O`zbekiston sud tizimi va AKTlar

Fri May 27 00:00:00 EDT 2016

Singapur, Koreya, Malayziya, Germaniya hamda Eestoniya kabi tehnologiya sohasida etakchi davlatlarida sudlar faoliyatiga zamonaviy AKTlarini joriy etish tajribasidan ma`lumki, texnologiyalarning keng qo`llanilishi ish jarayonlarini soddalashtirish orqali sudlar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Hususan, hujjatlarni elektron qabul qilish tizimlarni joriy etish, sudya va sud hodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar sonining qisqartirishga olib keladi. Bundan tashqari, sudlar faoliyatiga axborot tizimlarining joriy etilishi murojaatlarni ko`rib chiqish muddatlarni qisqartirish, hamda sudlar faoliyati to`g`risida tahliliy hisobotlarni olishga imkoniyat yaratadi.

O`z navbatida, bunday axborot tizimlari sudga murojaat qilgan fuqarolar uchun o`z murojaatlari bo`yicha sudning barcha protsessual harakatlaridan habardor bo`lish hamda sudning barcha qarorlarini olish kabi oshkoralikning juda muhim omillarini ta`minlandi. Bundan tashqari, horijiy tajribadan ma`lumki, sudlarning rasmij vebsaytlaridagi axborot hamda interfaol hizmatlar vositasida sudlar faoliyati to`g`risidagi barcha kerakli ma`lumotlar, sudga murojaat qilishda taqdim etilishi lozim hujjat va arizalar namunalari, shaxssizlantirilgan sud qarorlari taqdim etilmoqda.

Fuqarolarning huquqiy ongi va sudga ishonchi ortganligi inikosi sifatida sudlarga bo`lgan murojaatlar hazhmi yil sayin ortib borayotganligi sudyalar bandligining yanada oshishiga olib kelmoqda, bu esa o`z navbatida, ishni ko`rib chiqish uchun ketadigan vaqtning qisqarishiga va oqibatda ishlarni ko`rib chiqish sifatiga ta`sir ko`rsatadi. Shu nuqtai nazardan, sudlov tizimiga yangi usul va uslubiyotlarni joriy etish, jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi. 

E-SUD tizimi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o`zgarishlar natijasida, fuqarolarga murojaatlarni sudlarga elektron shaklda yuborish imkoniyatini beruvchi qonuniy asos yaratildi. Fuqarolik ishlari bo`yichasudlar faoliyatiga zamonaviy AKTlarni joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan E-SUD (www.esud.uz) milliy elektron sudlov axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

E-SUD axborot tizimi sud buyrug`I va da`vo talabi bo`yicha fuqarolik ishlarni ko`rish, fuqarolarning sudlarga murojaat qilish jarayonini tezlatib elektron ravishda amalga oshirishga imkoniyat tug`diradi.  E-SUD foydalanuvchilarining ro`yhatdan o`tishi, sudlarga elektron tarzda murojaat etish, ish yuzasidan ajrimlar va sud qarorlari kabi hujjatlarni o`z vaqtda olishni ta`minlashga qaratilgan. Bundan tashqari, mazkur tizim murojaatlarni tez ko`rib chiqish va hujjatlar namunalari orqali sudyalarga ham o`z samaradorligini oshirishga ko`maklashadi. 

E-SUD milliy eelektron sudlov axborot tizimi ilk bor, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida 2013 yilda fuqarolik ishlari bo`yicha Zangiota tumanlararo sudida ishga tushirildi. Dastlabki tahlil shuni ko`rsatdiki, buyruqlar bo`yicha ish yuritishda E-SUD tizimi orqali vaqt va resurslaning tejalanishi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda ushbu tizimni fuqarolik sudlariga keng joriy etish maqsadida fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahri va viloyatida sakkizta tumanlararo sudlarida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mazkur sudlar binolarida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi, sud'yalar va sud hodimlari zamonaviy  komp'yuter texnikasi va ofis vositalari bilan ta`minlandi,  sud'yalar va sud hodimlari  tizimda ishlash bo`yicha  maxsus o`quv dastur asosida o`z mahoratlarini oshirdilar. Bundan tashqari, tizim bilan ishlashga tashqi foydalanuvchilar, yani tuman kommunal hizmatlar va soliq inspektsiyasi hodimlari uchun ham kerakli o`quv mashg`ulotlari otkazildi va ayni paytda mazkur sudlarda E-SUD milliy axborot tizimining sud buyrug`i chiqarish qismi samarali qo`llanilmoqda. 

