdan to 20-aprelgacha Nukus, Moʻynoq, Chimboy, Taxtakoʻpir, Qoʻngʻirot, Ellikqal’a va Xoʻjaylida olib boriladi.