BMTTD va milliy hamkorlar O’zbekistonda inson huquqlari sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Fri Nov 11 00:00:00 EST 2016

O'zbekiston inson huquqlari sohasidagi 70dan ortiq xalqaro hujjatlarning ishtirokchisi hisoblanib, jumladan BMTning inson huquqlariga oid 9ta asosiy konvensiyalaridan 6tasini va 4ta qo’shimcha bayonnomalariby ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiyalar ratifikatsiya qilinganidan so'ng, O'zbekistonda BMTning inson huquqlari bo`yicha shartnomaviy organlarining hamda Universal davriy hisobot (UDH) doirasida berilgan tavsiyalarni bajarishga qaratilgan bir qator qonunchilikka tegishli va tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi. Xususan, O’zbekiston Parlamenti inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi ko’plab qonun hujjatlarini qabul qildi.

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining yaqindagi qarorlari sud tizimini takomillashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash orqali inson huquqlarini himoya qilishni mukammallashtirishga oid ustuvor yo’nalishlarni aniqlab berdi. Mazkur chora-tadbirlar sudlar mustaqilligini ta’minlashni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo’yicha vakili institutini joriy etishni, hamda ma’muriy tartiblarni, adolatli sud muzokaralarining yangi institutlarini, fuqarolarning samarali huquqiy himoya vositalaridan foydalanish mexanizmlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy asoslari va mexanizmlarini mustahkamlashni o’z ichiga oladi. Amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarini amaliyotga tadbiq etish hamda milliy qonunchilikning xalqaro qonunchilik normalariga muvofiqligini ta’minlash masalalari mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyish etmoqda.

2013 yilda O'zbekiston hukumati UDHing ikkinchi bosqich doirasida ta’kidlangan 203 tavsiyadan 115tasini qabul qilib, inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy majburiyatlarini bajarishini namoyish etdi. O`zbekiston Respublikasi Inson Huquqlari Bo`yicha Milliy Markazi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'magida, 40ga yaqin milliy tashkilotlar va xalqaro hamkorlar ishtirokida, Milliy tadbirlar rejasi (MTR) ishlab chiqildi. MTR Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi va xalqaro hamjamiyat ko’magini jalb etish yuzasidan keng qamrovli tadbirlarni o’z ichiga oladi. MTR 2014 yilning 14 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan imzolandi.

Shundan so’ng, O'zbekiston Respublikasi Hukumati BMT Vakolatxonasiga Milliy dasturlar rejasini hamkorlikda amalga oshirish va monitoring qilish taklifi bilan murojaat qildi. 2015 yil 27 noyabr va 2016 yil 19 oktabrda O`zbekiston Respublikasi Inson Huquqlari Bo`yicha Milliy Markazi qoshidagi Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashi a'zolari, BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Oliy Komissari Boshqarmasi va xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar tashkil etildi. Tadbirlar yakunida bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati va BMT agentliklari o’rtasidagi hamkorlik yo`nalishlari 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (YuNDAF) doirasida belgilangan bo’lib, xususan dasturning 8chi hamkorlik yo`nalishi doirasida milliy hamkorlarni inson huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan huquqiy va sud islohotlarni amalga oshirishda ko`maklashish nazarda tutilgan. Mazkur ko’mak xalqaro konventsiyalar va BMT shartnomaviy organlari doirasidagi mamlakat majburiyatlarini amalga oshirishda texnik yordam ko'rsatishni o'z ichiga oladi. YuNDAFga ko'ra, BMT tizimi mamlakatning milliy qonunchilik va amaliyotni ratifikatsiya qilingan BMT konvensiyalari bilan uyg'unlashtirish tizimini takomillashtirishda hamkorlikni o`rnatish nazarda tutilgan.