                                                                                                                                                                                                                           

O`zbekistonda  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining  yuksak salohiyati va ravnaqining yana bir yorqin misoli bo`lgan  bu E-SUD tizimning milliy kadrlar tomonidan ishlab chiqilganligi ham alohida diqqatga sazovordir. E-SUD informatsion tizimi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish qoshidagi ekspert ha`aytining ekspertizasidan o`tib, fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga tadbiq qilinishi tavsiya etilib, quyidagi interfaol hizmatlarni taqdim etadi:
  • Veb-portal orqali, tizimga ulangan fuqarolik ishlari bo`yicha sudga elektron tarzda murojaat etish imkoniyati;
  • Foydalanuvchilarning shaxsiy kabineti asosida ishning ko`rib chiqilishini uzluksiz nazorat qilish imkoniyati;
  • Tizim sud'yalar va sud hodimlari uchun fuqarolik ishlar va murojaatlarni o`zlarining shaxsiy kabinetlari orqali, axborot bazasi asosida ko`rib chiqib, tizimdagi hujjat namunalari asosida kerakli protsessual hujjatlarni tuzish imkoniyatini beradi;
  • Tizim axborot bazasida avtomat ravishda saqlanib qoladigan ish yuzasidan qabul qilingan barcha hujjatlar olish imkoniyati.

 

 

Bundan tashqari, tizim orqali murojaat yuzasidan barcha kerakli ma`lumotlarni ushbu bosqichda to`liq yig`ib olish imkoniyatini beradi. Fuqarolar tomonidan tizim orqali topshirilgan arizalar hamda ularga ilova etiladigan hujjatlar axborot tizim bazasida, sudya va sud hodimlari fojdalanilishi uchun saqlanadi.

Tizimning to`liq ishlashi yo`lgaqo`jilgach, fuqarolar sudlarga murojaatlarini E-SUD tizimi orqali istalgan paytda, uyida turib, yoki sudlarda o`rnatilgan mahsus terminallar orqali tmumkin bo`ladi. Bundan tashqari, sudga elektron murojaat qilgan taraf ishning ko`rib chiqilishi to`g`risida ma`lumotlarni hamda sud qarorini tizim orqali olish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Ayni paytda E-SUD tizimi orqali sud buyrug`ini chiqarish to`g`risidagi arizalarning ko`rib chiqilishi imkoniyati yaratildi. Kelgusida, sudlarni to`liq axborotlashtirish hamda sudlov jarayonining oshkoraligini ta`minlash maqsadida, mazkur tizimni kengaytirib, keyingi instantsiya sudlarini ham qamrab olish zarur. 

 

“O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” loyihasi ko`magida, 2015 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining yangi rasmiy vebsayti ishlab chiqilib, yo`lga qo`yildi. Mazkur vebsayt (www.oliysud.uz), fuqarolarga E-SUD tizimi orqali fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga murojaat etish bilan birga, bir qator axborot va interfaol hizmatlarni taqdim etadi. 

 

 

Keyingi qadamlar

Mazkur tizimni kengaytirish maqsadida tizimning da`vo tartibida, shikoyat tartibida, alohida tartibda ish yuritish modullari, statistik hisobotlarni shakllantirish modullari yaratildi va test sinovlaridan o`tqazilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolik ishlarini apellyatsiya va kassatsiya sudlarida ko`rib chiqish modullarining dasturiy ta`minotini yaratish va boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan bog`lash borasida ish olib borilmoqda.

