Qulay va sifatly electron davlat xizmatlarini joriy etish: Latviya tajribasi o’rganildi

Fri Dec 09 00:00:00 EST 2016

Latvia davlat tizimiga AKT vositalarini samarali va oqilona qo’llash natijasida davlat xizmatlari sifatini oshirish borasida katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Jumladan, ayni damda Latviyada 90% tadbirkorlik sub’ektlari va 73% dan ortiq aholi yuqori tezlikdagi Internet tarmoqlariga ulangan. 60% ortiq aholi elektron xizmatlardan foydalanadi va ushbu ko’rsatkich har yili o’sib bormoqda. Shu munosabat bilan Latviyaning elektron xizmatlarni rivojlantirish borasidagi tajribasini o’rganish Oʻzbekiston sharoitida katta ahamiyat kasb etadi.

2016-yil 9-dekabr kuni Tarix muzeyi anjumanlar zalida «Elektron hukumatini rivojlantirish boʻyicha Latviya tajribasi»mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirning maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasi vakillari guruhining Latviyaga oʻquv-tanishuv tashrifi natijalarini hamda ikki davlatning elektron hukumati va davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish sohasiga oid istiqboldagi hamkorligini muhokama etish boʻldi.

Davra suhbatida bir qator vazirlik va tashkilotlarning rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi, “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish Markazi, UZINFOCOM Markazi, BMTTD, USAID va Oʻzbekistondagi Latviya elchixonasi.

2016-yilning 16-21-oktyabr kunlari BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihasi va Latviya tashqi ishlar Vazirligi koʻmagida Oʻzbekiston vakillari davlat elektron xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirishning latviya tajribasini oʻrganish uchun Latviya Respublikasiga oʻquv-tanishtirish tashrifi bilan xizmat safariga borib keldilar. Vakillar guruhining tarkibi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimiyati mutaxassislaridan iborat boʻldi.

Tashrifning asosiy maqsadi – elektron xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha Latviya tajribasini oʻrganish edi.

Davra suhbatini Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari Sherzod Shermatov va Oʻzbekistondagi Latviya elchisi Edgars Bondars ochib berdilar.

Tadbir, ma’muriy jarayonlarni axborotlashtirish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish boʻlimi bosh mutaxassisi Rustam Zokirovning “Latviya elektron hukumati: rivojlanish arxitekturasi va xususiyatlari”mavzuidagi taqdimotidan boshlanib, unda Latviyadagi elektron hukumatining tarkibiy tuzilmasi – arxitekturasi namoyish etildi.Ma’ruzachi qayd etib oʻtganidek, latviyaning axborotlashgan jamiyatini qurish muvaffaqiyati zamiri – Latviya AKT-infratuzilmasi rivojlanishining juda yuqori darajasi va, avvalambor, aholi va biznes uchun yuqori tezlikdagi va ochiq Internetning mavjudligidadir. Shuningdek, u Latviya elektron hukumatini rivojlanishi prinsiplarini aytib oʻtdi, bular: xizmat koʻrsatishning mijozga qaratilgan yondashuvi, jarayonlarni bajarishning shaffofligi, ochiq ma’lumotlarni yuzaga keltirish, jarayonlarni muntazam ravishda tahlil etish va yaxshilab borish, shuningdek, ma’lumotlardan takror fordalanish.

BMTTDloyihasi BPR yoʻnalishi boshligʻi Baxtiyor Radjabov “Davlat elektron xizmatlarini koʻrsatishning Latviya tajribasi”ma’ruzasi bilan chiqib, latviyaning onlayn-xizmat portali hamda, fuqaro va tadbirkorlar uchun dolzarb boʻlgan xizmatlar misolida davlat elektron xizmatlarini koʻrsatish xususiyatlari haqida soʻz yuritdi. Ma’ruzachi “yagona oyna” markazlari faoliyati, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash tizimi, jumladan, tobora ommaviylashayotgan virtual imzo tizimi, Latviya jismoniy shaxslarining ma’lumotlar bazasi tarkibi haqidagi axborotni taqdim etib, Oʻzbekiston Respublikasida Latviyaning ijobiy tajribasini qoʻllashga muvofiq tavsiyalar berdi.

Ma’ruzalardan soʻng savol-javoblarga navbat berilib, ular davomida xizmat safariga borib kelgan vakillar guruhining boshqa ichtirokchilari ham oʻz natijalari bilan oʻrtoqlashdilar. Jumladan, Moliya vazirligi xuzuridagi Axborot-hisoblash markazi direktori o’rinbosari Nodir Zaitov Latviyaning “virtual imzolar”ni joriy qilish tajribasiga yuqori baho berdi.Maxsus dasturiy ta’minot yoki qurilma talab qilmaydigan “virtual imzo” yordamida davlat xizmatlaridan foydalanish va barcha turdagi elektron hujjatlarni imzolash mumkin. Bundan tashqari, ishtirokchi Ventspils hududida AKT vositalarini joriy etishdagi “sinergiya effekti” husisida tuxtalib o’tdi – bugungi kunda Venspils elektron markazi tomonidan masofadan turib hududdagi barcha davlat organlari uchun dasturiy ta’minotlarni o’rnatish va ular bilash ishlash amalga oshiriladi, avtomobil yullarini va quvurlarni ta’mirlash mobaynida esa, yer ostidan internet uchun optik tolali kabellarni bir vaqtning o’zida joylashtirib borish yo’lga qo’yilgan. Natijada, Ventspils munisipaliteti uchun katta hajmdagi mablag’larni iqtisod qilishga erishilgan.

Davra suhbati ishtirokchilari davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha Latviya tajribasiga nihoyatda qiziqib qolib, uni yanada diqqat bilan oʻrganish istagini bildirdilar. Jumladan, Sh.Shermatov taklifiga binoan, sinergiya effektini Toshkent shahar xokimiyati faoliyati misolida sinab ko’rish mumkin. Buning uchun, poytahtdagi kommunal va boshqa davlat tashkilotlari vazifalarini tahlil qilish asosida, ularning faoliyatini AKT yordamida muvofiqlashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish mumkin. Latviada joriy etilgan 11 turdagi foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish usullari tajribasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ning yangi versiyasini yaratishda inobatga olish taklif etildi. Shu maqsadda, Latviyaning elektron hukumati sohasiga oid tajribasini qoʻllash boʻyicha ATKRV va BMTTD tomonidan vazirlik va idoralar uchun aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, tomonlar 2017-yilda elektron hukumati sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining institutsional va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi hamkorligini davom ettirishga kelishib oldilar. Rejalashtirilayotgan tadbirlardan biri –Oʻzbekiston vakillarining ma’muriy jarayonlar masalalarini oʻrganish uchun Latviyaga oʻquv-tanishuv tashrifi bilan borib-kelish hamda, latviya maslahatchilarini Oʻzbekistonda davlat xizmatini koʻrsatish tartibini takomillashtirish tadbirlariga jalb etish.

Mazkur davra suhbati Latviya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va davlat boshqaruvi tizimini islohotlashtirish boʻyicha tajriba almashinuvi uchun oʻziga xos zamin boʻlib qoldi.