Yangi planshetga ega boʻling!

Thu Oct 13 00:00:00 EDT 2016

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan favqulodda vaziyat sharoitida toʻgʻri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovini e’lon qilishmoqda. 

Tanlov shartlari:

1)    Berilgan 20ta test savollariga toʻgʻri javobni tanlang. Testlar yechimiga ajratilgan vaqt cheklangan boʻlib, har bittasiga 40 soniya ajratilgan;

2) Testlarni yechib boʻlganingizdan sʻng “Joʻnatish” tugmasini bosing va soʻrovnomaga shaxsiy ma’lumotingizni kiriting;

3) Tanlovda 2016-yil 13-oktabrdan -  20-oktabr kuni soat 16:00gacha ishtirok etish mumkin.

Toʻgʻri javob berganlar orasidan qurʼa tashlash yoʻli bilan 15 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, ular:

A) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqarolik muhofazasi Institutini zilzilalarni simulyatsiya qilish Markaziga tashrif buyurishadi va u yerda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻlishadi;

B) ekspozitsiya bilan tanishadilar, sayyoraning turli nuqtalarida yuz bergan yirik zilzilalar haqida koʻplab qiziqarli maʼlumotlarni oladilar;

D) maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli yer osti silkinishi kuchini his qiladilar;

E) bosh sovrin – planshetga ega boʻladilar!

Joriy yilning 22-oktabr, shanba kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida (www.fvv.uz) tanlab olingan ishtirokchilar roʻyxati joylashtiriladi.

Mukofotlarni topshirish va ekskursiya seshanba, 25 oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tanlovning saralash bosqichi boshlandi!

Hammaga omad!