Technovation Challenge Uzbekistan 2017 – ATda qizlar!

Sat Feb 04 00:00:00 EST 2017

Axborot texnologiyalari sohasi dunyo boʻylab jadal suratlarda oʻsib bormoqda, shu bois, STEM (science, technology, engineering, math) – fan, texnologiya, injiniring va matematika – sohasidagi malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyoj, aksariyat hollarda, taklifga nisbatdan ancha oshadi. Shu bilan birga, bu yoʻnalishdagi gender muvozanatsizligi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, baholash natijalariga muvofiq, rivojlangan mamlakatlarda STEM sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar soni 26% foizdan oshmaydi.

Qizlarning texnika sohasidagi qiziqishlari va koʻnikmalarini yuksaltirish maqsadida, BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasi, Oʻzbekistondagi bolalar va oilalarni qo'llab-quvvatlash Uyishmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa hamkorlar bilan birgalikda Technovation Challenge dasturi ishga tushirildi. Oʻzbekistondagi Technovation Challenge dasturi: qizlarning ijtimoiy koʻnikmasiga yordam berish, ularda AT va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, mehnat bozorida qizlarning raqobatbardoshligini oshirish kabi vazifalarni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

2017-yil 4-fevral kuni yohslar ijodiyoti Saroyida dasturning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi, unda 200dan ziyod yosh ishtirokchi-qizlar, ularning ota-onalari, mentor-murabbiylar qatnashdilar. Tadbirda dastur tashkilotchilari tanlov dasturi, uning asosiy maqsadi va shartlari taqdimotini namoyish etdilar. Bundan tashqari, Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM) 2017-yildagi tanlov mavzusi sifatida belgilanganligi bois, Oʻzbekistondagi BMT vakili Matluba Umrzoqova BTM tushunchasini hamda mazkur maqsadlarga erishishdagi har bir insonning rolini yoritib beruvchi taqdimotni havola etdi.

Dastur yanvar-may oylari davomida amalga oshirilib, uning oʻquv qismi 12 haftaga boʻlingan, ular doirasida dasturlash, biznes va innovatsiyalar, taqdimot va pitch san’ati sohalaridagi yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi seminar va treninglar oʻtkazilishi moʻljallangan. Dastur davomida ishtirokchi guruhlar biznes loyihalarni yaratadilar, yakuniy bosqichda hayat a’zolari ular orasidan gʻoliblarni aniqlaydilar. Ochiq davlat ma’lumotlaridan foydalanib loyiha yarata olgan guruhga BMTTD maxsus sovrin taqdim etadi.

Dasturga oid voqealarni Facebookdagi Technovation sahifasida kuzatib boring.