Sud-huquq islohotlari journalist nigohida

Thu Jun 09 00:00:00 EDT 2016

 

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining qoshma loyihasi ishtirokida jurnalistlarning sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishdagi faolligini rag`batlantirish, ularning ihtisoslashuviga va huquqiy bilimlarni kengaytirishga ko`maklashish maqsadida “Sud-huquq islohotlari jurnalist nigohida” tanlovini e`lon qiladi.

Odil sudlov tizimidagi islohotlar va fuqarolik sudlarining oshkoraligi va ochiqligini ta'minlash 2010 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan e'lon qilingan Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish milliy konsepsiyasining asosiy tamoyillaridan biri  hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlash maqsadida, sudlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan 2012 yil 2 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud tizimi hodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar to'grisidagi" Farmoni, 2012 yil 10 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini sudlar faoliyatiga tadbiq etish borasidagi chora-tadbirlar to'grisidagi" Qarori hamda 2014 yil 9 iyunida qabul qilingan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'grisidagi" O'zbekiston Respublikasining Qonuni kabi qonun hujjatlari orqali sudlarning samarali va ochiq faoliyat yuritishiga qonuniy asos yaratildi. 

Mazkur tanlov birinchi navbatda yuqorida qayd etilgan qonunlar va qarorlar mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni habardor etib borish, hamda, aholining huquqiy savodhonligini yuksaltirishga va ularning sudlar faoliyati haqida habardorligini ta`minlashga ko`maklashish, sudlar faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlarning ochiqligini ta`minlash, sud hokimiyati va OAVlar o`rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hamda sud-huquq jurnalistikasini rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, tanlovning maqsadi E-SUD milliy electron sudlov axborot tizimining fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudlarifaoliyatigajoriy etilayotganidan hamda yuqori instantsiya sudlariga kengaytirilayotganligidan keng jamoatchilikni habardor etishdir.

Tanlovda eshtirok etish uchun, 2016 yil 10 apreldan 10 dekabrga qadar o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida bosma yoki internet nashrlarda e`lon qilingan, televidenie yoki radioeshittirishlarda efirga uzatilgan sud-huquq islohotlari va aholining huquqiy bilimlarini oshirishga bag`ishlangan ijtimoiy-huquqiy, axborot-tahliliy va publitsistik (bosma, video, audio) materiallar qabul qilinadi. Tanlovda professional jurnalistlar va OAV, hususan, gazetalar, jurnallar, internet nashrlar, axborot agentliklari, tele-, radio- kanallar tahririyatlari hamda jurnalistika yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda, “Eng yahshi maqola”, “Eng yahshi teleko`rsatuv”, “Eng yahshi radioeshittirish”, va “Eng yahshi internet material” nominatsiyalari bo`yicha g`oliblar aniqlanadi.

Tanlov to`g`risida batafsil ma`lumotni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vebsaytiwww.supcourt.uzorqali olishingiz mumkin.