Qonunlar samarali amalga oshirilishni ta’minlash uchun, ular har tomonlama aniq va yetarlicha puxta ishlab chiqilishi lozim

Thu Sep 22 00:00:00 EDT 2016

2016 yil 22 sentyabrda Toshkent shaxrining Wyndham mehmonxonasida "Normativ-huquqqiy hujjatlar loyihalari ekspertizasini yanada takomillashtirish boy’icha dolzarb vazifalar” mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institute (AQHMI), Adliya vazirligi, O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi va Konrad Adenauer jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan seminarda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining a'zolari, vazirlik va idoralar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari, Buyuk Britaniyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Kristofer Allan, Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari va Germaniya Parlamenti vakillari, Koreya davlat qonunchiligi vazirligi, ushbu davlatning Milliy Assambleyasining tadqiqot xizmati, shuningdek Koreya qonun hujjatlari tadqiqot institutining vakillari ishtirok etdi.

Kirish so’zi bilan tadbir tashkilotchilari, jumladan Adliya vazirligi, AQHMI, BMTTD va Konrad Adenauer jamg'armasining mintaqaviy vakolathonasi vakillari so’zga chiqishdi.

Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekistondagi BMTTD Doimiy Vakili janob Stefan Prisner tartibga solish siyosatining sifati, ya'ni qonunlar va qonunosti huquqiy hujjatlar yuqori sifatini ta'minlash hamda “inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblangan ochiq, demokratik va huquqiy davlat qurish" O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakat taraqqiyotini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan biri etib belgilanganligini ta’kidlab o’tdi”.

Shu o’rinda janob Prsner bugungi kunda BMTTD qonun va norma ijodkorligining yuqori sifatini ta'minlash kabi muhim masalada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun ekanligini ta'kidlab o’tdi.

Janob Prisner davlat organlaridagi yukni kamaytirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarning sifatini yaxshilash uchun qonun va norma ijodkorligi jarayonlarini soddalashtirish kerak deb ta'kidladi. qonun hujjatlarini baholash uchun turli manfaatdor tomonlarni yanada chuqurroq jalb etish ushbu masalanining yechimi bo’lishi mumkin.

U o’z nutqining oxirida, dalillarga asoslangan ta'sirini baholash, tegishli institutsional salohiyat, fuqarolar ovoziga va xalqaro standartlarga e'tiborni qaratish, yangi qonunlar va qonunosti huquqiy hujjatlar yuqori sifatini ta'minlaydi deb ta’kidlab o’tdi va tartibga solish siyosatini hamda qonunchilikni sifati va samaradorligini ta’minlashni amalga oshirishda BMTTD O'zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlashga davom etadi, deb qayd etdi.

Seminarning asosiy ma’ruzachilaridan biri Buyuk Britaniya parlamenti Quyi Palatasining, Tartibga solishni isloh qilish qo'mitasi raisi janob Andrew Bridgen, bugungi kunda Buyuk Britaniya parlamenti va hukumati tomonidan huquqiy hujjatlarning yuqori sifatini ta'minlash boy’icha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va qonun hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish mexanizmlari haqida, hamda u faoliyat ko’rsatayotgan Parlament Qo’mitasining ro’li to’g’risida axborot berdi.

Xususan, u Buyuk Britaniya hukumati tartibga solish keltirib chiqaradigan ma'muriy yukini kamaytirishni to’liq qo’llab quvvatlashini va shunga qaratilgan norma ijodkorligida "bir o’rniga biri" (bir yangi normativ-huquqiy hujjat joriy etilganida amaldagi bir qonunchilik hujjatini bekor qilish) tamoyili o’rniga "ikkini o’rniga bir” tamoyilini joriy etilishini alohida ta'kidladi. Shu bilan birga, hukumat endilikda “uchni o’rniga bir” tamoyilini joriy qilish masalasini ko’rib chiqmoqda. Ushbu yo’nalishda olib borilayotgan islohotlar birinchi navbatda faoliyatni o’ta mushkullashtiruvchi tartibga solish tizimini soddalashtirish va yengillashtirishga qaratilganligini va shu bilan birga iste’molchilar huquqlarini va tegishli standartlarga mos kelishini ta’minlovchi tartibga solish tizimi yaratilishi lozim deya ta’kidladi. 

