BMTTD alohida parvarishga muhtoj aholi qatlamiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga ko’maklashmoqda

Thu Sep 29 00:00:00 EDT 2016

Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, yolg’iz keksalar va nogironlar masalasi mustaqillikning dastlabki yillaridan O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan bo’lib kelmoqda. Xususan, O’zbekistion Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1991-yil 28-maydagi 145-sonli “O’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorida, doimiy parvarishga muhtoj yolg’iz pensionerlarga imtiyozlar berish, ularning asosiy ehtiyoj tovarlarini bepul yetkazib berish tartibi belgilangan edi. Bu qaror mustaqillikning dastlabki yillarida, aholining eng zaif qatlamlariga kiruvchi yolg’iz keksalar va nogironlarning hayot darajasini yaxshilash va turli qiyinchilikalrni yengib o’tishda katta rol o’ynadi.

Keyingi yillarda bu masala hukumat tomonida bir necha marta ko’rib chiqilgan va davlat muhtoj yolg’iz pensionerlar ehtiyojlariga va davlat imkoniyatlariga muvofiq normativ-huquqiy baza takomillashtirilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yolg’iz keksa va nogironlar ehtiyojlarini aniqlash va ijtimoiy yordam hamda xizmatlar bilan ta’minlash tartibini belgilovchi 2015 yil 10-avgustdagi 237-sonli “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo’llab quvvatlashni yanada kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori yangi nizomni tasdiqladi. Yangi tartibga ko’ra yolg’iz keksalarga taqdim etilayotgan bepul tovarlar turi soni 9 tadan 15 taga uzaytirildi va umumiy qiymati 4 barobar oshdi. Bundan tashqari, xizmat ko’rsatish ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar soni 25% ga, bepul tovarlar qabul qiluvchi fuqarolar soni esa 15% ga oshdi.

Xizmatlar sonini oshirish, ularni sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, xizmat ko’rsatuvchilarning ma’sulyatlarini oshirish chora-tadbirlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shu maqsadda ilk bora, yolg’iz yashovchi va yolg’iz keksa va nogironlar uchun ijtimoiy xizmatlar standartlar joriy etildi. Ushbu standartlar xizmat ko'rsatuvchi mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning mavjudligi, mijozlarning ehtiyojlarini va hayot darajasini to’gri baholash, ularning huquq va xavfsizliklarini himoya qilish, hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar va xodimlar ish sifatini monitoring qilish va baholash  uchun davlat talablarini belgilaydi.

Ushbu standartlar O’zbekiston Respubkiasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi, Mehnat vazirligi va BMTTDning “O’zbekistondagi yol’giz keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar yetkazib berish sifatini yaxshilash” qo’shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Standartlar 24-avgustdagi Toshkent viloyati va Toshkent shahri sog’liqni saqlash boshqarmalarining ijtimoiy yordam bo’limlarining xodimlari uchun bo’lib o’tgan seminarda amaliy tajribada sinash uchun joriy etildi.

  • Zangiota tumani Toshkent shahriga yaqin joilashgan. 2016 yilda bu tumanda qariyb 358 ming nafar fuqarolar istiqomat qiladi. Ularning orasida 31000 nafari nafaqaho’r bo’lsa, 3200 nafari nogironlardir. Deyarli 100 nafar fuqaro yakka yo’lg’iz yoki yolg’iz yashovchi keksa nogiron deb hisoblanadi va ularga ijtimoiy yordam ko’rsatiladi. Har yili 350 nafar nogironlar har hil reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi.
  • Mirobod tumani Toshkent shahrida joylashgan. Bu tumanda 130 ming nafar aholi bo’lib, ularning 19400 nafari nafaqa oluvchilar, 2100 nafari esa nogironlar hisoblanadi. 60 nafar yolg’iz va yolg’iz yashovchi keksalarga ijtimoiy yordam ko’rsatilmoqda. 2016 yilda nogironlarga 50 ta reabilitatsiya vositalari taqdim etildi.

Yangi standartlarni joriy etish masalalari 9-sentabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida va 23-sentabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida bo’lib o’tgan seminarlarda muhokamalardan o’tdi.  Seminarlar davomida yangi normativlarni joriy etish va ularning sifati joylarda amalga oshirilayotgan misollar asosida ko’rib chiqildi.

Seminar qatnashchilari  yolg’iz keksa va nogironlarning yashash holatini baholash, ko’rsatalayotgan hizmatlarni hujjatlashtirish masalalarini tanqidiy tarzda ko’rib chiqdilar. Seminar davomida, keksalarning masalalarini alohida ko’rib chiqish, xizmat qabul qiluvchilarning tuman bo’yicha dislokatsiya xaritalarini yaratish va kundalik boshqaruv jarayonini tashkil qilishga alohida e’tibor berildi. 

Eng yaxshi amaliyotlar almashinuvi jonli muhokamaga ko’tarildi. Xizmatlar va takliflar sifatini ko’rib chiqish maqsadida bir qancha yolg’iz keksalar va nogiron insonlar muhokamalarda ishtirok etish uchun taklif qilindilar. Ularning fikr va mulohazalari Toshkent viloyati Zangiota tumani va Toshkent shahar Mirobod tumanida xizmatlarning yuqori sifatda ko’rsatilishini tasdiqladi. Xususan, ijtimoiy xizmatchilarning doim yordamga tayyor bo’lishlari, keksa va nogironlarni qo’llab quvvatlashlari kabi insoniy fazilatlari alohida ta’kidlab o’tildi. Bu tumanlarda tashkil etilgan ishlar model sifatida e’tirof etilib, boshqa tumanlar vakillari o’z ishlarini yanada yaxshilash uchun amalliy misol va maslahatlar oldilar.

Bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish xizmat ko’rsatish xodimlarining salohiyatini oshirish, boshqaruv sifatini yuksaltirishga, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yolg’iz keksa va nogironlarga ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini tubdan oshirishga va keyinchalik ilg’or tajribalarni respublikaning barcha hududlariga yoyishga ko’mak beradi deb e’tirof etildi. 

 

 

Mirabad district is located in the heart of Tashkent city. It is relatively small district with 130 thousands inhabitants including 19400 on retirement and some of 2100 persons with disabilities. Some of 60 lonely and living alone elderly are getting support and home based social services. Some of 50 means of rehabilitation were given to the needed PWDs in year 2016.

 

 


 

 

Mirabad district is located in the heart of Tashkent city. It is relatively small district with 130 thousands inhabitants including 19400 on retirement and some of 2100 persons with disabilities. Some of 60 lonely and living alone elderly are getting support and home based social services. Some of 50 means of rehabilitation were given to the needed PWDs in year 2016.