BMTTDning qonun ijodkorligi va qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish bo'yicha loyihasi faoliyati natijalri sarhisob qilindi

Fri Dec 23 00:00:00 EST 2016

2016 yil 23 dekabrida Toshkent shahrining "Poytaxt" biznes-markazida BMT Taraqqiyot Dasturining "Qonun va norma ijodkorligi hamda qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini modernizatsiya qilishga ko’mak” loyihasining 2014 - 2016 yillar davri mobaynida loyihaning erishilgan natijalarini hamda uning keyingi bosqichida amalga oshirish uchun rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilish maqsadida tashkil etilga Loyiha Kengashi yig'ilishi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori, loyihaning Milliy muvofiqlashtiruvchisi Farrux Muhamedov, BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili o'rinbosari Farid Karahanov, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

2014-2016 yillar davomida loyiha milliy hamkorlarga quyidagi ko’mak ko’rsatildi:

  • qonun ijodkorligini takomillashtirish, qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini, korruptsiyaga qarshi ekspertiza, parlament nazoratini joriy qilish va xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikga implementatsiya qilish borasidagi 12ta turli darajadagi qonunchilik va uslubiy hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi.
  • qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik muhokamasini interaktiv davlat xizmatlari yagona portal (EPIGU)dagi onlayn platformani va www.regulation.gov.uz veb saytini modernizatsiyasi orqali yanada kengaytirish. Natijada, bugungi kunga kelib, har yili qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlari umumiy sonining 50% dan ortig’i jamoat muhokamasiga chiqarilmoqda va fuqarolar va biznes sub’yektlaridan kelib tushgan taklif va izohlarning qariyib 60% inobatga olinmoqda.
  • davlat organlari vakillari uchun normativ-huquqiy hujjatlarning korruptsiyaga qarshi ekspertizasi va qonun hujjatlari ta'sirni baholash bo’yicha o’quv dasturlari ishlab chiqildi va joriy qilindi. Natijada, 2016 yil yanvaridan boshlab Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida, ushbu dasturlar doirasida qonun hujjatlari ta'sirni baholash bo’yicha 400 dan ortiq tinglovchi normativ-huquqiy hujjatlarning korruptsiyaga qarshi ekspertizasi boyicha esa 600dan ortiq tinglovchi ta'lim oldi.
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikga implementatsiya qilish boy’icha idoralararo ishchi guruh faoliyati qo'llab-quvvatlandi, shu jumladan zarur huquqiy hujjatlarning ishlab chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalar inventarizatsiya qilindi, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari  milliy ma'lumotlar bazasi www.lex.uz ning xalqaro shartnomalar bo'limini modernizatsiya qilish uchun texnik shartlar ishlab chiqildi va boshqalar.

Bundan tashqari:

  • loyiha faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha 12 ta turli tahliliy va uslubiy materiallar, shu jumladan amaliy qo'llanmalar, infografikalar, tahliliy ma’lumotlar va xalqaro tajriba sharhlari tayyorlandi.
  • 14ta xalqaro va milliy darajadagi turli tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar va treninglar) tashkil etildi;
  • loyiha dorasida tadbirlarni amalga oshirish maqsadida11 mamlakatdan (Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Belgiya, Shveytsariya, Avstraliya, Kanada, Singapur, Koreya, Ruminiya va Rossiya Federatsiyasi) 22 xalqaro ekspertlar jalb qilindi;
  • milliy hamkorlar vakillari ishtirokida Buyuk Britaniyaning tartibga solish tizimini isloh qilish bo’yicha tajribasini o’rganish uchun o'quv safari tashkil etildi.

Yig'ilishda loyihaning 2-bosqichi doirasida 2017 -2020 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi asosiy yo'nalishlari to’g’risida ma’lumot berildi:

1.      Qonun hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizasini amalaga oshirish bo’yicha  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti salohiyatini kuchaytirish.

2. ijro etuvchi hokimiyat tomonidan xalqaro standartlarga mos keladigan va ma’muriy yukni kamaytirish maqsadida qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimidan kompleks foydalangan holda yangi yuqori sifatli qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishga ko’maklashish;

3. qonun loyihalarini ko’rib chiqishda xalqaro standartlarga muvofiqligini hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan ustuvor sohalarda parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha Parlament palatalarining salohiyatini oshirishga ko’maklashish.

4. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar tizimini, tashqi siyosati va xalqaro faoliyatining huquqiy bazasini xalqaro standartlarga hisobga olgan holda takomillashtirishga ko’maklashish.

Yig'ilish yakunida, loyiha Milliy koordinatori va O'zbekistondagi BMTTD vakolathonasi rahbari ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, loyihaning 2- bosqichining faoliyat yo’nalishlari, O’zbekiston Hukumatining qonun ustuvorligini, ijtimoiy munosabatlarni to’g’ridan to’g’ri tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqish, idoraviy hujjatlari keskin kamaytirish, qonunlarning maqsad –mohiyatini fuqarilarga va ijrochilarga o'z vaqtida yetkazib berish va xalq bilan samarali muloqotni, shu jumladan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari muhokamasi orqali, ta’minlash bo'yicha bergan ko’rsatmalariga to'liq mos kelishini qayd etdilar.