MIT.UZ Open Data Challenge har yilgi tanlov Toshkentda boʻlib oʻtadi

Thu Nov 17 00:00:00 EST 2016

24-27-noyabr kunlari Toshkentda MIT.UZ Open Data Challenge 2016 – ilovalarni, ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, O'zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakati, «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, UZINFOCOM markazi va Toshkentning Inxa universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

MIT.UZ Open Data Challenge – bu dasturchilar, dizaynerlar va jurnalistlar jamoalarining ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish boʻyicha musobaqa. Open Data Challenge ning farqi shundaki, guruhlar aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim: ikki kun ichida abstract gʻoyalar, infografika va maqolalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-koʻrinishlariga aylanadilar.

Uch kunlik qizgʻin faoliyat natijasida, Open Data Challenge 2016 ishtirokchilari turmushning barcha jabhalarida: moliya, transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va h.k. foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar, infografika, media-loyihalar, maqolalar tadbirning moddiy mahsuli boʻladi.

Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqar, Open Data Challenge 2016 doirasida ma’lumotlar jurnalistikasi boʻyicha master-klasslar hamda dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.

Ushbu tadbirga quyidagilar taklif etiladilar:

1.      1Ishlab chiqish mutaxassislari, dasturchilar, grafika dizaynerlari, internet-tadbirkorlari.

2.      Tahlilchilar, jurnalistlar, faollar hamda ochiq ma’lumotlar haqida tushunchaga ega boʻlishni istaganlarning barchasi.

Open Data Challenge 2016 tashkilotchilari mentorlar – dasturlash, dizayn, ommaviy ishtirok hamda ochiq ma’lumotlarni tahlil etish va ulardan foydalanish sohasidagi mutaxassis-ekspertlarni taklif etganlar, ular guruhlarga maslahatlar berib, loyihalar ustida ish olib borishga koʻmaklashadilar.

Asosiy shart – mahsulot namunasi (ilova, xizmat, infografika yoki maqola) toʻliqligicha  Open Data Challenge 2016da yaratilgan boʻlishi darkor va mavjud mahsulotni rivojlantirishga urinish boʻlishi mumkin emas. Bunda, ilgari tuzilgan ishlanma, adabiyot va modullardan tanlov doirasida qiymati qoʻshilgan component sifatida foydalanish mumkin.

Open Data Challenge 2016da ishtirok etish barcha uchun bepul boʻlib, ishtirokchilaring roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi xolos. Tashkilotchilar ishtirokchilarni nonushta, internet va ish muhiti bilan ta’minlaydilar.

Barcha loyihalarning taqdimoti 2016-yil 27-noyabrda boʻlib oʻtib, bunda davlat organlari, jamoatchilik, biznes, betaraf ekspert vakillaridan iborat boʻlgan vakolatli hakamlar hay’ati quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydilar:

1.      Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb-ilova)

2.      Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb-ilova)

3.      Ochiq ma’lumotlarga asoslangan namoyishning eng yaxshi yechimi (infografika yoki maqola)

Qanday ilovalar ishlab chiqilishi mumkin? Ular: ayrim biznes, ekologiya yoki ijtimoiy jarayonlarga oid yechimlarni aks ettirishi yohud fuqarolar va tadbirkorlarga yordam berishga yonaltirilgan xizmatlar ham mumkin. Ehtimol, ilova ma’lumotlarni tezkor namoyish etish bilan bogʻliq yechim koʻrinishida boʻlar. Balki, biron-bir yoʻnalish yoki data.gov.uz portal ma’lumotlarini kiritishga oid infografika boʻlar.

Gʻoyalar juda koʻp boʻlishi va ular faqat sizning tasavvur va imkoniyatlaringiz bilan chegaralanishigina mumkin.

Eng yaxshi loyihalarni davlat organlari, notijorat sektori, biznes, yetakchi texnik mutaxassislar vakillaridan iborat boʻlgan hakamlar hay’ati tanlab oladi. Gʻoliblar qisman jamoatchilikning ovoz berishi asosida ham baholanadi. Tanlov gʻoliblariga loyihalari ustida ishni davom ettirish uchun moliyaviy va ekspert yordami ajratiladi.

Roʻyxatdan oʻtish

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon va elektron pochtasiga murojaat etishingiz mumkin: +998 97 747 06 33, rimma.mukhtarova@gmail.com