Oʻzbekistonda BMTTD hamkorligida AKT 2016 Haftaligi oʻtkazildi

Fri Sep 23 00:00:00 EDT 2016

2016-yilning 19-23-sentyabr kunlari davomida Toshkentda – Oʻzbekiston axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi eng muhim voqea – ICTWEEK Uzbekistan 2016 boʻlib oʻtdi. ICTSUMMIT va ICTFORUM – Haftalikning asosiy tadbirlarida davlat boshqaruvi organlari, AKT yoʻnalishidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar va IT-kompaniyalarning vakillari, 800dan ziyod tinglovchilar ishtirok etdilar.

AKT Haftaligini xalqaro biznes markazida boʻlib oʻtgan ICT SUMMIT ochib berib, unda 300 nafar vakil ishtirok etdi. AKT Sammitida: Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Birinchi oʻrinbosari Alisher Fayzullayev, Oʻzbekistondagi BMTRD Doimiy Vakili Stefan Prisner, Xalqaro elektraloqa ittifoqining standartlashtirish byurosi Direktori Chaye Sub Li,  Huawei Bosh direktori Van Pen va  ZTE Grid sohasini rivojlantirish Direktori Tyan Tzun Syan tabrik soʻzlari bilan chiqdilar.

Oʻzbekistondagi BMTRD Doimiy Vakili Stefan Prisner oʻz nutqida, AKT Sammitini – turli mamlakatlarning va turli sektorlarning shu soha boʻyicha mutaxassislarini birlashtiruvchi va AKT rivojlantirishga oid istiqbollarini muhokama etish imkoniyatini beruvchi maqtovga sazovor tashabbus deb qayd etdi.

Haftalikni – IT va elektron hukumat sohalaridagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan ikki kunlik tadbir – AKT Forum davom ettirdi. Forumning birinchi kunida bir vaqtning oʻzida uchta seksiya tashkil etildi: «E-Government Uzbekistan», «Internet-forum» va «Raqamli iqtisodiyot».

“E-Government Uzbekistan” seksiyasini loyiha menedjeri Bunyod Avliyoqulov davlat elektron xizmatlarini joriy etishning dolzarb muammolari prezentatsiyasi bilan ochib berdi. Ushbu seksiyaning hamtashkilotchisi – BMTRDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” Loyihasi. Ma’ruzachi oʻz nutqida: AKTni davlat boshqaruvi tizimiga joriy etish boʻyicha erishilgan yutuqlarni, Oʻzbekistonning elektron hukumat hamda davlat xizmatlarining elektron koʻrinishga oʻtkazish boʻyicha BMT reytingidagi yuksalishni qayd etib oʻtdi. Oʻzbekistonning 2016-yilda elektron ishtirokining xalqaro Indeksida egallagan 24-oʻrniga alohida e’tibor qaratildi. Muhokama va munozaralar davomida davlat elektron xizmatlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi, xususan: “hukumat yaxlitligi” prinsipini, tranzaksiya va geoaxborot xizmatlarini joriy etish, elektron ishtirokni faollashtirish va ochiq ma’lumotlar sifatini oshirish.

Davlat xizmatlari imkoniyatlarining ochiqligi mavzusini, Savdo-sanoat palatasi va  BMTRDning “Oʻzbekiston biznes-forumi/ 3-bosqich” loyihasi vakili Bahodir Bekov oʻz ma’ruzasida davom ettirdi. Oʻz prezentatsiyasida u, “Yagona oyna” Markazlariga e’tibor qaratib, ularning davlat xizmatlarini amalga oshirish jarayonini soddalashtirishdagi imkoniyatlarini namoyish etibgina qolmay, balki, davlat xizmatlari sifati va imkoniyatini oshirishga oid institutsional masalalarni xal etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqida soʻzlab berdi.

Forum ishida ORB, Umumjahon banki, KOICA kabi xalqaro tashkilotlarning spikerlari hamda Koreya Respublikasi, Ukraina, Hindiston, Ozarbayjondan taklif etilgan mutaxassislar ishtirok etib, “Yagona oyna” markazlari, elektron identifikatsiya, davlat haridlari va boshqa shu kabi instrumentlardan foydalanishga oid oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. 

Ochiq ma’lumotlarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajriba haqida BMTRDning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy ofisi mutaxassisi Leyla Sadiku soʻzlab berdi. Uning prezentatsiyasida boshqaruvning samaradorligini oshirishda, har tomonlama rivojlantirishda va innovatsiyalarni joriy etishda ochiq ma’lumotlarning – toʻliq va oʻz vaqtida boʻlishi, ochiqligi va foydaliligi, qiyosiyligi va mosligi kabi – asosiy prinsiplari sanab oʻtildi.

Ochiq ma’lumotlar mavzusini, BMTRDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qoʻllab-quvvatlash/2-bosqich” Loyihasi mutaxassisi Mirzohid Qarshiyev davom ettirib, Toshkent viloyati misolida Oʻzbekistonda mintaqaviy ochiq ma’lumotlarni joriy etish va takomillashtirish hamda shu sohadagi istiqbol yoʻnalishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Normativ-huquqiy aktlarga oid loyihalarni muhokama etishda elektron ishtirokni kengaytirish imkoniyatlariga ham katta e’tibor qaratildi. BMTRD “Qonun ijodkorligi, norma ijodkorligi va SOVAZni modernizatsiyalashga koʻmaklashish” Loyihasi rahbari Farruh Qoraboyev Oʻzbekiston va boshqa xorijiy mamlakatlarning tajribalari haqida soʻzlab berdi.

«E-Government Uzbekistan» seksiyasida ham elektron identifikatsiyalash, axborot tizimlari hamda xizmatlarni taqdim etishni takomillahstirish boʻyicha “oqilona” qarorlar mavzulari yoritildi.

BMTRD vakillari AKT Forumning boshqa – «Internet-forum», «Raqamli iqtisodiyot» va «STARTUP MIX» Startap-anjumani – seksiyalarida ham ishtirok etdilar.

Jumladan, “Internet-forum” seksiyasida BMTRD “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” Loyihasining huququy masalalar boʻyicha mutaxassisi Ilhom Hamidov Internet tarmogʻi milliy segmentini rivojlantirish va mualliflik huquqlariga rioya qilish haqida ma’ruza qildi.

23-sentyabr kuni AKT Haftaligi doirasida “Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda va faoliyatining ochiqligini ta’minlashda zamonaviy AKT roli” mavzusida anjuman boʻlib oʻtib, unda ham BMTRD vakili ishtirok etdi.  Xususan, tadbirda Ilhom Hamidovning “Elektron hukumatning samarali faoliyatini ta’minlash uchun qonunchilikni takomillashtirish” mavzusidagi ma’ruzasi taqdim etildi.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 haftaligi yopilishining tantanali marosimida  BMTRD, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va “Elektron hukumat” rivojlantirish Markazi tashabbusi bilan  ochiq ma’lumotlar va elektron xizmatlar konsepsiyasini joriy etishda eng katta yutuqlarga erishgan davlat organlari taqdirlandilar.

Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida ochiq davlat ma’lumotlari” nominatsiyasida birinchi oʻrinni Toshkent viloyati hokimligi egalladi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni – Toshkent shahri va Jizzah viloyati olishga muvaffaq boʻldilar. “Interaktiv davlat xizmatlari” nominatsiyasida gʻoliblikni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq Qoʻmitasi, ikkinchi oʻrinni – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, uchinchi oʻrinni esa – Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyador Milliy  tijorat banki kiritdi.