BMTTD suv xojaligi mutahassislarini suv resurslarining samarali taqsimoti va nazorati borasida bilimlarini oshirdilar

Fri Mar 10 00:00:00 EST 2017

60 nafar respublikaning irrigatsiya tizimi mutaxassislari, hamda Farg’ona vodiysining birlashgan dispecher xizmati va Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari gidropostlarini standartlashtirish, sertifikatlash, suv xajmi va taqsimotini hisoblash hamda gidrotehnik inshootlarini qurish va ta’minlash bo’yicha o’z bilm va malakalarini oshirdilar. Tashkil etilgan ikki haftalik o’quv treningi BMT TD va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining qo’shma “Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasi tomonidan tashkil qilindi. Bu loyiha  Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish”  dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qishloq va suv hojaligi tizimida gidrometriya sohasigadi mutahassislar davlatning suv resurslarini boshqarishida asosiy bog’lovchi vostitasidirlar. Ularning fazifalari aniq – suvni o’lchash, suv iste'molini aniqlash va monitoringini olib borishdir. Shu ko’rsatkichlar asosida davlatning suvdan foydalanish loyihasi, suv tanqisligi va er degradatsiyasi xavfini kamaytirish rejalari tuziladi. Shuningdek, hosildorlik omillari va yerning sifati ham suvni to’g’ri o’lchab taqsimlanishiga bog’liq.

Shunday ekan, suv resurslarini samarali boshqarish, va aynan suv o’lchami va taqsimoti tizimini takomillashtirish qishloq xo’jaligi va iqtisodning boshqa sectorlarini barqaror boshqarishni yordam beradi. Shu sabab, davlatimiz suv boshqaruvi tizimlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Suv ho’jaligi tizimini isloh etish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish, suv tejash texnologiyalarini tadbiq etish, suv tizimi qonunlari asoslarini takomillashtirish – bularning barchasi atrof muhitni nazarda tutgan holda suv boshqaruvi va taqsimotini yahshilashga qaratilgan tadbirlardir.

O’quv kursi O’zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatlash agentligi hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida amalga oshirildi. O’qish yakunida imtixondan muvaffaqiyatli o’tgan qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi. Qo’lga kiritilgan sertifikat gidropostlarni standart attestatsiyasini o’tkazish huquqiga ega.

O’quv kursi haqida o’z fikrlarini bildirar ekanlar, respublikamizning yosh girdometrlari bu ularning birinchi yuqori darajada otkazilgan o’quv dasturi bo’lib, unda juda katta bilim va malakaga ega bo’lganlarini va kursdan so’ng olgan bilmlarini o’z tajribalarida qo’llashlarini ta’kidlab o’tishdi.

O’quv dasturi qatnashchilari fermer ho’jaligi vakillari uchun ham shunday kurs tashkil qilish taklifini berdilar. Loyihaning o’z oldiga qo’ygan vazifalari qatorida o’quv dasturlari ishlab chiqish, suv xo’jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yahshilashdan tashqari, 1500 nafar suv xo’jaligi mutaxassislarining bilm va malakalarini oshirish ko’zda tutilgan.