YuNDAF qabul qilinganidan so`ng, 20 oktabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan O’zbekistonda inson huquqlarinu himoya qilish milliy tashkilotlarining tashkil etilganining 20 yilligiga bag’ishlangan “O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashning milliy tizimi: mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar” mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida BMT Taraqqiyot dasturi va Inson Huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi o’zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.

Ushbu tadbir Inson Huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson Huquqlari Bo'yicha Vakili (Ombudsman), Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, EXHTning O'zbekistondagi Loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi Idorasi va Fridrix Ebert nomidagi jamg'armasi tomonidan tashkil etildi. Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi, ijro hokimiyati va sud organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, akademik doiralar, universitetlar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda, BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Oliy Komissari Boshqarmasi, Islom Hamkorlik Tashkiloti Mustaqil Doimiy Komissiyasi, YeXHT Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari Byurosi, Yevropa Kengashi Venetsiya Komissiyasi ekspertlari, Buyuk Britaniya, Germaniya mutaxassislari, Indoneziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Rossiya va Tojikiston ombudsmanlari ishtirok etishdi.

BMT Taraqqiyot dasturi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi o’rtasida imzolangan o’zaro anglashuv memorandumi hamkorlikni quyidagi yo`nalishlarda faollashtirishni ko`zda tutadi:

-          Milliy tadbirlar rejasi doirasida erishilgan natijalarni baholash va amalga oshirishda kuzatilgan kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni ta’minlashga qaratilgan monitoring mexanizmlarini rivojlantirishga ko`maklashish;

-          Tavsiyalarni ishlab chiqishga mas'ul bo’lgan milliy institutlar uchun muvofiqlashtirilgan texnik ko`mak ko’rsatish dasturini ishlab chiqish;

-          Tavsiyalarni bajarish uchun turli xil yechimlarni aniqlashga qaratilgan maqsadli tadqiqotlar o’tkazish, shu jumladan boshqa mamlakatlat tajribasini o’rganish hamda tavsiyalarni amalga oshirishga javobgar milliy institutlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbidlarni amalga oshirish.

BMT Taraqqiyot Dasturi Yevropa va MDH mintaqasida hamda butun dunyodagi inson huquqlari bo'yicha milliy tashkilotlar va ombudsmanlarga faol ko’mak ko’rsatib kelmoqda. Mazkur faoliyat BMTTDning strategik rejasi va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan mos keladi.

Xalqaro miqyosda, BMTTD dunyodagi barcha inson huquqlari bo'yicha milliy tashkilotlarning manfaatlarini ifoda etuvchi Inson Huquqlari Bo'yicha Milliy Tashkilotlari Butunjahon Alyansi va BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Oliy Komissari Boshqarmasi bilan uchtomonlama hamkorlikka ega.

Mintaqaviy miqyosda, shunga o’xshash samarali hamkorlik Inson Huquqlari Bo'yicha Milliy Tashkilotlari Yevropa Tarmog’I va Inson Huquqlari Bo'yicha Milliy Tashkilotlari Osiyo-Tinch Okeani Forumi bilan ham o’rnatilgan. Shu munosabat bilan, 2016 yilning kech noyabri – erta dekabrida BMTTDning Istambul Mintaqaviy Markazi hamda BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Oliy Komissari Boshqarmasi Istambulda Markaziyo Osiyolik inson huquqlari bo'yicha milliy tashkilotlar vakillari uchun hududiy maslahatlashuvlar, seminar va treninglar tashkil etishadi. Bu tadbirlarning biri Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishda inson huquqlari bo'yicha milliy tashkilotlarning ishtiroki masalalariga bag`ishlanadi.

Mamlakat miqyosida, bugungi kunda O'zbekistonda BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi UDH va BMTning shartnomaviy organlarining tavsiyalarini bajarishga qaratilgan Milliy dasturlar rejasini amalga oshirishda amaliy ko’mak ko’rsatishga qaratilgan inson huquqlari bo'yicha milliy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi qo’shma loyihasini ishlab chiqmoqda.