U Buyik Britaniyada Parlament va hukumatning o’rtasida o’zaro yaqin va ijodiy hamkorlikni ta’minlash muhimligini qayd etdi, ayniqsa qonunchilikni takomillashtirish masalasida har ikki tomon bir xil yo'nalishda borayotgani, bunda esa manfaatlar muvozanati va o’zaro tiyib turish tamoyili to’liq ta’minlanganligi  va ushbu yo’nalishda har ikki tomon qonunchilik hujjatlarini sifatli ekspertizasini ta’minlashga jiddiy diqqat qaratayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u bugungi kunda hukumat tartibga solishni qisqartirish va uni isloh qilish bo’rasida o’z oldiga ulkan maqsadlar qo'yganligini ta’kidladi. Biznesga Ta’sir qiluvchi Maqsadlar  (Business Impact Target) deb atalmish chora-tadbirlar, keying 5 yil ichida taribga solish tizimi keltirib chiqaradigan xarajatlarni qariyib 10 mlrd. funt sterlingga kamaytirishni ko’zlaydi.

Shu bilan birga, janob Bridgen, bugungi kunda Buyuk Britaniyadagi tadbirkorlik sub’yektlarning 10% dan ortiqrog’i tartibga solish ularning eng katta muammosi ekanligini, 73% esa agar tartibga soluvchi organlar bilan o’zaro munosabat yanada soddaroq va yengilroq bo’lganida, ularning bizneslari yanada tezroq rivojlanishi mumkinligini, 51 % esa tartibga solish tizimi ularni rivojlanishiga to’siq bo’layotganligini qayd etganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek u, bugungi kunda Buyuk Britaniyada kichik biznes yelkasiga tushayotgan qonunchilik hujjatlarining talablarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan ma’muriy yuk miqdori yirik tadbirkorlarga nisbatan 10 baravarga ko’p ekanligini tan olishimisiz kerak deya ta’kidladi.

Nutqining oxirida u, ko'proq qonun va qounuosti hujjatlari hamisha yaxshiroq va sifatliroq qonun hujjatlari degani emas deb ta’kidladi. Agar yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi ko’zda tutilsa, raqobatbardosh iqtisodiyot va samarali huquqiy tizimini saqlab turish uchun ularning ta’siri to'liq o'rganib chiqilishi kerak va ushbu sohadagi amaldagi qonun hujjatlari  qayta ko'rib chiqilishi yoki bekor qilinishi kerak degan fikrni ilg’ori surdi.

Koreyaning Davlat qonunchiligi vazirligining Qonunchilikni qo’llab–quvvatlash byurosi direktori janob Xan Yong Su tadbir ishtirokchilarini Koreyada qo’llanilib kelayotgan qonun hujjatlarini ekspertizasi mehanizmlari va turlari to’grisida axborot berdi va uni yanada ta’komillashtirishda o’zaro tajriba almashish muhimligini, bunda ayniqsa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik muhokamasini o’tkazish, to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish hamda ijodkorligi jarayoni axborot va tahliliy qo'llab-quvvatlashda tadqiqot va rivojlantirish xizmatlar roli masalalarini alohida ta’kidlab o’tdi.

Germaniya Bundestagining Parlament qonunchiligi boshqarmasi vakili doktor Frantsiska Brand, Bundestagda qonun loyihalarini ekspertizadan o’tkazishning amaliy va samarali vositalari haqida tanishtirib o’tdi.

Xalqaro seminar davomida ishtirokchilar mamlakatimiz Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ma'ruzasida belgilangan vazifalar doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar mohiyati va natijalari to’g’risida ma'lumot berildi.

Ishtirokchilar, amaldagi qonun hujjatlarida mavjud “oq dog’larni”, shuningdek davlat boshqaruvi tizimida korruptsiya va  boshqa jinoiy huquqbuzarliklar yuzaga kelishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi normalarani va xatarlarni aniqlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tishdi. Shu munosabat bilan, qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimini to'liq joriy etish, shuningdek, korruptsiyaga qarshi ekspertizani yanada takomillashtirish kabi qator masalalar dolzarbligicha qolmoqda va ular rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini keng o’rganishni va ekspert muhokamalarini talab qiladi.

Seminar natijlariga muvofiq, ilg’or horij tajribani inobatga olgan holda idoraviy norma ijodkorligining sifatini yanada oshirish, biznes sub’yektlariga nisbatan tartibga solish tizimi yuzaga kelturivchi ma’muriy yukni keskin qisqartirish, qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va korruptsiyaga qarshi ekspertizani to’liq joriy etish, hamda ushbu borada normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ishlab chiquvchi davlat organlarining salohiyatini va bilimlarini yanada kuchaytirish bo’yicha aniq amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalqaro seminar ishtirokchilari, ushbu tadbir davomida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar shubhasiz O'zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonini va tartibga solish muhitini yanada takomillashtirish uchun samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi, deb ishonch bildirdi.