Yolg‘iz keksalar va nogironlar qo‘shimcha diqqat-e’tibor va himoya ostida

Fri Dec 02 00:00:00 EST 2016

Oila qadriyatlari birinchi o‘rinda turadigan O‘zbekistonda azaldan oila va jamiyatda keksalarni e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga, oilasiz yolg’iz yashayotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj qariyalarga ham davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda.

- Men 4 yildan buyon yolgiz yashayapman, biroq 2016 yil menga kopgina quvonchli voqealarni taqdim etdi, - deydi Toshkent viloyati Zangiota tumaning 78 yoshdagi fuqaro Lyubov’ Kuz’mina.

Aytish joizki, 2014 yildan boshlab Mehnat vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda mamlakatda yolg‘iz keksalarga va nogironlarga professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu loyiha ko‘magida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi 237-sonli “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, o‘zgalar yordamiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironlarni izlash va ularning hayot darajasini baholash tizimi ishga tushirildi. Tadbirlar mahalliy boshqaruv organlari, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimi xodimalri tomonidan muntazam (har chorakda 1 marta) uyma-uy aylanib yurish orqali amalga oshiriladi.

- Mening uyimga tuman tibbiy birlashmasining ijtimoiy yordam korsatish xodimlari tashrif buyurib, yashash shart-sharoitlarim va hol-ahvolimni organib ketishdi, - deya hikoya qiladi  L.Kuz’mina. - Hozirda haftasiga ikki marta ijtimoiy xodim uyimga kelib, sogligim haqida habar oladi, oziq-ovqatlar va dori-darmon xarid qilish hamda ovqat tayyorlash va uyimda sarmjon-sarishtalikni saqlashda menga yaqindan yordam korsatadi. Bundan tashqari u menga oyda bir marta un, shakar, gosht, guruch, choy, yog hamda sovun va kir yuvish kukuni singari 15 turdagi mahsulotlarni olib kelib beradi. Hayotim anchagina yaxshilandi. Endi men o’zimni yolg’iz deb his etmayapman.

Yangi tizimning kiritilishi ijtimoiy yordamga muhtoj insonlar va ularning oilalarini izlab topish, ro‘yhatga olish va himoya qilish tizimini mukamallashtirdi. Xususan, 2016 yil mobaynida faqatgina Toshkent viloyatining o‘zida 200 dan ortiq yolg‘iz keksa yoshdagi fuqarolar ijtimoiy himoyaga olingan. Butun respublika bo‘yicha 17 mingdan ortiq yolg‘iz keksalar va nogironlar ijtimoiy xizmatlardan foydalanishyapti. Ularning har biriga uy yumushlariga yordam berish, sog‘liqni tiklash, reabilitatsiya qilish hamda yolg‘iz va yakka yashaydigan keksalarni ijtimoiy hayotga faol qatnashishga ko‘maklashinshni o‘z ichiga oladigan individual ijtimoiy xizmatlar dasturi ishlab chiqiladi va joriiy qilinadi. Buday dasturlarni bajarish turli hil tashkilotlarni, mahalliy hokimiyat va mahalla faollarini jalb etilgan holda amalga oshiriladi. Loyihaning yana bir faoliyati shu jarayonda qatnashayotgan tashkilotlarga aniq yo’riqnomalarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan. 

- Bizni tarbiyalagan va mashaqatli mehnati bilan mamlakatimiz rivojlanishida oz hissasini qoshgan keksalarimiz oldida qarzdormiz, - deya fikr bildirdi Toshkent viloyati Zangiota tumani ijtimoiy xizmat korsatish bolimi rahbari Ra’no Utegenova. – Ularga qulay sharoitlar yaratish va farovon hayot kechirishlari uchun qo’limizdagi barcha imkoniyatlardan foydalanamiz. Xususan, bizning tumanda jami 72 ta ozgalar yordamiga muhtoj yolgiz keksalar yashaydi. Biz ularning turmush sharoitlari va sogliqlarini yaxshilash, jumladan, oziq-ovqat va kiyim-kechak, nogironlar uchun hassa, aravacha, eshitish moslamasi kabi maxsus texnika vositalari bilan ta’minlash yolida qo’limizdan kelgan barcha ishlarni qilayapmiz. Shuningdek, ularga reabilitatsiya markazlari va boshqa tibbiyot maskanlarida sogliqlarini tiklash uchun yollanmalar ham taqdim etamiz.

Loyihaning natijalarini davomiyligini ta’minlash uchun  harakatlar qilindi. Yolgiz keksa va nogironlarga g’amho’rliq qilish va ehtiyojlarini qondirish 2016-2020 BMTning O’zbekistonga ko’mak dasturiga va Barqaror Taraqqiyot Maqsadlar tarkibiga kirgan.

Nogiron va keksa insonlarni ijtimoiy hayotga jalb etish barqaror va adolatli jamiyatni shakllnatirishning shartlariga kiradi. BMT Taraqqiyot dasturi barcha jabhalarni o‘zida mujassam etgan ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tizimini shakllantirishda ko‘mak beradi.

1992 yildan buyon BMT tomonidan har yili 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu yilgi mavzu “Biz istagan kelajak yo‘lida 17 ta maqsadga erishish” deb nomlaninib, imkoniyati cheklangan kishilar uchun yanada ko‘proq qulayliklarni yaratishni ko‘zlagan.