Sudyalar, sud lavozimiga nomzod va sud hodimlarining uzluksiz ta`limi: horijiy va milliy amaliyot

Fri Jul 22 00:00:00 EDT 2016

2016 yill, 22 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi majlislar zalida, sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishda xoriyiy va milliy amaliyotni muhokama qilishga bag`ishlangan “Davra suhbati” bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturi o`rtasida birgalikda amalga oshirilayotgan “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi tomonidan qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga muroyaat etish imkoniyatini  kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert  Yoanna Bruksning (Buyuk Britaniya) O`zbekistonga tashrifi doirasida tashkillashtirilgan.

Sudyalar o`z faoliyati davomida amaldagi qonun huyyatlarini adolatli tarzda va bir hilda qo`llay olishlari uchun o`z professional mahoratini doimiy ravishda oshirib borishlari lozim. “Sudyalarning odob-ahloqi Qoidalari” da ham, sud'ya o`z malakasini yuqori darajada ushlab turishga, nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalarini takomillashtirib borishga majburligi qayd etilgan. Shu bois uzluksiz ta`limolish va o`z malakasini oshirib borish sud'yaning odil sudlovni amalga oshirish bo`yicha faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.

Sudyalar malakasini oshirishning qonun ustuvorligini ta`minlashdagi muhim o`rnini inobatga olgan holda, qo`shma loyiha doirasida, mazkur sohada mavjud horijiy va milliy amaliyotning tahlili hamda “O`zbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish mehanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi” loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar rejasini qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga muroyaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert Joanna Bruks ko`magida Oliy sud, Oliy ho`jalik sudi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat mahalliy konsul'tantlar guruhi ishlab chiqmoqdalar. 

“Davra suhbati” davomida horijiy ekspert Frantsiya, Germaniya, Yaponiya va Koreya kabi horijiy mamalakatlarning sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tajribasi tahlilining natijalarini taqdim etdi.

“O`tgan yillar davomida, O`zbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bir qator samarali islohotlar hamda etakchi horijiy amaliyotning joriy etilishi natijasida sezilarli darajada takomillashtirildi. Hatto, hozirda O`zbekistonda mavjud amaliyot mintaqada eng etakchi amaliyotlardan biri hisoblanadi” – deydi  Joanna Bruks. “Biroq, halqaro miqyosda, bugungi kunda, sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish borasida O`zbekistonda ham joriy etilish mumkin bo`lgan bir nechta asosiy tendenciyalari mavjud. Bular –tanlash va tayinlash bosqichlarida sudyalarni psihologik testlardan o`tqazish, sud huyyatlarini tuzishda sudyalarning yozma ko`nikmalarini rivojlantirish, hamda sudyalarning zamonaviy ahborot-kommunikaciya tehnologiyalarini qo`llash bo`yicha ko`nikmalarini mustahkamlashdir”.

Bundan tashqari, mahalliy ekspertlar tomonidan O`zbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimining holatini o`rganib chiqib, o`z tahlillarining natijalarini taqdim etishdi.

Aytib o`tilgan mahalliy va horijiy ekspertlardan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan sudlar faoliyatiga AKTlarni joriy etilishini inobatga olgan holda “O`zbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish mehanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ning ishlab chiqilishi va taqdim etilishi kutilmoqda. Mazkur hujjat, mamlakatimizda sud tizimidagi kadrlarni tayyorlash joriy tizimining takomillashtirilishi, hamda kelgusida, yuqori malakali va vakolatli sudyalar korpusining shakllanishiga ko`maklashadi.

*Joanna Bruks (Buyuk Britaniya) qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga muroyaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspertbo`lib, sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ihtisoslashadi.  Joanna Bruks Serbiya, Norvegiya, O`zbekiston, Bangladesh, Nepal kabi mamlakatlarda mazkur yo`nalishda loyihalarni va tadqiqotlarni amalga oshirishda 15 yildan ziyod tajribaga ega. Ta`kidlash kerak,  Yoanna Bruks 2013 yilda O`zbekistonga tashrifi chog`ida “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasining ish rejasining ishlab chiqilishiga o`z hissasini qo`shdi.