Hususan, E-SUD tizimini Elektron raqamli imzosidan foydalangan holda Yagona identifikatsiya tizimi bilan integrallashuvi.  Elektron raqamli imzo sudlarga elektron ravishda topshiriladigan hujjatning uning asliga mos kelishini tasdiqlashga hizmat qiladi, shuningdek JeRI ariza va hujjatlarda shaxsiy imzoning o`rnini bosadi va demakki, jismoniy shaxslar uchun qo`lda imzo chekish zarurati yo`qoladi.   Bundan tashqari, sudyalar tomonidan fuqarolik ishlarini ko`rib chiqishda qabul qilinadigan sud va protsessual hujjatlarda bosiladigan muhr o`rnini ham bosadi.

Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi taraflar, boshqa shahslar to`g`risida ma`lumot olish hamda ularni habardor qilish maqsadida E-SUD tizimini yagona identifikator orqali hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi  Davlat soliq qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan «Elektron hukumat» tizimining jismoniy va juridik shahslar markazij ma`lumotlar bazalari bilan ham integrallashtirish masalasini ko`rib chiqish lozim. 

Bugungi kunda, fuqarolik ishlari bo`yichasudlarga arizalarni elektron tarzda topshirishda davlat bojini to`lash masalasini ham hal etish zarur. E-SUD tizimining billing tizimlari bilan, ja`ni davlat bojini UZKART yoki boshqa elektron to`lov tizimlari bilan hamjihatligini ta`minlash katta ahamiyatga ega.

Yuqorida ajtilgan E-SUD tizimining kengaytirilishi va barqarorligini ta`minlash yuzasidan masalalardan tashqari, sud qarorlarining ijrosi masalasi ham mavjud. Bugunda, mamlakatimizning qonunchilik bazasiga binoan, ijroga darhol jonatiladigan holatlardan tashqari, ijro varaqasi sud tomonidan undiruvchi yoki da`vogarga beriladi. Undiruvchining iltimosiga ko`ra, sud bujrug`i ijro etilishi uchun ijro organlariga bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.

Biroq, elektron sudlovning joriy etilishi bilan, ijro varaqasining darhol ijroga jonatilishini ta`minlash muhim ahamiyatga ega. E-SUD tizimini sud qarorlarining ijrosi nazoratini amalga oshiruvchi E-Ijro tizimi bilan hamjihatligini ta`minlash, ijro varqalarining darhol sud ijro organlariga jonatilishini hamda uning nazoratini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Ishlar ko`rib chiqilishini optimallashtirish bilan bir qatorda, sud jarayoning oshkoraligini ta`minlash ham zarur. Shu maqsadda, “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” lojihasi tomonidan Oliy xo`jalik sudida, hamda Toshkent shahar va Toshkent vilojat xo`jalik sudlarida sud majlisini audio-video qayd etish tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. 

Mazkur tizim, sud jarayoning ko`p tarmoqli jozilishini ta`minlab, sud bajonnomasini tuzish jarayonini soddalashtirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan. Kegusida, sud majlislarini audiog`video qayd etishtizimi, sud bajonnomasining qog`oz shalida tuzilishini barham toptirishi mumkin.

Xo`jalik sudlov jarayonini optimallashtirish maqsadida, shaxssizlantirilgan sud qarorlarini Internet tarmog`ida nash etish mehanizmi ham o`rganib chiqilmoqda.

Zamonaviy AKTlarning sud tizimi faoliyatida keng joriy etishdan ko`zlangan asosiy maqsad - odil sudlov tizimining oshkoraligi va ochiqligini ta`minlashdir. Mamalakatimizda AKTlarni joriy etish yuzasidan olib borilajotgan chora-tadbirlar kelgusida sudlar faoliyati samaradorligi va sudyalar va sud hodimlariga nisbatan keng ommaning ishonchining oshishiga olib kelishi muqarrar.