Gidrometriya sohasidagi mutahassislar o’z bilm va malakalarini oshirdilar

Tue Dec 06 00:00:00 EST 2016

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashda  irrigatsiyaning o’rni katta ahamiyatga egadir.  Sug’orish tizimlarini malakali boshqarish asosan gidrometriya sohasidagi mutahassislarning bilim va tajribalariga bogliq. Shuning uchun, suv boshqaruvi sohasidagi suv o’lchovi va hisobotini olib boruvchi mutahassislarning malakalarini oshirish nihoyatda muhimdir.

Mamlakatimizdagi irrigatsiya tizimlari boshqarmalarida gidrometriya va suv resurslari monitoringi sohasida faoliyat olib boruvchi 220 nafar mutahassislarning malakalarini oshirish maqsadida joriy yilning 16 noyabridan 6 dekabrigacha Farg’ona, Qarshi, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida   o’quv treninglari tashkil qilindi.

Treninglar O’zbekiston Respublikasining Qishloq va suv ho’jaligi vazirligi ko’magida Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish”  dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo’shma loyihasi tomonidan tashkil qilindi. Loyiha maqsadi suv resurslarini samarali boshqarish bo’yicha  texnik salohiyatni mustahkamlashdir.

Tashkil etilgan ikki kunlik trening ishtirokchilari ham nazariy bilimlar oldilar, hamda dala sharoitida amaliy malakalarini oshirdilar. Trening doirasida suv o’tkazish qobiliyati sekundiga 3 dan 40 metr kub gacha bo’lgan Bo’ston (Syrdaryo), Ashhak va Qoratepa (Janubiy Fargona kanali), Pistali (KMK), Markaziy Mianqal kanali (Zarafshon daryosi), Kenegas (Polvon-G’azovat kanali) kanallarida suv sarfini o’lchash usullari o’rgatildi.

Dasturdan alohida o’rin olgan mavzulardan yana biri metrologiya va suv o’lchagichlar va gidropostlarning huquqiy-normativ aktlari bilan tanishish edi. Shuningdek, xalqaro standartlar, suv o’lchash va o’lchovda kuzatiladigan xatolar,  suv o'lchash qurilmalarini kalibrlash masalalari ko'rib chiqildi.

Samarqand viloyati gidrometri Ibrohim Tursunov trening haqida o’z firklarini bildirdi “Menga, gidrometr sifatida treningda suv olchashning yangi texnologiyalari haqidagi ma’lumotlar juda foydali bo’ldi. Masalan, boshqa rivojlangan davlatlar singari bizga ham ultratovush yordamida suv o’lchash moslamalarini qo’llashni istardim. Yana shuni ta’kidlab o’tmoqchi edimki, ushbu trening yosh mutahassislarga suv o’lchash bo’yicha amaliy malakalarini oshirishda katta yordam berdi”.

Treningdan so’ng qatnashchilar suv oqimi tezligini o’lchash, suv o’lchashning zamonaviy usullari va moslamalarga asosan suv hajmini aniqlash, suv o’lchash moslamalarini sertifikatlash va girdopostlarda qiyoslov o’tkazish bo’yicha olgan bilimlarini amalda qo’llash  imkoniga ega bo’ladilar.