Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ma’muriy jarayonlarning roli va ahamiyati

Tue May 10 00:00:00 EDT 2016

10 yil avval davlat organlarida, yuristlar va professional tashkilotlar doiralarida hech kim «davlat xizmatlari» tushunchasi haqida tasavvurga ham ega bo‘lmagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib interaktiv va elektron ko‘rinishidagi davlat xizmatlari haqida barcha yetarlicha ma’lumotga egadir. Ta’kidlash joizki, 2015 yilning bahorigacha davlat xizmatlari tushunchasining o‘zi mavjud emas edi va uni hamma o‘zicha talqin qilar edi.

Ma’muriy jarayonlarning mavjud emasligi davlat organlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki amaldagi normativ-qonuniy aktlarda ko‘pgina muhim elementlar hisobga olinmagan (ko‘pgina jarayonlar ko‘rsatib o‘tilmagan, shikoyat qilish tartibi e’tborga olinmagan, davlat organlari xodimlari uchun ichki reglament yo‘qligi va shu kabilar) va shu asnoda davlat organlari ichida davlat hizmatchilarining ikki guruhi vujudga keladi: birinchi gurux davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashni va ularni elektron shaklga o‘tkazishni talab qiladi (odatda raxbarlar); ikkinchi guruh xizmatlarni talab darajasida ko‘rsata olmaydi, chunki ular rahbariyat tomonidan talab qilinadigan shaklga mos bo‘lmagan amaldagi normativ qonunlarni qo‘llashga majburdirlar.

Bugungi kunda davlat organlari faoliyati davomida davlat xizmatlari bo‘yicha bir biriga o‘xshash iboralar qo‘llanilmoqda, ammo ushbu o‘xshash iboralarning ma’nosi barcha davlat organlarida turlicha talqin qilinadi. Har bir davlat organining davlat xizmatlari bo‘yicha o‘z tushunchasi mavjud. Davlat xizmatlari yagona Reyestri, xujjat shakllari va blankalarni to‘ldirish amaliyoti bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Masalan, ko‘pincha davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlari, va davlat organi boshqaruvining qabul kunlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish davlat xizmatlari qatoriga kiritiladi.

Ma’muriy jarayonlar davlat vazifalarini bajarishga oid umumiy qoidalar va omillarini tartibga soladi. Shu bilan birga, ushbu jarayonlar jismoniy va yuridik shaxslar orasidagi o‘zaro munosabatlarga (ruxsat beruvchi va boshqa xujjatlarni rasmiylashtirish, olish, muddatini uzaytirish bo‘yicha ariza topshirish va uni ko‘rib chiqish, ro‘yxatga olish, kompensatsiya, kafolat va imtiyozlar berish va yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va erkinliklariga tegishli bo‘lgan boshqa qarorlarni qabul qilish) yo‘naltirilgan davlat organlarining qonuniy vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Ma’muriy jarayonlar quyidagi imkoniyatlar yaratadi:

1.           Jarayonlarni unifikatsiyalash;

2.           Xizmatlardan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lish;

3.           Noqonuniy xarakatlarni aniqlash tartibi;

4.           Xizmat ko‘rsatish muddatlarini kechiktirganligi uchun javobgarlik mexanizmini vujudga keltirish va qo‘llash;

5.           Xizmat ko‘rsatish sifatini baholash.

Maxsus Ishchi guruhi tomonidan 2015 yilda ishlab chiqilgan «Ma’muriy jarayonlar» Qonuni loyihasiga binoan, ma’muriy jarayon qo‘llanilishi talab qilinadigan qonunbuzarliklar quyidagilardir:

1) Tegishli shaxslarni ro‘yxatga olish;

2) Mol mulkga egalik huquqini ro‘yhatga olish;

3) Ma’lum turdagi faoliyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

4) Ruxsat beruvchi xujjatlarni berish;

5) Yer maydonlarini, yer boyliklari maydonlarini, o‘rmon maydonlarini, suv resurslarini nazorati va shu bilan birga shu kabi maydonlarni va ob’ektlarni mulkdorlardan yoki qonuniy egalaridan tortib olish;

6) Tegishli shaxslarga davlat hisobidan subsidiyalar, kompensatsiyalar, moliyaviy va boshqa yordam turlari, kvotalar, kafolatlar, imtiyozlar va boshqa ustunliklarni yaratish;

7) Davlat mulki va mulk huquqlarini boshqarish;

8) Tegishli shaxslarga davlat uy joy zaxirasidagi binolardan joy ajratish va ulardan foydalanish;

9) Davlat nafaqalari va yordam pullarini hisoblash, qayta ko‘rib chiqish va to‘lash;

10) Tegishli shaxslarga qonuniy imtiyoz va ustunliklaridan foydalanish huquqini beruvchi maqomni berish;

11) Tegishli shaxslarga nisbatan davlat attestatsion-ekzamenatsion faoliyatini qo‘llash;

12) Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan rasmiy xujjatlarni berish;

13) Bojxona va soliq faoliyatini boshqarish;

14) Maxsulotlarni (ish, xizmat ko‘rsatish) standartizatsiyalash va sertifikatsiyalash;

Yuqorida keltirilganlarning deyarli barchasi (11 va 13 bandlardan tashqari) davlat xizmatlari sirasiga kiradi. Hulosa shuki, istisnosiz barcha davlat xizmatlari ma’muriy jarayonlar orqali amalga oshiriladi.

Shu birga birga ma’muriy jarayon ishtirok etmaydigan huquqiy faoliyatlarni ham ta’kidlab o‘tish lozimdir. Ular quyidagilardir:

1) davlat organlarining qonunchilik faoliyati;

2) Tegishli shaxslarning huquqlariga ta’sir qilmaydigan davlat organlarining tashkiliy boshqaruv va ichki tashkiliy faoliyatlari;

3) Xarbiy xizmat va ichki ishlar organlari kabi davlat xizmatlarini o‘tash orqali davlat organlari va ular qoshidagi tashkilotlarda vujudga keluvchi mehnat va boshqaruv munosabatlari;

4) Jinoiy choralar bilan bog‘liq bo‘lgan tezkor-qidiruv, tergov va shu kabi boshqa faoliyatlar;

5) Davlat organlari ishtirokidagi fuqaroviy huquqiy munosabatlar;

6) Sud ishlari va sud aktlarini majburiy ravishda amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar;

7) Konsullik faoliyatidan tashqari bo‘lgan tashqi siyosiy faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ma’muriy jarayonlar mavjud emas degan fikr noto‘g‘ri bo‘ladi. Ma’muriy jarayonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida tutgan o‘rni yaqqol ko‘rinadi va u asosan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Deyarli barcha davlat xizmatlari normativ huquqiy boshqaruvga ega bo‘lib shu orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, vaqti va boshqa talablarni aniqlashtirib beradi.

Ma’muriy jarayonlar ko‘pgina qonunlar orqali tartibga solingan. Shu bilan birga milliy huquqiy bazasining yaratilishi davomida ma’muriy jarayonlarning umumiy standartlarining mavjud bo‘lmaganligi ularning fragmentliligi va turli hil yondashuvga egaligi bilan farqlanishiga olib keldi.

Bundan tashqari, turli davlat organlarining xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha aniq, tushunarli va imkoni boricha oddiy tartibini ishlab chiqish jiddiy e’tiborni talab qiladi.

“Ma’muriy jarayonlar” bo‘yicha qabul qilingan Qonun davlat organlarining faoliyatini tushunarli va oddiy ravishda tartibga solish imkoniyatini yaratadi (“murakkab” davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo hamkorlik masalalarini ham qamrab olgan holda) va eng muhimi, fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish tushunarliroq va yengilroq ko‘rinishga ega bo‘lib, bu o‘z navbatida ishbilarmonlik sektorining rivojiga sezilarli turtki bo‘lib xizmat qiladi.